1. Shaxs to`g`risida umumiy tushuncha Shaxs, individ, individuallik



Yüklə 36,93 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü36,93 Kb.
#165337
  1   2
individ


Reja:
1. Shaxs to`g`risida umumiy tushuncha


2. Shaxs , individ, individuallik.
3. Shaxs strukturasi.
4. Shaxsning motivatsion sohasi.

Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha — ajralmas, alohida zot degan ma`no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog`lom (esihushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo`q, oddiy malakalarni o`zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb atash an`ana tusiga kirib qolgan, chunki o`sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo`la oladi. Individ sifatida yorug` dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta`sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiytarixiy xususiyatga egadir. Ilk bolalik chog`idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo`lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a`zolari, mahalla ahli, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (kishilarning og`ushida, ularning qalb to`risida) odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog`liq bo`lmagan har xil xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi.


Jahon psixologiyasi fanida ondasonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy muhitning sust mahsuli deb tushuntirish va unda faollikni inkor etish o`ta bahsli fikrdir. Shuni alohida ta`kidlab o`tish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani o`zlashtirish jarayoni odamning o`zicha amalga oshirayotgan faolsyatiga va uning bilan qanday maqsad ko`zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ruhiy dunyosi orqali namoyon bo`ladi. Odatda, faollik shaxsga xos xulqatvor, faoliyat, muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy ko`nikmalarida ko`zga tashlanadi. Boshqacha so`z bilan aytganda, faollik shaxsning atrofmuhitdagi voqelikni egallashga intilgan sa`yharakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o`z istiqboli uchun yo`lyo`riq tanlashda, uni o`zlashtirishda, hayotda o`z mavqei va o`rnini topishda gavdalanadi.
Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoni yatiga ega. Hayetda biron bir tanbeh berishning o`zi kimdadir ruhiy hisni uyg`otsa, boshqa birining sirtiga ham yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta`sir qiluvchi barcha tashqi qo`zgatuvchilar ijtimoiy shartsharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari (tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig`indisi bilan boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo`ladi.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri — bu uning individualligidir, ya`ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig`indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dumyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o`xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilganligi qayg`ualam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bo`lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning mangulikka yo`nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o`zining qadrqimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta`lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o`zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir.
Odam jamiyatdaturli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko`pincha, ularda har xil vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi, o`zaro hech bir o`xshamagan rollarni ijro etadi. Masalan, otaonaning, oilaning «egovi», injiq, «zo`ravon» bola o`z tengqurlari davrasida ehtiyotkorona harakat qilib, o`zini tamoman boshqacha tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaqtida boshqalarga qo`shilmaydigan sayohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va hamkorlikda, ulfatchilikda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan masalalardan bitta odamning o`zi turli vaziyatlarda mazmun jihatdan birbiriga qaramaqarshi rollarni bajaradi. Aksariyat hollarda odam turlituman vaziyatlarga, sharoitlarga mos, ularga mutanosib bo`lgan jihatlarni (jabhalarni) namoyon qiladi, uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqasida va shu singarilarida o`z zimmasiga olgan rollarni birbiriga qaramaqarshi emas, balki o`zaro hamohang tarzda o`ynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining, sifatlarining birbiriga mosligi shaxsning yaxlitligini ko`rsatuvchi alomatlardan biri bo`lib, undagi qaramaqarshilik, ziddiyat va shakllanib ulgirmagan xususiyatlarning ko`rsatkichi uningturli vaziyatlarda bajariladigan rollarning o`zaro birbiriga zidligi yoki nomutanosibligi hisoblanadi.
Inson jamiyatningturli guruhlarida odamlarning o`z zimmasiga olgan vazifalari va rollari qanchalik rangbarang bo`lmasin, turmushdagi mavqei ko`p ma`no, ko`p qirrali xususiyatga ega bo`lishidan qat`i nazar, inson shaxsiga to`la mos keladigan haqiqiy tavsif berish imkoniyati saklanib qoladi. Unga beriladigan tavsif faqat uning o`ynaydigan asosiy rollarini, egallagan mavqeining individualligini namoyon qiluvchi motivlarini aniqlash bilan emas, balki uning ishlab chiqarishga, moddiy boyliklarni o`zlashtirishga nisbatan munosabatini o`rganish orqali beriladi. O`zbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiy tavsif uning asosida gumanistik, mustaqil, huquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan va bu ijtimoiy jarayonda faol qatnashishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi.
Jahon psixologiya fanining ilg`or taraqqiyparvar, gumanistik tadqiqotchilarining tajribasida ko`rsatilishicha, shaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlari, xarakter xislati, temperament xususiyatlari, irodaviy sifatlari, akliy qobiliyatlari, iste`dod darajalari, barqaror qiziqishlari, hukmron motivlari, hissiyoti va shu kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, alohida odamda betakror, barqaror, turg`un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o`z navbatida gsh.xsni psixologik tuzilishining nisbiyligi, qat`iyligi, stereotipligi to`g`risidagi fikrni qat`iy tasdiqlashga imkon yaratadi.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri bu uning individualligidir, ya`ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig`indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o`xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilganligi qayg`ualam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bo`lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning mangulikka yo`nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o`zining qadrqimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta`lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o`zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir.
Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko`pincha, ularda har xil vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi, o`zaro hech bir o`xshamagan rollarni ijro etadi. Masalan, otaonaning, oilaning «egovi», injiq, «zo`ravon» bola o`z tengqurlari davrasida ehtiyotkorona harakat qilib, o`zini tamoman boshqacha tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaqtida boshqalarga qo`shilmaydigan sayohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va hamkorlikda, ulfatchilikda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan masalalardan bitta odamning o`zi turli vaziyatlarda mazmun jihatdan birbiriga qaramaqarshi rollarni bajaradi.
Psixik holatlar, hodisalar (hissiyot, xohish, orzu, tafakkur va shu kabilar) uzluksiz ravishda o`zgarib turishi, ijtimoiy guruhlarda, hayotiy vaziyatlarda odam o`z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulqatvorning o`zgarishi, yoshni ulg`ayib borishi ham shaxsning psixologik qiyofasi (milliylik, etnik ta`sir asosida) muayyan darajada barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barqarorlik odam qatnashadigan uning yashash sharoitlari, jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan uyg`unlikda shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig`indisining doimiyligi bilan uzviy bog`liqdir. Biroqbiz qayd qilib o`tgan doimiylik nisbiy xususiyatga egadir. Chunki shaxsni psixik tuzilishining o`zgarishi jahon psixologlarining bir qator tadqiqotlarida o`rganilgan. Bu o`zgarishlar odamning yashash muhiti, amalga oshiradigan faoliyatida namoyon bo`luvchi hisoblanib, ular ijtimoiy ta`sir, tarbiya sharoitiga bevosita aloqadordir.
«Endopsixika» va «Ekzopsixika» haqida tushuncha
Yuqorida ta`kidlab o`tilgan ilmiy muammolardan birinchisi bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishiga ega ekanligidir. Ushbu yaqqol psixologik muammoni hal qilish shaxsning mazkur tuzilishining ichki sharoitlarida ifodalanuvchi xulqatvorni oldindan bashorat qilish imkoniyatini yaratadi. Mazkur masalaning qo`yilishi dastavval ta`lim va tarbiya ehtiyojlaridan, tashkilotchilikka oid faoliyat sohalari va boshqa ehtiyojlar zamiridan kelib chiqadi. Lekin bu masalani ilmiy asosda hal qilish boshqa muammoni, ya`ni shaxsni toifalarga ajratish (tipologiya), uning eng muhim, mukammal tuzilishini aniklash bilan boglikdir. Darhaqiqat, shaxstipologiyasi, shaxsni tipologiktaxdil qilishning eng nozik, ibratli jihatlarini cheklab o`tish, u haqida yetarli darajada to`la tasavvurga ega bo`lishni xoxlasak, uning eng umumiy tasvirini umumlashgan tarzda ta`kidlab o`tish lozim.
Shaxs tuzilishi bilan bog`liq bo`lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning bir qancha tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo etadi, binobarin, ushbu bo`laklarning yig`indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. Jahon psixologiyasi fanida psixologlar shaxsni psixologik tuzilishining tarkibiy qismlarini turli mohiyatiga asoslanib turkumlarga ajratishni (klassifikatsiyalashni) tavsiya` etmoqdalar.
Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy (sotsial) omil (faktor)ning, voqelikningta`siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita muhim qism bo`lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan «ichki psixik» («endopsixik» yunoncha «endo» ichki degan ma`noni bildiradi) qismlarga ajratiladi, degan g`oyani ilgari suriladi. Ushbu talqinga ko`ra «endopsixika» shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o`zaro bog`likligi aks ettiriladi. Uning negizida insonning nervpsixologik tuzilishi bilan «endopsixik» aynan bir narsa degan tushunchani tasdiqlash yotadi, go`yoki u odam shaxsining ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning «ekzopsixik» qismi bo`lsa shaxsning tashqi muhitiga nisbatan munosabatini, shaxsga qaramaqarshi bo`lgan barcha jihatlarini, shaxslararo va obyektiv munosabatini belgilaydi. «Endopsixika» o`z navbatida shaxsning ta`sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo`r berish xislatlarini, ixtiyorsiz harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi. «Ekzopsixika» esa o`z tarkibida shaxs munosabatlariningtizimini va uningqiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi, ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni va shu singarilarni qamrab oladi. Tabiiy omilga (asosga) ega bo`lgan «endopsixika» biologik shartsharoitlarga bog`liqdir, aksincha, «ekzopsixika» ijtimoiy voqeliklar ta`siri ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi.
Shaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog`liqdegan nazariyaning namoyandalari bo`lmish hozirgi zamon uzoq chet el (AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Shvetsariya va boshqalar) psixologlari oqibat natijasida shaxsning tuzilishini o`sha ikkita asosiy omillarga, ya`ni biologik va ijtimoiy (sotsial) voqeliklarning ta`siriga bog`liq bo`lgan tuzilishining mavjudligidan manfaatdordirlar. Obyektsubyekt munosabatini belgilaydi. «Endopsixika» o`z navbatida shaxsning ta`sirlanishi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo`r berish xislatlarini, ixtiyorsiz (ideomotor) harakatlarini va shu kabi fazilatlarini aks ettiradi. «Ekzopsixika» esa o`z tarkibiga xos munosabatlariningtizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, ustanovkalari, maslg.gi, ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallangan bilimlarni qamraydi.
Psixologiya fanida keskin qayta qurish jadal sur`atlar bilan davom etayotgan bir davrda yuqoridataxlil qilingan qo`sh (ikki) omillik konsepsiyasiga qanday munosabatda bo`lish maqsadga muvofiq?
Jumladan, dialektik materializm darg`alarining iborasi bilan aytganda, inson shaxsining mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig`indisidan iborat, bu ifodaga o`ta keskin e`tiroz bildirishga hojat yo`q. Chunki shaxs ijtimoiy mavjudod bo`lganligi (mikromuhit mahsuli ekanligi tan olinmasada) uchun unda tabiiybiologiktuzilish alomatlari saklanib qolishi tabiiy holdir. Masalan, shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy (sotsial) omillarni birlamchi deb e`tirof qilish muammoning bir tomoni (ularni hisobga olish, albatta zarur), lekin ikkinchi tomoni ularning o`zaro munosabatlarini qay tarzda tushunishda o`z ifodasini topadi. Ko`pgina psixologlarning fikricha, bizning nuqtai nazarimizcha, qo`sh omillik nazariyaning bahsli jabhasi shundan iboratki, bu nazariya ijtimoiy omil bilan biologik voqelikni, muhit bilan biologik tuzilishni, «ekzopsixika» bilan «endopsixika»ni mexanik ravishda birbiriga qaramaqarshi qo`yadi, o`zaro ta`sir etish muammosiga loqaydlik bilan munosabatda bo`ladi. Mazkur konsepsiya vakillari shaxsning shakllanishi va uning tuzilishiga ta`sir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar ichki imkoniyatlari mavjud ekanligini hisobga olmaydilar.
Ehtiyojlarda shaxsning yaqqol ijtimoiy turmush sharoitlariga bog`liqligi motivlar tizimi (motivatsiya) sifatida o`zining faol jabhalari bilan ifodalanadi. Motivlar ma`lum ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan faoliyatga nisbatan moliklikdir, degan ta`riflanishga mutlaqs mosdir. Psixologiya fanida qiziqishlar deganda, odamlarning bilish jarayoniga yo`naltirilgan ehtiyojlarning hissiy aks etishidir. Bilish ehtiyojlarini shaxs tomonidan qondirilishi uning bilimlaridagi uzilishlarini to`ldirishga, ta`lim vaziyatlariga to`g`ri moslashishga hamda ularni tushunishga zarur imkoniyatlar yaratadi va yordam beradi.
E`tiqod odamning shaxsiy qarashlari, xulqatvor tamoyillari, ilmiy dunyoqarashlariga asoslanib harakat qilishga undovchi anglashilgan ehtiyojlar majmuidir. E`tiqod shaklida yuzaga keladigan ehtiyojlarning mazmunini odamni qurshab turgan tabiat va u yashaydigan jamiyat haqidagi bilimlar hamda ularni muayyan darajada shaxs tomonidan anglash hosil qiladi va astasekin turli tashqi ta`sirlar yordamida takomillashib boradi.
Insonda vujudga keladigan tilaklar sa`yharakatlar motivlari Hisoblanib, bu motivlarda aynan shu vaziyatda bevosita yaqqol namoyon bo`lmagan turmush va rivojlanish sharoitlarida ehtiyojlar ifodalanadi.
Shaxsning psixik taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari insonning hayotifaoliyati davomida o`zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishninghaqiqiy imkoniyatlari o`rtasidagi qaramaqarshiliklar bo`lib hisoblanadi. Bular to`g`risida jahondagi ilmiy psixologik adabiyotlarda bir qator qimmatli va boy materiallar mavjuddir.
Odatda, shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarkib toptirish, kamolotga yetkazish mavjud qaramaqarshiliklarni, ziddiyatli vaziyatlarni yengish, irodaviy zo`r berish, zo`riqish, tanglik, jiddiylik holatlarini boshqarish, o`zini qo`lga olish orqali ushbu faoliyatni amalga oshirishningoqilona, omilkor vositalarini (yo`llari, usullari, operatsiyalari, ko`nikmalari, uquvlari, malakalari, odatlari, harakatlari, sa`yharakatlari kabilarni) o`zlashtirish, egallash natijasida vujudga keladi. Bularning barchasi imitatsiya (taqpid), identifikatsiya, refleksiya, stereotipizatsiya, ta`lim, o`qitish, o`qish, o`rganish, o`rgatish, saboq olish, o`zlashtirish, mustaqil bilim olish jarayonida yuzaga keltiriladi. Mazkur holatda aniq faoliyat orqali ehtiyojni qondirish qonuniy ravishda yanada yuksakroq, yuqori bosqichdagi yangi xususiyatga ega bo`lgan ehtiyojni tug`diradi.
Shunday qilib, ehtiyojlarning tug`ilishi, taraqqiyoti, ularni saralash va shakllantirish hamda mustaqil, demokratik, huquqiy jamiyat kishisiga xos bo`lgan milliy, hududiy ma`naviyat, ruhiyat va qadriyatlarning qonuniyatlariga, xossalariga, mexanizmlariga asoslangan sharqona, o`zbekona yuksak axloqiy hislarga ega insonlarni voyaga yetkazish respublikamiz psixolog olimlarining oldida turgan asosiy vazifalaridan biridir. Buning uchun psixologlar ko`p tajribalarda sinalgan (ishonchli, validli, reprezentativ) testlar, metodlar (innovatsion xususiyatli), metodikalar (ularning invariantlari, variatsiyalari, modifikatsiyalari), muayyan kasbiy malakalar, uslubiy qurollar (ko`rsatmalar, tavsiyalar, ishlamalar, modul va reyting tizimlari), zamonaviy texnik vositalar bilan to`lato`kis qurollanishlari, nazariy vaamaliy bilimlarni egallashlari, olingan natijalarni ko`p qirrali (sifat, miqdor, korrelyatsion, dispersion, faktor va hokazo) tahlil qila bilishlari, chuqur talqin qila olishlari mutlaqo zarurdir. Chunki bularsiz shaxsni komil inson sifatida shakllantirish, kamol toptirish mumkin emas, binobarin, ikkiyoklama o`zaro ta`sir bunday imkoniyat yaratishga qodir.

O`quv uslubiy adabiyotlar ro`yxati:





  1. Yüklə 36,93 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə