1. Turizmga xorijiy mamlakatlar tomonidan berilgan ta’riflar


Dunyo mamlakatlarida turizm sohasining rivojlanish holati



Yüklə 54,86 Kb.
səhifə2/4
tarix02.05.2023
ölçüsü54,86 Kb.
#107923
1   2   3   4
2. Dunyo mamlakatlarida turizm sohasining rivojlanish holati
Birlashgan millatlar tashkilotining ―Xalqaro turizm barometri‖ ko’rsatkichlariga asosan, 2016-yilda xalqaro kiruvchi turistik oqimning o’sish darajasi 2015-yilga nisbatan 4,4 foizni tashkil etgan. Agar ushbu tendensiya saqlanib qolsa, 2030-yilda dunyo bo’yicha xalqaro turistlar soni 1,8 mlrd. kishiga yetadi. Shu sababli, turizm sohasi jahon iqtisodiyotining keyingi yuz yillikdagi rivojlanishini belgilab beruvchi tarmoqlar qatoriga kiritilgan.
Xalqaro turizm sohasi jahon iqtisodiyotida borgan sari o’z mavqeyini saqlab qolmoqda. Dunyo mamlakatlari o’rtasida xalqaro turizm ommaviylashib, turistlar tashrifi oshib bormoqda (2.1jadval).
2.1-jadval Xalqaro turizmning rivojlanish dinamikasi

(1950–2016-yillar)



Yillar

Xalqaro kiruvchi turistlar soni (mln.kishi)

Kiruvchi turistlardan olingan umumiy daromad (mlrd.dollar)

1950

25

2

1960

70

7

1970

160

18

1980

285

102

1990

460

265

2000

698

476

2001

689-1,3%

464

2002

703

471

2003

694

-

2004

764

633

2005

806

680

2006

820

650

2007

903

856

2008

922

944

2009

880

970

2010

940

927

2.1-jadvalning davomi

2011

995

1042

2012

1, 035

1075

2013

1, 087

1197

2014

1, 133

1245

2015

1, 189

1196

2016

1, 235

1220

Manba: Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO). ―Turizmda muhim voqealar‖, 2017.
BTTning so’nggi ma’lumotlariga ko’ra, xalqaro turizmning o’sishi 2016-yilda 4,4% ga oshib, jami xalqaro tashriflar soni 1 milliard 235 millionni tashkil etmoqda.
BTT Bosh kotibi Taleb Rifai ta’kidlaganidek, ―2016-yilda xalqaro turizm yangi yuksaklikka yetdi. Samarali faoliyat sektori dunyoning juda ko’p joylarida iqtisodiy rivojlanish va ish o’rinlarini yaratish uchun hissa qo’shdi. Shuning uchun, bu mamlakatlarda sayohat, inson resurslari rivojlanishi va barqarorligiga ko’maklashish, shu jumladan, sayyohlikning barqaror o’sishini rag’batlantirish siyosati muhim ahamiyatga ega‖3.
Dunyo mamlakatlari bo’ylab neft narxlarining, valyuta kurslarining va boshqa iqtisodiyotda katta ahamiyatga ega bo’lgan mahsulotlar narxlarining kuchli tebranishi, mamlakatlar import salohiyatining pasayishi kabi omillarga qaramasdan, o’tgan yillar davomida turizm barqaror rivojlanmoqda. 2016-yilda xalqaro turistlar sonining eng katta o’sishi Osiyo va Tinch okeani mintaqasi (+8%)ga to’g’ri keldi. Afrikada bir necha yillik susayishdan keyin jiddiy sakrash amalga oshirilib, (+8%) o’sish qayd etildi. Amerika ijobiy dinamikasi esa (+4%) o’sishni tashkil qildi. Yevropa esa umumiy hisobda (+2%) ni qayd etdi. Ammo Yaqin Sharq turizmida pasayish ham kuzatildi. BTTning ma’lumotlari asosida 2017-yilda xalqaro turistlar soni dunyo bo’ylab 3-4% o’sishni qayd etmoqda.
2.2-jadval Xalqaro turistlarning 1990–2016-yillar davridagi tashrifi

Yüklə 54,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə