1 Tuzuvchilar: N. Nematova


To‘xtang O‘qituvchining ruхsatisiz  navbatdagi sahifani ochmang. 4



Yüklə 7,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix19.12.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#152943
1   2   3   4   5   6   7
PIRLS 5-mashq daftar

To‘xtang
O‘qituvchining ruхsatisiz 
navbatdagi sahifani ochmang.


4
Men bilgan bir keksa buvi haqida 
sizga gapirib bersam bo‘ladimi?
Aslida, bu g‘alati qariya ayol kuch-
g‘аyratga to‘la. Uning haqiqiy ismi –
Gunniona, lekin men uni Gunn buvi
deb atayman.
U bizning shaharga ko‘chib kelguni- 
ga qadar, qish loqda yashar edi. 
Uning qishloqdagi uyi o‘yinchoq uychaga 
o‘xshar edi. Uning mittigina derazachalari 
bo‘ lib, tomida esa maysalar ko‘ karardi. 
Shuningdek, tomda gullar ham o‘sar 
edi.
Gunn buvi o‘z uyida yol g‘iz yashar,
lekin u o‘zini yolg‘iz his etmas edi. 
Chunki uning boshqa hamrohlari: igir,
yettita tovuq, ikkita qo‘y va mushugi 
bor edi.
TOMDAGI
GULLAR
Ingibord
Sigurdardottir


5
Kunlarning birida Gunn buvi betob bo‘lib qoldi.
– Sizda hech qanday jiddiy muammo yo‘q, biroq shaharga ko‘chib borishin
giz kerak. Bu yerda butunlay yolg‘iz yashash unchalik ham to‘g‘ri emas. Misol 
uchun, siz hovlida yiqilib tushsangiz va oyog‘ingizni sindirsangiz, sigiringiz 
meni chaqirib bera olmaydi-ku, – dedi shifokor.
– O‘zimga g‘amxo‘rlik qila olaman! – javob berdi Gunn buvi. Lekin keyin 
«Balki, shaharda yashash qiziqarliroqdir», – deb o‘ylab qoldi.
– Yaxshi! – dedi u birdan, men shaharga ko‘chib boraman!
Tez orada u tomorqasini sotib, bizning ko‘p qavatli uydan xonadon sotib oldi.
Ammo u o‘z jonivorlarini nima ham qila olardi? Ularni o‘zi bilan shaharga 
olib keta olmaydi-ku, to‘g‘rimi? Baxtiga, qo‘shnilar jonivorlariga qarab turishga 
bajonidil rozi bo‘lishdi. Shunday bo‘lsa-da, Gunn buviga do‘stlari-jonivorlaridan 
ayrilish juda qiyin bo‘ldi. Buni o‘ylab, uning kayfiyati shunday tushib ketdiki, 
oxir-oqibat, Robert degan mushugini o‘zi bilan olishga qaror qildi.
Gunn buvi hamma narsalarini yuk mashinasiga ortib, birpasda o‘zining 
yangi uyi tomon yo‘lga tushdi. U juda hayajonlanar va shaharni tezroq ko‘rishni 
orzu qilar edi.
Men ham hayajonlanib, uyimiz ro‘parasiga kim ko‘chib kelishini sabrsizlik 
bilan kutar edim. Balki, u men bilan birga o‘ynaydigan bolakaydir. Biroq u Gunn 
buvi bo‘lib chiqdi. Yaxshi, har holda uning mushugi borku.
O‘z uyini ko‘rib chiqqan Gunn buvi unchalik ham xursand bo‘lmadi .
Axir bu dahshat! – dedi u.
Devorlari biram tekis va 
oppoq. Bu derazalarga qarang, ular 
haddan ziyod katta! Keyin u jim 
bo‘lib qoldi.
– Men uyimga qaytaman! – dedi 
u va eshik tomon yo‘l oldi. U birdan 
qichqirib yubordi, uning mushugi 
Robert derazadan sakragan edi.
– Tashvishlanmang, – dedim 
men tezda, – u shunchaki ayvonga 
sakradi. Qarang! Gunn buvi ayvon-
ga yugurib chiqdi. U yerga yetib 
borganda esa Robertni unutdi. 


6
Ayvon juda katta bo‘lib, uzoqdan 
tog‘lar va hatto dengizning bir bo‘lagi 
ham ko‘rinib turar edi. Gunn buvi 
uylarning tomlarini ko‘rish uchun 
emas, balki faqat tog‘lar va osmonni 
tomosha qilish uchun balandga 
cho‘zildi. Shundan keyingina u 
qolishga qaror qildi.
Lekin ertasi kuni unga buyum
larini joylashtirish uchun yordam 
bergani kelganimda, u hali ham xafa 
ko‘rinardi .
– Jonivorlaringiz siz bilan birga 
bo‘lmagani uchun xafamisiz?, – 
qiziqdim men. – Ha, men ularni
sog‘indim, – deb xo‘rsindi u.
– Unday bo‘lsa, nima uchun ularni olib kelmaysiz? – deb so‘radim.
Gunn buvi menga ko‘z qisib, ayyorlik bilan jilmayib qo‘ydi.
Ertasi kuni undan xabar olish uchun kelganimda, uyda hech kim yo‘q edi. 
Gunn buvi avtobusda qishloqqa yo‘l olgandi.
Kechasi zinapoyadan kelgan 
qoqolagan baland tovushdan
uyg‘onib ketdim. Bu nima bo‘lishi 
mumkin? E, ha! Tovuqlar! Ehtimol, 
ular liftda yurishdan qo‘rqishar?
E r t a s i k u n i m e n G u n n 
buviga tovuqlarga don berishda 
yordamlashdim.
– Men o‘zimni go‘yoki uyga 
qaytib kelganday his qilyapman, – 
derdi u.
– Tovuqlarim atrofimda qo - 
qolashadi, agar yaxshilab qarasang, 
men ko‘rib turgan tog‘lar bu o‘sha 
o‘zimning tomorqam yaqinidagi 


7
tog‘lar ekanini tasavvur qilish mumkin. Lekin menga yer va o‘tlarning hidi 
yetishmayapti. To‘satdan, u ko‘zlarini katta-katta ochib, qaddini rostladi. Gunn 
buvi qandaydir yangilik o‘ylab topgandi.
– Eshit, – dedi u – seningcha, agar tomda o‘tlar o‘ssa, ajoyib bo‘lmasmidi?
– Ertaga do‘konga borishimizga to‘g‘ri keladi, deb o‘ylayman.
Biz shunday ham qildik.
Uyga qaytgach, Gunn buvi uyning tomiga chim bo‘laklarini yotqizdi. U 
ehtiyotkorlik bilan chim bo‘laklarini yoyib, tushib ketmasligi uchun mahkamladi.
Ana endi Gunn buvining ko‘ngli biroz ko‘tarildi. U shaharda o‘zi uchun 
qishloq manzarasiga o‘xshash burchak yaratdi. Hozir u tomdagi tomorqasini 
xuddi eski tomorqasiday yaxshi ko‘radi. Tomda yana gullar ham o‘smoqda.
Gunn buvi men taniydigan odamlarning birortasiga ham o‘xshamaydi. U 
hamma narsani qila oladi! Hozir uni faqat bir narsa xavotirga solmoqda. Liftga 
sigirni kirgizishni eplay olarmikan?



Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə