1. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari. Uning maqsad va vazifalari



Yüklə 15,88 Kb.
səhifə4/4
tarix28.11.2023
ölçüsü15,88 Kb.
#138061
1   2   3   4
1. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari. Uning maqsad va v-fayllar.org

Sinf rahbari nazoratchi — o‘quv-tarbiyaviy jarayonda o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlaydi (davomatni nazorat qiladi, o‘quvchilar uchun kerakli sharoitni yaratishga ko‘maklashadi, o‘quvchilarning ota-onalarga bo‘lgan munosabatlarini aniqlaydi, o‘quv-tarbiya jarayoniga e’tiborsizlik, mas’uliyatsizlik, sinfdosh- lari va o‘qituvchilarga esa hurmatsizlik, manmanlik qilayotgan o‘quvchilar bilan yakka holda ish olib boradi).

Sinf rahbari ilm mamlakatiga boshlovchi — o‘qishga bo‘lgan qiziqish va xohishni tashkillashtiradi (o‘quvchilarga qo‘yilgan talablar bilan ota-onalar va o‘quvchilarni tanishtiradi, tarbi­yaviy tadbirlarni tashkil qiladi, mustaqil ishlashda o‘quvchilarga yordam ko‘rsatadi).

Sinf rahbari axloqli, namunali, ma’naviy ustoz — o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda hamda o‘quvchilar va o‘qi- tuvchilar o‘rtasida vujudga keladigan ziddiyatlarni hal etishda, o‘quv-tarbiya jarayonida ichki tartib-qoidalarga rioya qilishlikda, ularni kerakli me’yorda bajarishlariga ko‘maklashadi (o‘zini tuta bilish, muomala qilish madaniyatiga o‘rgatadi, odob-axloq mavzularida suhbatlar, yakka holda ishlar olib boradi, axloqiy normalarni va ichki tartib-qoidalarni buzgan yoki buzayotgan o‘quvchilar bilan ularning haq-huquqlari va vazifalari to‘g‘risida yakka, jamoaviy suhbatlar o‘tkazadi, ularning tartib-intizomiga baho beradi, axloqiy, ijtimoiy, huquqiy mavzularda turli tadbir- lar tashkil etadi va boshqalar).

Sinf rahbari madaniyat sohibi — umuminsoniy va madaniy qadriyatlar asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiladi (eks- kursiya tashkil qiladi, teatr, muzey va ko‘rgazmalarga jamoa bo‘- lib boradi, madaniyat mavzusida kecha va suhbatlar o‘tkazadi, maktabda tarbiyaviy tadbirlar, bahs-munozaralar o‘tkazadi).

Sinf rahbari ijtimoiy pedagog — o‘quvchilarning har xil ijti­moiy muammolarini yechishga ko‘maklashadi, (uy va maktabda o‘zaro muloqot uchun sharoit yaratadi, o‘quvchi huquqlarini himoya qiladi, o‘quvchilarda ijtimoiy hayot ko‘nikmasini shakl- lantiradi).

Sinf rahbari o‘quvchilarning yaqin do‘sti — o‘quvchilarni turli xil faoliyatlarga kirishishlariga ko‘maklashadi, o‘quvchilarga bo‘lgan g‘amxo‘rlikning bir qismini o‘ziga oladi (guruhda ja- moaviy ijodiy faoliyatni tashkil qilishni shakllantiradi, o‘quv- chilarga o‘zini-o‘zi tushunishida, o‘ziga-o‘zi baho berishida, biror-bir faoliyatga o‘z imkoniyati va e’tiborini qaratishiga yor- damlashadi (suhbat, trening, o‘yinlar o‘tkazib, o‘quvchilar bi­lan yakka ishlaydi).
Sinf rahbarining tashkilotchilik qobiliyati. Tashkilotchilik qo- biliyati — bu shaxs individual xususiyatlarining shunday biriku- viki, kishiga u yoki bu ishni tez, ishonchli, o‘ziga ishongan holda tashkil etishga imkon beradi. Tashkilotchining umumiy shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi:

  • Chuqur bilimga egalik — talab etilayotgan ishni tashkil etishni bilish;


  • Faollik — amaliy vazifalarni bajarishda g`ayrat-shijoat bi­lan harakat qila olish;


  • Tashabbuskorlik — alohida ijodiy faollik ko‘rsatish, g‘oya va takliflar kiritish;


  • Kirishimlilik — o‘zgalarga oshkoralik, muloqotga tayyor- lik, kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyoji;


  • Ziyraklik — hodisalarning mohiyatiga qadar yetish qobili­yati, ularning sabab va oqibatlarini ko‘ra olish, asosiysini belgilash;


  • Qat’iyat — iroda kuchi, tirishqoqlik ko‘rsatish, ishni oxiri- ga yetkazish mahorati;


  • O‘zini tuta bilish — murakkab vaziyatlarda o‘z hissiyotini, o‘z xulqini nazorat qila olish qobiliyati;


  • Ishchanlik — chidamlilik, jiddiy ishlarni bajarish qobili- yati, uzoq muddat charchamaslik;


  • Ko‘zatuvchanlik — ko‘ra olish mahorati, yo‘l-yo‘lakay diq- qatga sazovor joylarini belgilash, xotirada tafsilotlarni saq- lay olish;Mustaqillik — mustaqil hal etish, vazifani o‘zi tomonidan bajarish yo‘llarini topish mahorati, javobgarlikni o‘z us- tiga ola bilish;


  • Hamjihatlik (uyushqoqlik) — o‘zini ishning zarur tartibiga bo‘ysundira olish qobiliyati, o‘z faoliyatini rejalashtirish, izchillik, ixchamlikni namoyon etish.


Tashkilotchilikning o‘ziga xos xususiyatlari:



Tashkilotchilik — boshqa kishini tushunish qobiliyati, buning uchun go‘yo uning ichki dunyosiga kira olish, uning kayfiyati va ruhiy holatini sezgirlik bilan angay olishi.
http://fayllar.org
Yüklə 15,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə