1-sinf uchun jismoniy tarbiya fanidan dts talablari asosida uzviylashtirilgan taqim-mavzuviy ish rejaga ilova


-32-mavzular. Harakatli o‘yinlar. (16 soat)



Yüklə 70,5 Kb.
səhifə4/5
tarix08.05.2023
ölçüsü70,5 Kb.
#109044
1   2   3   4   5
1 sinf jismoniy tarbiya ish rejaga ilova

17-32-mavzular. Harakatli o‘yinlar. (16 soat).
"Charxpalak", "Hamma tezda o‘z joyiga", "Danak", "Oyog‘ingni ho‘l qilma", "Bir qatorga saflaning!", "Kim ko‘p yong‘oq yig‘ish", "To‘pli estafeta", "Sakragichli estafeta", "Yashiringanni topish", "Nishonga aniq ot", "Bekinmachoq", "Kim uzoqqa uloqtiradi", "Topishmoq", "Tortishmachoq", "Chamalash", "Qoch bolam, qor keldi", "Qovun polizdan", "O‘rta barmoqni top", "Qopqon", "Qirq tosh", "Zag‘izg‘on", "Olib qochar", "Jambul", "Besh tosh", "Qizil bayroq", "Kartoshka ekish", "Qo‘ng‘iroqcha", "Sakra bodom chumchuqlar". "Keladi-ketadi", "Oq terakmi, ko‘k terak", "Echki bolalari", "Bo‘yoq sotuvchi", "Hurmacha bog‘i", "Quruvchilar", "Kosmonavtlar" kabi harakatli o‘yinlar orqali kuch, chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilik, egiluvchanlikni rivojlantirish hamda sezgirlik, xotira fazilatlarini tarbiyalash.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish kompetensiyasi:
saflanish, asosiy tik turish,ketma-ket va yonma-yon bo‘lib bir qatorga, aylanma bo‘lib saflanish, chiziq bo‘ylab safga turish, qo‘l ushlashib doira hosil qilish mashqlarini bajara oladi.
Jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish kompetensiyasi:
kun tartibining axamiyatini biladi, ertalabki badantirbiya mashqlarini bajara oladi, shaxsiy gigienaga amal qiladi;
chiniqish mashqlarini bajara oladi;
Sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish kompetensiyasi:
sport jihozlari va ulardan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalana oladi;
gimnastik narvon, gimnastik o‘rindig‘dan xavfsiz foydalana oladi.
Nazorat ishi (1 soat)
33-49-mavzular. Harakatli o‘yinlar. (17 soat).
Harakatli o‘yinlar (yugurish, sakrash, uloqtirish, estafetalar). “Soqqa”, “Olib qochar”, “To‘pni aylana ichiga tushirma”, “Qo‘riqchi”, “Quloq cho‘zma”, “To‘p o‘rtaga”, “Kengurucha”, “Arg‘amchi bilan estafeta”, “Sakrab o‘t va qochib ket”, “Birgalashib sakraymiz”, “Kuchlilar va chaqqonlar”, “To‘siqlardan oshib o‘tish”, “Kim uzoqqa otadi”. “Savatga to‘p tushirish”, “Tortishmachoq”, “Uzatdingmi, o‘tir”, ”Doiraga tort”, “Xo‘rozlar jangi”, “Juft-juft bo‘lib tortishish”, “Qarmoqcha”; “Qirqtosh”, “Cho‘pon”, “Chavandozlar”, “Qovun polizida”, “Sehrli kataklar”, “Mashqni bajar, eslab qol” va boshqa o‘yinlar yordamida diqqat, xotira va jismoniy sifatlarni rivojlantirish.

Yüklə 70,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə