1. Rezba kesuvchi keskich va grebyonkalar Rez’ba kesuvchi frezalar



Yüklə 167,4 Kb.
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü167,4 Kb.
#142405
1   2   3   4   5
TASHQI REZBA OCHISHDA ISHLATILADIGON ASBOB VA MOSLAMALAR

Sterjenli grebyonkalar (5-b rasm) yaxlit holda yoki qattiq qotishmali plastinalarni mexanik usulda maxkamlanadigan ko’rinishda tayyorlanadi. Grebyonka 5-a rasmda sxema ko’rinishida keltirilgan.
Prizmasimon grebyonkalarda (5-b rasm) orqa burchak grebyonkani tutqichda og’ishi hisobiga yaratiladi.
Dumaloq grebyonkalar (5-v rasm) ikki turda bo’lishi mumkin: 1) halqasimon o’ramli; 2) vintsimon o’ramli. Ularni tashqi va ichki rez’balarni kesishda qo’llaniladi. Agar kanavkalar halqasimon bo’lsa, u holda grebyonka o’qi zagotovka o’qiga nisbatan rez’bani ko’tarish burchagi  ostida og’ma holatda joylashtiriladi. Ichki rez’balarni kesishda grebyonka o’ramlarining yo’nalishi bilan rez’baning o’ramlari yo’nalishi mos tushadi.
Texnologik mashinalar va jihozlarni ishlab chiqarishda rez’ba kesuvchi frezalarning quyidagi turlari qo’llaniladi: grebyonkasimon, diskli va rez’bani aylanma usulda (vixrovoy) kesish kallaklari. Tashqi va ichki rez’balarni frezalash yo’li bilan kesishda ish unumdorligi quyidagilarga asosan yuqori bo’ladi: 1) ko’p tishli kesuvchi asboblarni qo’llash bilan; 2) bitta tishga kesish qatlami ortishi bilan (diskli frezalar); 3) keskichlarning qattiq qotishma bilan jihozlanganligi uchun kesish tezligi ortadi.
Grebyonkasimon frezalarni (6-rasm) o’tkir burchakli tashqi va ichki mayda qadamli rez’balarni zagotovkaning tsilindrsimon va konussimon yuzalarida kesish uchun qo’llaniladi. Ular rez’ba profiliga mos keluvchi tishli diskli frezalarni bir korpusga bir butun qilib jamlangan ko’rinishda bo’ladi.
Freza o’qiga bo’ylama yo’nalishda to’g’ri chiziqli yoki vintsimon shaklda qirindi kanavkalari kesilgan bo’lib, tishlarning orqa burchagini hosil qilish uchun freza tishlarini Arximed spirali bo’yicha kesiladi.
Tashqi rez’bani tsilindrsimon grebyonkasimon freza yordamida kesish sxemasi 7-rasmda keltirilgan. Bunda frezaning o’qi zagotovka o’qi bilan parallel holatda o’rnatiladi. Freza o’z o’qi atrofida V1 tezlik bilan aylanadi va kesishni boshlang’ich vaqtida
SP =Szzhф radial surish bilan kesib kiradi, so’ngra u rez’baning bitta qadami R qiymatiga zagotovka o’qi yo’nalishi buylab SPr = P surish bilan xarakatlanadi.
Tezkesar po’latdan tayyorlangan frezalar uchun Vf = 25...39 m/min, qattiq qotishmali frezalar uchun Vf = 60...120 m/min qabul qilinadi. Har bir tishga uzatish ishlov beriladigan materialning qattiqligiga bog’liq holda olinadi va Sz = 0,03...0,15 mm/min oralig’ida bo’ladi.
Grebyonkasimon frezalarning asosiy konstruktiv parametrlari: freza diametri d va o’rnatuvchi teshik diametri d0, freza uzunligi L, tishlar soni z, kanavkalar yo’nalishi, teshik profilining o’lchamlari
(profil burchagi α), rez’ba balandligi h va rez’ba qadami R, tishning balandligi N;

Yüklə 167,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə