1
Tuzuvchilar:
N.Nematova
D. Baynazarova – Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 302-sonli
maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Taqrizchi:
F.lkramova – Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 33-sonli maktab-
ning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Mazkur mashq daftari o‘quvchilarning o‘qish
savodxonligini oshirish,
o‘qiganlarini tahlil va talqin qilish hamda xulosalar chiqara olish ko‘nikmalarini
rivojlantirish uchun qo‘shimcha didaktik material sifatida tayyorlandi.
Daftarni tayyorlashda PIRLS (Progress in International Reading and Literacy
Study) tadqiqotining ochiq manbalaridan foydalanilgan.
Daftar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan.
– Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash
bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy
markazi bosh mutaxassisi
2
Yo‘riqnoma
Hurmatli o‘quvchi!
Siz ushbu mashq daftarini
bajarish uchun unda
berilgan hikoya yoki maqolalarni o‘qib chiqishingiz va o‘qiganlaringiz
yuzasidan
savollarga javob berishingiz lozim bo‘ladi. Ba’zi savollar osonroq va ba’zilari esa
murakkabroq bo‘lib tuyulishi mumkin. Siz barcha
savollarga javob berishga
harakat qiling.
Siz turli xil savollarga javob berishingiz kerak bo‘ladi.
Ayrim savollarga
4 ta variantdan iborat bo‘lgan harflar bilan belgilanadigan javoblar keltiriladi.
Siz o‘zingizning fikringizga ko‘ra to‘g‘ri javobga tegishli bo‘lgan harfni belgilang.
1 – namunada shunday savol berilgan va namuna tarzda
javobni qanday
belgilash ko‘rsatilgan.