1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish


Ro`yxatlar(list). Ro`yxatlarning funksiya va metodlari



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə25/78
tarix19.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152124
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   78
1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish

Ro`yxatlar(list). Ro`yxatlarning funksiya va metodlari.


Ushbu bobda biz ro`yxatlar (list) deb nomlangan yana bir ma`lumotlar tipi, ular ustida bajariladigan amallar, ularning metodlari, ro`yxatlar generatorlari hamda ro`yxatlarning amaliyotda qo`llanilishi haqida gaplashamiz.


Ro`yxatlar nima?
Python tilida ro`yxatlar deb tartiblangan, o`zgartirish mumkin bo`lganixtiyoriy tipdagi ob`yektlar jamlanmasiga aytiladi.
Ro`yxatlardan foydalanish uchun, dastlab ularni yaratish kerak. Ro`yxatlarni bir necha xil usullardan biri orqali yaratish mumkin. Masalan, har qanday iteratsiyalanuvchi ob`yetkarni list() funksiyasi yordamida qayta ishlash mumkin.

>>> list('ro`yxat')
['R', 'o', '`', 'y', 'a', 't']

Ro`yxatni literallar yordamida ham yaratish mumkin.



>>> s = [] # Bo`sh ro`yxat
>>> l = ['r', 'o', ['`yxat'], 2]
>>> s
[]
>>> l
['r', 'o', ['`yxat'], 2]

Misolda ko`rinib turibdiki, ro`yxat har qanday ob`yektlarning (shu jumladan, ichki ro`yxatlarning ham)ixtiyoriy sondagi to`plamidan iborat bo`lishi yoki umuman bo`sh bo`lishi ham mumkin ekan.


Ro`yxatlar yaratishning yana bir usuli – bu ro`yxatlar generatoridir. Ro`yxatlar generatori bu ketma-ketlikning har bir elementiga nisbatan biror amalni qo`llash orqali yangi ro`yxat yaratish usulidir. Ro`yxatlar generatorlari for takrorlash operatoriga juda ham o`xshab ketadi:



>>> c = [c * 3 for c in 'ro`yxat']
>>> c
['rrr', 'ooo', '```', 'yyy', 'xxx', 'aaa', 'ttt']

Ro`yxatlar generatorining yanada murakkabroq konstruksiyalari ham mavjud:



>>> c = [c * 3 for c in 'ro`yxat' if c != '`']
>>> c
['rrr', 'ooo', 'yyy', 'xxx', 'aaa', 'ttt']
>>> c = [c + d for c in 'list' if c != 'i' for d in 'spam' if d != 'a']
>>> c
['ls', 'lp', 'lm', 'ss', 'sp', 'sm', 'ts', 'tp', 'tm']

Lekin murakkab vaziyatlarda ro`yxatlar yaratish uchun oddiy for takrorlash operatoridan foydalangan afzalroq.





Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə