1. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari. Uning maqsad va vazifalari


Tarbiyaviy ishlar mеtоdikasi fanining asоsiy manbalari



Yüklə 15,88 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü15,88 Kb.
#138061
1   2   3   4
1. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari. Uning maqsad va v-fayllar.org

Tarbiyaviy ishlar mеtоdikasi fanining asоsiy manbalari :
Milliy umuminsоniy qadriyatlar .
Islоm talimоti.
O`zbеk milliy urf-оdatlari
Dоnоlar bisоti.
O`zbеkistоn Rеspublikasining ramzi, madхiyasi,bayrоgi,Kоnstituttsiyasi.
O`zbеkistоn maktablaridagi ilgоr tajribalar.

Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning tizimi:
Milliy istiqlоl talabiga javоb bеradigan barkamоl insоnni tarbiyalashga qaratilgandir.
Barkamоllikning birinchi namunasi Vatanga muхabbat,Vatan tuygusi ,gururi va uni sajdagох sifatida ardоqlashidir.
Vatanga muхabbat zaminida insоnpavarlik tuyg`usi tarbiyalanadi.
Insоnparvarlikdan baynalmilallik va birdamlik kеlib chikadi.

2. Tarbiya usullari

Tarbiya usuli tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyat hamda o‘zaro ta'sir ko‘rsatish usullaridir. Maqsad, mazmun, shakl, metod va vositalar kabi tushunchalar tarbiya jarayonining mohiyatini ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari tushunchasidir.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo’l) tarbiya maqsadiga erishishning yo’li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o’zining imkoniyatiga ko’ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o’zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi.
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog’liq.


Tarbiya vositalari biron-bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq yo‘l bilan hal qilishni tashkil etish uchun ishlatiladi. (Ko‘rsatmali ko‘nikmalar, kitoblar, radio, televidenie). Bundan tashqari, o‘quvchilar jalb qilingan faoliyat turlari kinofilmlar, san'at asarlari, o‘qituvchining jonli so‘zi, bolalar o‘yini, sport, badiiy havaskorlik to‘garaklari va boshqa faoliyat turlari tarbiya vositalari bo‘lishi mumkin.
Tarbiya vositalari tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun o‘qituvchi-tarbiyachining tarbiya tizimiga kiritilishi lozim. Masalan, maktab kutubxonasi tarbiya vositasi bo‘lishi uchun o‘qituvchi va kutubxonachi yozuvchilar bilan uchrashuv, o‘qilgan va yangi kitoblarning muhokamasini, taqdimotini uyushtirishi lozim.
Tarbiya natijasi tarbiya jaiayonining usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga bog‘liq. Tarbiyachilar ta'sir etishning bola shaxsiyatiga mos usulini, eng maqbul usulini tanlab olishi, uning shaxsini o‘zgartirishi uchun kerakli shart-sharoit yaratishlari lozim. Tarbiya usullari har bir bolaga, har qaysi bolalar jamoasiga alohida munosabatda bo‘lishni nazarda tutadi.
Xalq pedagogikasi o‘zbekona axloq, odob va tarbiyaning murakkab barcha qirralarini o‘zida mujassamlashtiradi. Xalq pedagogikasida turli xil tarbiya usullari va vositalaridan foydalaniladi. Bu usul vositalar nihoyatda rang-barang bo‘lib, ko‘p tomonlari bi­lan ilmiy pedagogikaning shakllanishida ham o‘z ta'sirini ko‘rsatgan.
Xalq pedagogikasida qo‘llanilgan juda xilma-xil tarbiya usullari quyidagi tarzda umumlashtirilgan:
1. Tushuntirish (maslahat berish, uzr so‘rash, yaxshiliklar haqida so‘zlash, o‘rnak bo‘lish).
2. Nasihat berish (o‘git, undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, oq yo‘l tilash, yaxshiliklar haqida so‘zlash, raxmat aytish, duo qilish).
3. Namuna bo‘lish (maslahat so‘rash, o‘rnak bo‘lish).
4. Jazo (ta'kidlash, ta'na-gina, tanbeh berish va h.k.)


Yüklə 15,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə