1-topshiriq


Pedagogikaning asosiy tushunchalari



Yüklə 24,35 Kb.
səhifə2/5
tarix19.10.2023
ölçüsü24,35 Kb.
#128260
1   2   3   4   5
yangisi (автовосстановление)

Pedagogikaning asosiy tushunchalari:





ta'lim,

Taʼlim – bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.

tarbiya,

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.

Pedagogika

Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham pedagog deb yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy pedagog bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublikasida Pedagoglarga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi.
Pedagog tarbiya jarayonining qonuniyatlari, tarkibi va uni tashkil etish mexanizmlarini tadqiq etadi, tarbiyaviy va oʻquv ishlarining mazmuni, tamoyillari, ularni tashkil etish shakl, usul hamda yoʻsinlarini belgilab beradi.



o'qitish

O’qitish usullari ta'lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining qanday bo’lishini, o’qitish jarayonini qanday qilib tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi, ya'ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish hamda o’quvchilar tomonidan o’sha nazarda tutilgan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llaniladigan yo’llarni o’z ichiga oladi.

metodika

“Metod” – yunoncha “metodos”- degan so`zdan paydo bo`lib, u tadqiq qilish ma`nosini anglatadi. Ta`lim metodi ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatdir. Ta`lim metodlari- o`qitishning o`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o`quv materialini nazariy va amaliy yo`naltirish yo`llarini anglatadi. O`qitish metodlari ta`lim jarayonida ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchi faoliyatining qanday borishi, kerakligini belgilab beradi. Shuningdek, ta`lim metodi o`qituvchi va ta`lim oluvchilarning o`qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yo`lidir

Insoniyаt tаrаqqiyotining o'quv jarayonidagi evolyutsiyasi va zamonaviy o'quv jarayonidagi ahamiyatini ko'rib chiqing.



Yüklə 24,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə