1. Qishloq xo‘jalik korxonalarining buxgalteriya hisobi subyekti sifatidagi tavsifi va ular faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari



Yüklə 30,14 Kb.
tarix20.05.2023
ölçüsü30,14 Kb.
#111608

Mavzu: Qishloq xo'jalik korxonalarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari

Reja


1. Qishloq xo‘jalik korxonalarining buxgalteriya hisobi subyekti sifatidagi tavsifi va ular faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari
2. Qishloq xo‘jaligi korxonalari hisob siyosatining xarakterli
xususiyatlari

3. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida buxgalteriya hisobining
asosiy vazifalari

Qishloq xo‘jaligi respublikamiz xalq xo‘jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lib kelgan va u shunday tarmoqlardan biri bo‘lib qolmoqda. Buning negizidaturli sabablar yotadi. Chunonchi: birinchidan, respublikamiz aholisining 60 foizi qishloq joylarda yashaydi. Bu,o‘znavbatida, qishloq xo‘jaligini qishloq joylarda yashovchi aholini ish bilan ta’minlaydigan asosiy soha ekanligini bildiradi; ikkinchidan, mamlakatimizning iqlim sharoiti va tabiiy resurslari qishloq


xo‘jaligi mahsulotlarini tezyetishtirish imkonini beradi; uchinchidan, 26 milliondan ortiq aholisi bo‘lgan respublikamizda odamlaming qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabini mahalliy sharoitlardan kelib chiqib hal etish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi;
io ‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligi mamlakatimizning kun-sayinrivojlanib
borayotgan yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari korxonalarini arzon
va sifatli mahalliy xomashyo va materiallar bilan ta’minlashning asosiy
manbai hisoblanadi; beshinchidan, respublikamizdayetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ko‘pchilik turi boshqa mamlakatlarda yetarlicha emasligi, qishloq xo‘jaligini nafaqat ichki maqsadlardagi, balki eksportbop
mahsulotlar ishlab chiqaradigan tarmoqqa aylantirish imkonini beradi.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini respublikamizda rivojlantirish sabablari va
imkoniyatlari nafaqat yuqoridagilar bilan chegaralanadi. Ular to‘g‘risida
judako‘p izohlar berish mumkin. Bu izohlar qishloq xo‘jaligiga oid maxsus
fanlarda atroflicha yoritilgan. Shu bois ham, yuqoridagi izohlar bilan
cheklangan holda, quyida qishloq xo‘jaligi korxonalari buxgalteriya
hisobining muhim subyektlari sifatidagi tashkiliy-huquqiy maqomlariga, ular
faoliyatining hisob obyektlari sifatidagi xususiyatlariga to‘xtalamiz.
Rejali iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotga
o‘tish respublikamizda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining quyi bo‘g‘inini tashkil
qiluvchi subyektlaming tashkiliy va huquqiy maqomida turli o‘zgarishlarga
olib keldi. Ilgarilari asosan davlat vajamoaxo‘jaliklaridan iborat bo‘lgan
qishloq xo‘jaligi korxonalari mustaqillik yillarida ko‘p o‘zgarishlami
boshidan o‘tkazdi. Chunonchi, davlat xo‘jaliklari tugatildi, ularning o‘miga
shirkatxo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari, agrofirmalar, dehqonfermer
xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, fermer xo‘jaliklari, shuningdek
ularning uyushmalari tashkil qilindi. Davlatimizning qishloq xo‘jaligini isloh qilish borasidagi hozirgi siyosati negizida eng ustuvor yo‘nalish sifatida yemi dehqonlarga, fermerlarga berish, shu asosda dehqon xo‘jaliklari va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishyotadi. 2006 -yil oxiriga kelib respublikamizda fermer xo‘jaliklarining soni 190 mingga yetdi, ularda 1,4 min kishi mehnat qildi. Fermer xo‘jaliklari hissasiga respublikamizda yetishtirilayotgan paxtaning 86 foizi, boshoqli don ekinlarining 75 foizi to‘g‘ri keldi. Birgina2006-yilning o‘zida 666 ta shirkat xo‘jaliklarini qayta tashkil etish hisobidan 74 mingta fermer xo‘jaligi tuzildi.2007-yil chorak yakuniga kelib fermer xo‘jaliklari soni yana 25,1 mingtaga ko‘paydi. 2008-yildan boshlab respublikamizda fermer xo‘jaliklarini birlashtirish
asosida qayta tashkil qilish tadbirlari amalga oshirila boshlandi. Olib borilgan
tashkiliy tadbirlarasosida kichik fermer xo‘jaliklari soni qisqarib, ularning
o‘miga 1093 minggayaqinyangi fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. 2008-yilning
yakuniga ko‘ra fermer xo‘jaliklari hissasiga respublikamizda yetishtirilayotgan
paxtaning 99,2 foizi, boshoqli don ekinlarining 81,4 foizi, kartoshkaning 18,1
foizi, sabzavotlaming 35 foizi, uzumning 55,2 foizi to‘g‘ri keldi9.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarini buxgalteriya hisobi subyektlari sifatida
turlicha tasniflash mumkin. Ushbu tasnifiy belgilar ichida qishloq xo‘jaligi
korxonalarining turlari, sohasi, ixtisoslashganligi, xodimlarining soni, soliq
toMash rejimi muhim o‘rin tutadi. Turlariga ko‘ra qishloq xo‘jaligi korxonalari fermer xo‘jaliklariga, dehqon-fermerxo‘jaliklariga, shirkatxo‘jaliklariga, agrofirmalarga bolinadi. Sohasiga ko‘ra qishloq xo'jaligi korxonalari dehqonchilik va chorvachilik, shuningdek ushbu sohalaming har ikkalasigaliam doir boigan
korxonalai'ga boiinadi. Ixtisoslasliganligiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi korxonalari dehqonchilik va chorvachilikning turli yo‘nalishidagi korxonalarga bo‘linadi. Masalan, chorvachilik sohasidagi qishloq xo‘jaligi korxonalari qoramolchilik, qo‘ychilik, yilqichilik, cho‘chqachilik, parrandachilik vaboshqa shu kabi sohalarga
ixtisoslashgan. Dehqonchilik sohasidagi qishloq xo‘jaligi korxonalari
bog‘dorchilik, g‘allachilik, tamakichilik va boshqa yo‘nalishlardagi
xo‘jaliklarga boiinadi. Agrofirmalar ham qishloq xo‘jaligining u yoki bu
sohasiga, shuningdek aralash sohalarga doir korxonalar hisoblanadi.
Xodimlarining soniga ko‘ra qishloq xo‘jaligi korxonalari mikrofirmalar, kichik korxonalar, o‘rta va yirik korxonalarga bo‘linadi. Respublikamizning qonun hujjatlariga ko‘ra qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mikrofirmalar toifasigakiruvchi xodimlarining soni 20 tagacha bo‘lgan korxonalar, xodimlarining soni 50 tagacha bolgan korxonalar kichik korxonalar hisoblanadi. 0 ‘rta va yirik qishloq xo‘jalik korxonalari xodimlari sonining aniq miqdori qonun hujjatlari bilan belgilanmagan.
Soliq to‘lash rejimiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi korxonalari umum belgilangan va ixchamlashtirilgan soliq rejimlarida ishlovchi korxonalarga boiinadi. Respublikamizning soliq qonunchiligi hujjatlariga muvofiq qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi hamda ulami qayta ishlovchi qishloq xo ‘j alik korxonalari faqat yagona yer solig‘ ini to’lovchilari bolib hisoblanadilar. Sotib olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash faoliyati, shuningdek savdo, vositachilik, xizmatko’rsatish va boshqa faoliyat turlari bilan shugiillanuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari ushbu faoliyat turlari bo‘yicha xodimlarining soniga qarab umumbelgilangan soliqlar yoki ixchamlashtirilgan soliq toiovini ham tolaydilar. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida yuritiladigan buxgalteriya hisobining
eng muhim obyektlari boiib ulaming faoliyat turlari, xo‘jalik jarayonlari
va operatsiyalari, mablagiar, mablagiarni tashkil topish manbalari,
daromad, xarajat, foyda va zararlar hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyati asosiy va asosiy boimagan faoliyat turlariga boiinadi. Ulaming asosiy faoliyatiga bevosita qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan bog'liq faoliyat, asosiy boMmagan faoliyatiga esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga bevosita aloqasi bolmagan moliyaviy, investitsiya va boshqa faoliyat turlari kiradi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yichafaoliyati ikki turga-dehqonchilik vachorvachilikka bo'linadi. Ushbu faoliyat turlari maxsus litsenziyatalab qilmaydigan faoliyat hisoblanadi.
Dehqonchilik - bu bevosita inson va jonli hayvonlar tomonidan
iste’mol qilinadigan, ishlab chiqarishga moddiy asos bo‘lib hisoblanadigan
o‘simliklar, ekinlar, xomashyo va materiallami yetishtirish (ishlab chiqish)
bilan bog‘liqjarayonlarmajmuasi. Chorvachilik deganda mahsulot va nasl beradigan barcha jonli hayvonlami yetishtirish bilan bog‘liq jarayonlar majmuasi tushuniladi. Dehqonchilik va chorvachilik sohalarining buxgalteriya hisobi obyektlari sifatidagi xususiyatlarigaquyidagilami kiritish mumkin.
Birinchidan, dehqonchilik va chorvachilik faoliyatlari turli
jarayonlardan tashkil topadi. Chunonchi, dehqonchilik o‘z ichiga yemi
shudgorlash vaekishgatayyorlash, urug‘ni ekishgatayyorlash, urug‘lik
qadash, ekinni parvarishlash (sug‘orish, yaganalash, chilpish, defoliatsiya
qilish), hosilni terib olish va topshirish kabi xo‘jalik ishlarini bajarishni talab
qiladi. Chorvachilik mollarining tug‘ilganligidan (sotib olinganligidan)
boshlab, to ulami xo‘jalik balansida turgan davri ichida parvarishlash,
mahsulot (nasl) olish, mahsulotni topshirishgacha bo‘lgan juda xilma-xil
bo‘lgan xo‘jalikjarayonlarini bajarishni taqozo etadi. Qishloq xo‘jaligi
korxonalaridayuz berayotgan ushbu jarayonlar son va sifat jihatdan turli
o‘ lchov birliklarida o‘z aksini buxgalteriya hisobida topadi.
Ikkinchidan, dehqonchilik va chorvachilik boshqa ishlab chiqarish
turlaridano‘zlariningdavomiyligi, shuningdek mavsumiyligi bilan farq qiladi.
Misol uchun paxtani yetishtirish faoliyati yemi ekishga tayyorlashdan tortib,
to hosilni yig‘ishtirib olgunga qadar kamida 7-8 oy mobaynida olib boriladi.
Buzoqni katta ona mollar tarkibiga o‘tkazish, uning birinchi tug‘ ish davri
yetgunigacha bo‘lgan davmi (odatda, kamida ikki-uch yil) o‘z ichiga oladi,
xo‘kizchani katta mollar tarkibiga o‘tkazish eng kamida 18oyyoki 1,5
yil davom etadi. Demak, dehqonchilik va chorvachilikning davomiylik
xarakteriga ega bo‘lishligi ularga qilinayotgan sarflami va olinadigan
mahsulotlar davrlarini bir-birigamos emasligini ko‘rsatadi. Chunonchi,
mahsulotni yetishtirishga ketadigan jonli va buyumlashgan mehnat sarflari
to‘xtovsiz ravishda butun yil mobaynidadavom etadi, hosilni yig‘ishtirib
olish esa yilning ma’lum davriga to‘g‘ri keladi. Bu o‘z navbatida
dehqonchilikvachorvachilikdatugallanmaganishlabchiqarishjarayonini
hisobot yili oylari bo‘yicha, shuningdek kelgusi davr uchun uzluksiz hisobga
olib borish zaruratini tug‘diradi. Aksariyat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
yetishtirishning mavsumiy xarakterga ega bo‘ lishi mehnat, moddiy va
moliyaviy resurslardan notekis foydalanishga, shuningdek mavsumiy
zaxiralami yaratishni zarurat qilib qo‘yadi. Uchinchidan, qishloq xo‘jaligi korxonalaridayyetishtirilgan mahsulotlar asosiy va qo‘shimchamahsulotlarga bo‘linadi. Tannarxni kalkulyatsiya qilish obyekti bo‘lib asosiy mahsulot hisoblanadi. Lekin qilingan xarajatlar ham asosiy, ham qo‘shimcha mahsulotga tegishli boiadi. Shu bois ham, xarajatlami asosiy va qo‘shimcha mahsulotlar o‘rtasida taqsimlash, ular har binning reja va haqiqiy tannarxlarini, kirim qiymatini va sotish baholarini to‘g‘ri aniqlash zarurati tug‘iladi. Chunonchi, bu ishlar har bir mahsulot turi bo‘yicha individual yondashishni talab qiladi. To‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligi korxonalarida yyetishtirilgan mahsulotlar mavsum davomida faqat reja tannarxida kirim qilib boriladi. Ularning haqiqiy tannarxi, erishilgan moliyaviy natijalar faqat qishloq xo‘jalik taqvim yili tugagandan keyingina, buxgalteriya hisobida barcha turdagi daromad va xarajatlar to‘liq aks ettirilgandan so‘ng aniqlanadi. Beshinchidan, yetishtirilgan mahsulotlaming tez buzilishga moyilligi,
maxsus saqlash joylarini talab etishi, ishlatilish maqsadi va boshqa jihatlari
ulami turli usullarda kirim qilishni va xaridorlargajo‘natishni taqozo etadi.
Masalan, terilgan paxta bevosita daladan paxta punktlariga topshiriladi.
Xuddi shunday tez buziladigan meva-sabzavotlar, poliz ekinlari, chorvachilik
mahsulotlari ulami qayta ishlash korxonalariga bevosita daladan
(fermalardan)yuklatiladi.G‘allaqishloqxo‘jaligikorxonasiningomborlariga
yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri g‘alla qabul tayyorlov korxonalariga topshiriladi. Tez
buzilmaydigan mevalar, poliz ekinlari, chorvachilik mahsulotlari qishloq
xo‘jalik korxonalarining maxsus saqlash joylariga kirim qilinadi.
Oltinchidan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish qishloq xo‘jaligi
korxonalarida bu soha bo‘yicha ixtisoslikka ega bo‘lgan mutaxassislardan
iborat bo‘lgan mehnat jamoalarini shakllantirishni, shuningdek ular
mehnatiga haq to‘lashni turli shakllarda hamda tizimlarda tashkil etishni
taqozo etadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining o‘zigaxos mutaxassislariga
agronomlar, zootexniklar, veterinarlar, miroblar, cho‘ponlar, sut
sog‘uvchilar, traktorchilar, ishchilar va boshqalar kiradi. Qishloq xo‘jaligi
asosanjamoa mehnatigatayanadi. Shu bois ham bu tannoq korxonalarida
melinat va unga haq to‘lashning brigada shakli keng qo‘ llaniladi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, qishloq xo‘jaligi o‘ziga xos
xususiyatlarga ega boigan ishlab chiqarish tarmogi hisoblanadi. Bu
tarmoqning xususiyatlari qishloq xo‘jaligi korxonalarida buxgalteriya
hisobini tashkil etishning o‘ziga xos jihatlarini ham belgilaydi. shu bois
ham, qishloq xo‘jaligigamutaxassistayyorlovchi oliytaiimmuassasalarida
qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi maxsus fan sifatida o‘rganiladi.
Qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlari ushbu tarmoq korxonalarida umumbelgilangan hanida tannoq ahamiyatiga ega boigan tartib-qoidalarga asoslangan hisob siyosatini shakllantirishni, shuningdek ushbu hisob siyosatiga qat’i amal qilish vazifasini qo‘yadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari hisob siyosatining xarakterli xususiyatlari bevosita buxgalteriya hisobining tashkiliy va uslubiy jihatlarida, ularda qollaniladigan schotlar rejasida, xo‘jalik muomalalarini hujjatli rasmiylashtirilishida, hisob maiumotlarini qayd etish, guruhlash, jamlash
va foydalanuvchilarga uzatishda, moliyaviy hisobot shakllari moddalarini
toidirish tartibida hamda boshqa jihatlarida yorqin namoyon boiadi.
Qishloq xo^aligi korxonalarida buxgalteriya hisobining tashkiliy
shakliga ushbu xo‘jaliklarning katta-kichikligi bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Yirik qishloq xo‘jaligi korxonalarida buxgalteriya hisobi maxsus boiinmani,
ya’ni buxgalteriyani tashkil qilish yoii bilan olib boriladi. Kichik qishloq
xo‘jaligi korxonalarida maxsus buxgalteriyani tuzish zarurati bo‘lmaydi.
Ularda hisob ishlari mehnat shartnomasi asosida ishga olingan yagona
buxgalter tomonidan yuritiladi. Kichik fermer xo‘jalikJarida hisob-kitob
ishlarini bevosita xo‘jalik rahbarining o‘zi ham olib borishi mumkin.
Shuningdek, ularda buxgalteriya hisobi tuzilgan shartnoma asosida
professional xizmatlami ko‘rsatuvchi auditorlik tashkilotlari tomonidan ham
yuritilishirespublikamizqonunchilikhujjatlaridata’qiqlanmagan.
Qishloq xo‘jaligi tarmogining xususiyatlari ushbu tarmoq korxonalarida
yuz berayotgan jarayonlar, xo‘jalik muomalalarini tizimli ravishda aks
ettirishga mo‘ljallangan buxgalteriya hisobi schotlar rejasini qo‘llashni
taqozo etadi. Chunonchi, ularda olib borilayotgan qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini yetishtirish faoliyati umumbelgilangan tartibdagi 2000
Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schotlar tizimida maxsus
Dehqonchilik va Chorvachilik kabi schotlami nazarda tutishni taqozo
etadi. Ushbu schotlar tarkibida, o‘z navbatida, alohida olingan qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlarini hisobi uchun
mo‘ljallangan schotlar ochilishi ham mumkin. Qishloq xo‘jaligi korxonalari
≪Dehqonchilik≫ va ≪Chorvachilik≫ schotlarida aks ettiriladigan
xarajatlaming tarkibini belgilashda respublikamizda amaldabo‘lgan
≪Mahsulot (ish, xizmat)laming ishlab chiqari va sotish xarajatlari tarkibi
hamda moliyaviy natijalami shakllantirish to‘g‘risidaNizom≫da keltirilgan
tartiblargaamal qilishlari lozim. Qishloq xo‘jaligi korxonalaridamuhim
ahamiyatgaegabo‘lgan ushbu schotlaming ochilishi, yuritilishi vayopilishi
tartiblariga keyingi boblarda alohida to‘xtalamiz. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining uzluksizligi, yyetishtirilgan mahsulotlaming tannarxi, ulami sotishdan olingan moliyaviy natijalar qishloq xo‘jaligi korxonalarida ta’minot va sotish jarayonlari to‘g‘ri tashkil etilganligiga, ishlab chiqarish zaxiralariningo‘zvaqtidaolinganligiga, ulami tegishli miqdordamavjudligiga, butligi, sifati, sotib olish qiymati (tannarxi) hamda boshqa jihatlariga bevosita bogiiqdir. Bu xususiyatlar qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari holati, kirimi, sarfi va boshqa chiqimlari ustidan uzluksiz tizimli nazorat o‘matishni talab etdi. Buning uchun ishchi schotlar rejasida ishlab chiqarish zaxiralari hisobi uchun mo‘ljallangan maxsus schotlami nazarda tutish, ularda materiallar holati vaharakatigadoir ma’lumotlami uzluksiz, hujjatli asosdajamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining bu xususiyatlari
ulaming ishchi schotlar rejasida Urugliklar, o‘g‘it, Yem-xashak
Dori-darmonla va boshqalar shu kabi maxsus schotlami ochish hamda
yuritishni taqozo etadi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tannarxiga sarflangan materiallar qiymatini (tannarxini) baholash usullari (FIFO, AVEKO) ham katta ta’sir ko‘rsatadi.Qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘zlarining hisob
siyosatida ushbu ikkala usuldan tanlab olinganini yoki ulaming har ikkalasini
qaysi turdagi ishlab chiqarish zaxiralari bo'yicha qo‘llash tartibini belgilab
olishlari lozim. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek,
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning uzoq davomiyligi hamda
mavsumiyligi tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatini hisob-kitob qilish
va inventarizatsiyadan o‘tkazishning aniq tartibini belgilashni taqozo etadi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar haqqoniy tannarxini ular kirimi paytida
aniqlash imkoniningmavjud emasligi hisob siyosatida ular kirimi hisobini
yil mobaynida reja yoki normativ tannarxi bo‘yicha olib borish, yil oxirida
esa mahsulotlaming haqqoniy tannarxi aniq bo‘lgach, ular holati va
harakatiga doir buxgalteriya yozuvlarigatuzatishlarkiritish tartibini o‘matish
talabini qo‘yadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining daromadi asosan yyetishtirilgan
mahsulotlami sotishdan olinadi. Mahsulotlami sotish davlat tomonidan
qat’iy belgilangan narxlarda, shuningdek erkin bozor narxlarida amalga
oshiriladi. Davlat tomonidan qat’iy belgilangan narxlar ayrim mahsulotlar
bo‘yicha, masalan paxta, g‘alla, pilla, tamaki va boshqa umumdavlat
ahamiyatiga molik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha belgilanadi.
Shuningdek, ularga davlatga topshirish rejasidan ortiq yyetishtirilgan
mahsulotlami (paxta va pilladan tashqari) erkin narxlarda naqd va naqd
pulsiz, shuningdek mehnat haqi evaziga natural toiov sifatida berish ruxsat
etiladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishning ushbu xususiyatlari
sotishdan olingan daromadlami hisoblash tamoyiliga asosan tan olish, ulami
to‘g‘ri va o‘z vaqtida hujjatli rasmiylashtirish hamda tegishli schotlarda
aks ettirish tartiblariga qat’iy amal qilish talabini qo‘yadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘zlarining asosiy vositalari, joriy aktivlari,
xususiy kapital va majburiyatlarining tarkibi, ulami shakllantirish tartibi
bo‘yicha ham, bir tomondan, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlardan
farqli jihatlarga ega. Chunonchi, asosiy podani shakllantirish, yosh mollami
asosiy podaga o‘tkazish, texnika va transport vositalarini dala ishlari, terim
mavsumlariga tayyorlash, xususiy mulkni ustav kapitaliga kiritish, olingan
foydani ishlatish, paychilaro‘rtasidataqsimlashkabilardagi xususiyatlar
qishloq xo‘jaligi korxonalarining hisob siyosatida ular hisobini yuritish
tartiblarini aniq ifodalashni taqozo etadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida yuz berayotgan xo‘jalik operatsiyalarini hujjatli rasmiylashtirish turlicha o‘zigaxos xususiyatlargaega. Jumladan, traktorlarda yemi shudgor qilish, paxta qatorlariga texnika yoki qol mehnatida ishlov berish, urugiik qadash, minerai o‘g‘itlash, yemxashaklami mollarga ozuqa ratsioni hamda belgilangan ozuqa kunlari
bo‘yicha sarflashdagi xususiyatlar ushbu operatsiyalami rasmiylashtirish
uchun moijallangan boshlang‘ichhujjatlarklassifikatorini qishloq xo‘jaligi
korxonalari hisob siyosatining tarkibiy elementi sifatida ishlab chiqishni
hamda ularga toiiq amal qilish talabini qo‘yadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘zlarining hisob siyosatida buxgalteriya hisobining umumbelgi langan shakl lari dan birini tanlab olishlari mumkin. Bunday shakllar boiib buxgalteriya hisobining memorial-order, jumalorder, kompyuterlashtirilgan shakl, soddalashtirilgan

shakllar hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligining xususiyatlarini e’tiborga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq vasuvxo‘jaligi vazirligi o‘zlarining 2008- yil 21- yanvardagi 1, 1/2-son qarori bilan maxsus Fermer


xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish
to‘g‘risida nizomni tasdiqladilar. Ushbu nizom O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi tomonidan 2008- yil 26- martda 1781 -son bilan ro‘yxatga
olindi. Ushbu Nizomga muvofiq fermer xo‘jaliklari uchun maxsus
moliyaviy-xo‘j alik faoliyati buxgalteriya hisobi namunaviy schotlar rejasi
tasdiqlandi. Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan
shakli quyidagi shakllar bo‘yicha yuritilishi mumkin:
a) buxgalteriya hisobining oddiy shakli;
b) buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shakli.
Fenner xo‘jaligi o‘zining ishlab chiqarish va boshqaruv talablaridan
kelib chiqqan holda ushbu tavsiya etilgan ikkita shakldan birini mustaqil
tanlaydilar. Nizomga muvofiq fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobining
tanlangan shaklidan qat’iy nazar, hisobot davrining xo‘jalik operatsiyalari
xronologik tartibda ≪Xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish jumali≫da
ro‘yxatga olib boriladi. Xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish jumali kitob
shaklida yuritiladi, unda xo‘j alik operatsiyalarining qayd etilishi va hisobi
hisobot davri uchun oylar yoki choraklar kesimida yuritiladi. Bunda,
xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish jumali tikilgan varaqamlanganboiishi
shart. Xo‘jalik operatsiyalarini qayd etishjumalining so‘nggi varagida
fermeming imzosi bilan “Mazkur jumalda......varaq raqamlangan” deb
yoziladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan yoziladi.
Buxgalteriya hisobining oddiy shaklida fermer xo‘jaliklarida xo‘jalik
operatsiyalari hisobini yuritish uchun maxsus “Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga
olish kitobi” registri qo‘llaniladi. Xo‘jalik operalsiyalarini hisobga olish kitobida
operatsiyalar hisobi butun hisobot yili davomida yuritiladi. Bunda, xo‘jalik
operatsiyalarini hisobga olish kitobi tikilgan varaqamlangan bo‘lishi shart.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish kitobining so‘nggi varag‘ ida fermeming
imzosi bilan ‘ ‘Mazkur Kitobda..... varaq raqamlangan’ ’ deb yoziladi va muhr
bilan tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan yoziladi.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish kitobida xo‘jalik operatsiyalari
natijalari aktivlami, majburiyatlarni, xususiy kapitalni, daromadlar,
xarajatlar, foyda va zararlami hisobga oluvchi schotlarda aks ettiriladi.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish kitobida yozuvlar tizimli tartibda
Xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish jurnalida keltirilgan ma’lumotlar
asosida amalga oshiriladi.
Yüklə 30,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə