ijtimoiy omillarning tilga ta’sir ko’rsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat
hayotida tutgan o’rni bilan bog’liq ko’plab muommolaarni o’rganuvchi ijtimoiy-
nazariy sohadir.Sotsiolingvistikaning eng muhim vazifalaridan biri- tildagi
o’zgarishlarni jamiyatdagi o’zgarishlar bilan bevosita bog’liq ekanligini
o’rganishdir.
4.Til va jamiyat o’rtasidagi munosabat qanday?
Til jamiyatda paydo bo’lganidan boshlab ijtimoiy xarakterga ega.Chunki til
kishilar jamoasida ijtimoiy mehnat jarayonida vujudga kelgan bo’lib, o’zaro aloqa
bog’lash, fikr almashishga xizmat qiladi.Til faqat jamiyatda, odamlar o’rtasidagina
mavjud bo’lgan ijtimoiy quroldir.Tilning taqdiri jamiyat taqdiri bilan
bog’langan.Jamiyat yo’q ekan, til ham bo’lmaydi.Til kishilik jamiyatining
asrlar
davomidagi tarixiy-ijtimoiy tajribasi asosida yuzaga kelgan ijtimoiy hodisadir.Til
va jamiyat taraqqiyoti uzviy bog’liqdir.Jamiyatda ro’y beradigan har
qanday
voqealik, ma’lum ma’noda tilde o’z ifodasini topadi.Tilning ijtimoiy
tabiati uning
mavjud bo’lishi hamda jamiyat manfaatlariga xizmat qilishida namoyon bo’ladi.
Tilning paydo bo’lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan mustahkam
bog’liq.Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir.Ta’kidlanganidek, til jamiyat
taraqqiyoti bilan rivojlanadi, tilning grammatik qurilishi takomillasha boradi.Til
taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog’langan.Kishilik tarixidan ma’lumki,
avval urug’dosh tili, keyin qabila tili, elat, xalq va millat tili shakllangan.
Dostları ilə paylaş: