7.Nutq ishtirokchisi mansub bo’lgan tabaqa deganda nima tushuniladi?
Jamiyat deganda muayyan nutq shaoitida nutq jarayoni ishtirokchilari, bu nutq
ishtirokchilari mansub bo’lgan ijtimoiy madaniy tabaqa hamda nutq sharoiti
tushuniladi.Chunonchi, bozorda uzumfurush bilan xaridor o’ziga xos bir jamiyatni
tashkil etadi.Shuningdek, dengizda
ikki kema uchrashib, turli masalalar bilan
muloqotda bo’lar ekan, bu ham bir jamiyat sanaladi.Shubhasizki, yo’lovchi va
taksichi, sotuvchi va xaridor, oilada ota bilan farzand va hokazolar tabiatan hamda
mohiyatan xilma-xil jamiyatlar bo’lib, ular orasidagi nutq mavzularini ham,
so’zlashish odobi ham turli-tumandir.Shuning uchun sotsiolingvistikada
nutqiy
muloqot turlarini ajratish (masalan, “Bozorda”, “Ko’chada”, “Poyezdda”,
“Shaharlaro so’zlashuv shahobchasida”), “Teatrda”, “O’yingohda” kabi mavzular,
har bir jamiyat uchun nutq shtamplarini belgilash, leksikasini faollik darajasiga
bog’liq ravishda bera olishga alohida e’tibor qaratiladi.
Sotsiolingvistika jamiyat deganda nafaqat nutq jamiyati, balki so’zlovchi va
tinglovchi mansub bo’lgan ijtimoiy-madaniy hamda kasbiy tabaqa ham
tushniladi.Zeroki, bu tabaqalarda nutq ixsoslashadi.Buni “O’tkan kunlar” asarida
Otabek va Homid nutqlarini qiyoslasak, tushunib ilosh qiyin emas:
Homid qo’lini bo’shatishga urinar ekan, Otabek salmoqqina qilib dedi:
-
Ortiqcha oshiqmangiz, Homidboy, men sizning xanjarli qo’lingizni
bo’shataman, hozir ammo shungacha siz bilan ikki o’g’iz so’zim bor!
Homid hanuz qo’lini bo’shatishga urinar edi.
- Kuchanmangiz, Homidboy!
- Mard yigit bo’lsang qo’limni qo’y!
- Oshiqma, qo’yaman! –dedi Otabek… Xanjarini qo’li bilan tuymakka
ishorat qilib, Otabek so’z boshlad.
- Siz mendan ham yaxshiroq bilasizki, shu uyda sizni allaqancha
mashaqqatlarga slogan, cheksiz jonivorliklar ishlatgan va hisobsiz tillalar
to’qdirgan, nihoyat shu daqiqaga kelib to’xtatgan birov uxlaydir.Agarda
sizning
mening tilimdan yozi,b bergan taloq xatingiz durust hisoblanmasa,
bu uxlaguvchi mening halol rafiqam bo’lib, ikki yildan beri men ham uning
ko’yida sargardonman.Demak, siz bilan mening oramizda shu birov uchun
kurash boradir.Lekin siz shu choqqacha mening ustimdan muvaffaqiyat
qozonib keldingiz:qorachoponchi, deb dor ostlarigacha olib
bordingiz.Musulmonqul qo’liga topshirdingiz, bu ishlaringiz foydasiz
chiqqach, ismimdan taloqnoma yozib, ikki yillab rafiqamdan ayirib turishga
muvaffaq bo’ldingiz…Endi menga javob bering-chi: bu yomonliklaringizda
siz haqlimi edingiz?
- Haqli edim!- dedi Homid va siltab xanjarli qo’lini bo’shatib
chalqancha yiqildi.
Nutq parchasini o’qib tahlil qilish bizni shunday xulosaga olib keladiki,
bunda har bir tabaqa namoyondasi o’ziga xos ravishda gapiradi.Otabek-izzt-
hurmatli,
madaniyatli, tarbiyali, har tomonlama ibrat bo’la oladigan xonadon
farzandi.zero, u ilk murojaat shaklida muallif va o’quvchi nafratini keltiradigan
Homidni sizlaydi, vaholangki, ijtimoiy tabaqa jihatdan Otabekdan o’nlab pog’ona
pastda, insoniylik xislatlariga ko’ra Otabekning tamoman aksi bo’lgan Homid unga
juda qo’pol munosabatda bo’ladi.Ikkinchi murojaat
shaklida raqibini senlashga
Majbur bo’ladi.Chunki u izzat-hurmatli, tarbiyali oila farzandi bo’lish bilan birga
o’z qadr-qimmatini biladigan, o’zining g’ururini himoya qila oladigan, har qanday
sharoitda ham g’ururining paymol bo’lishiga yo’l qo’ymaydigan inson.Shuning
uchun ham nomardlikni do’ndirib qo’yib, yana mardlikni talab qiluvchi
Homidning gapi uning izzat-nafsiga tegadi va u muomala shaklini o’zgartirishga
majbur bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: