1. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari. Uning maqsad va vazifalari


Sinf rahbari ishining asosiy qismlari



Yüklə 15,88 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü15,88 Kb.
#138061
1   2   3   4
1. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari. Uning maqsad va v-fayllar.org

3. Sinf rahbari ishining asosiy qismlari
O‘quvchi hali zimmasidagi mas’uliyatni to‘liq his etmasligi, ilm olishning ahamiyati-yu o‘zining qanday qobiliyatga egaligini bilmasligi mumkin. Shu bois o‘g‘il-qizlarimiz mustaqil hayot yo‘lini tanlaguncha kattalar ko‘magiga, g‘amxo‘rligiga muhtoj. Ularning asosiy vaqti maktabda o‘tishni e’tiborga olsak, bu bo- rada sinf rahbari zimmasidagi vazifalar ko‘lami naqadar kengligi oydinlashadi. Ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarish, sinfda ahil jamoani shakllantirish, qobilyatini to‘liq namoyon etishi uchun o‘quvchilarga zarur sharoit yaratishda sinf rahbarining o‘rni katta. Chunki u yoshlar taqdiriga daxldor xalqlar, ota-onalar, fan o‘qituvchilari, maktab psixologi, umuman, har bir mas’ul odamning ta’lim-tarbiya maqsadlarini birlashtiruvchi asosiy vositachidir. Yoshlarda borliqni anglash, fan sirlarini egallash, kelajakda yetuk shaxs bo‘lish ishtiyoqi kuchli. Ammo maqsadga qay yo‘l bilan erishish lozimligi xususida yetarli tajribaga ega bo‘lmaganlari bois ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash lozim. Buning uchun, avvalo, sinf rahbari o‘quvchilarga shaxsiy namuna bo‘lsin. Chunki bola muallimning xatti-harakatlarini doimo kuzatib yuradi, shaxsiy hayotiga qiziqadi. Kiyinish va muomala mada- niyati bilan, mahalla-ko‘yda, oilada o‘quvchilarga o‘rnak bo‘lgan, shaxsiy fazilatlari bilan ajralib turgan pedagog o‘quvchilar ishonchi va hurmatini qozonadi.
Masalan, o‘tmishda saxovatpesha va donishmandlikda mashhur olim bo‘lgan ekan. Kun kelib, olamdan o‘tar chog‘i o`g‘illarini yoniga chorlab, ularga eng nodir adabiyotlar, bitmas- tuganmas xazina — kutubxona va bir dunyo boylikni meros qoldiribdi. Ota hayotdan ko‘z yumgach, katta o‘g‘il mol-dunyoni tanlab, boyligiga boylik qo‘shish maqsadida savdo karvonlari bilan safarga otlanibdi, kichigi esa umrini ilmga baxshida etibdi.
Oradan yillar o‘tib, katta o‘g‘ilning karvonini qaroqchilar tu- nab, o‘zi ularning changalidan bazo‘r qochib qutulibdi. Bilimli, kamolga yetgan kichik o‘g‘il esa, o‘z aql-zakovati ila farovon hayot kechiraveribdi. Chunki ilmni qaroqchi ham, o‘g‘ri ham tortib ololmaydi-da. Boylik sarflangan sari kamayadi, bilim esa, aksincha, ortib boraveradi.
Bu kabi rivoyatlar o‘quvchilarning maktabdagi eng muhim vazifasi faqat o‘qib-o‘rganish ekanini tushuntirishda asqotadi. Gohida ayrim yosh pedagoglar bolalarni fanga qiziqtirish uchun sinf rahbari ko‘magiga ehtiyoj sezadi. Bunday paytda sinf rahbari o‘quvchilarini o‘z farzandlaridek yaxshi bilsagina, kim bilan qanday ishlash kerakligini fan o‘qituvchisiga aniq ayta oladi. Boshqaruvchilik qobiliyati bor o‘quvchilarni sinf sardori, obodonlashtirish ishlari noziri, „Kamalak“ sardori, qatorboshi, o‘g‘il bolalar klubi yetakchisi, orasta qizlar malikasi etib tayin- lash ham yaxshi samara beradi.
Obodonlashtirish ishlari noziri sinfning doimo orasta va tartibli saqlanishini ta’minlasa, qatorboshilar bolalarni darslarda faol ishtirok etishga undaydi. Klub yetakchisi va qizlar malikasi esa tengdoshlarining maktab formasida bo‘lishi va xulqini jamo­atchilik asosida nazoratga oladi. Ularning boshqa bolalar bilan munosabati hukmronlikka emas, aksincha, do‘stona muloqotga, hamkorlik, hamjihatlikka asoslanishini ta’minlash sinf rahbari- dan o‘ta hushyorlikni talab etadi. Chunki sinfda sog‘lom raqobat muhitini yaratish juda muhim.

Teatr, muzey va tarixiy obidalar bo‘ylab sayohatlar uyush- tirish bolalarning tasavvur doirasini, dunyoqarashini kengay- tiradi, ahil guruhni shakllantirishda qo‘l keladi. Umuman, mo- hir rahbar qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, jamoani misoli inoq oilaga aylantiradi. Sog‘lom muhit hukmron sinfda hamma bir- birini qo‘llab-quvvatlaydi. Bola darslarda sustkashlikka yo‘l qo‘ya boshlasa, demak, oilada, o‘rtoqlari orasida biror muammo yuzaga kelgan yoki sog‘lig‘i yomonlashgan bo‘lishi mumkin. Bun­day vaziyatda sinf rahbari ota-onalar bilan ishlashi zarur. Ota- ona hamda o‘quvchilarning ma’naviy-madaniy, iqtisodiy qiziqishlari bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazib, fikrlarini o‘rganish kerak. Shunday ekan, sinflarning zimmasidagi mas’uliyatni chuqur his eta oladigan har jihatdan munosib pedagoglarga biriktirish ta’lim-tarbiya smadorligini oshiruvchi muhim omillardan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.




Yüklə 15,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə