1. Umumiy qoidalar “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi va va uning bo‘linmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari Tayanch iboralar



Yüklə 88,53 Kb.
səhifə3/4
tarix11.12.2023
ölçüsü88,53 Kb.
#148522
1   2   3   4
7-MA\'RUZA

Lavozimlar nomi

Shtat birligi




Filial boshlig‘i*

1




Tarmoqlar bo‘yicha inspektorlar

5




Jami:

6

*Filial boshlig‘i bir vaqtning o‘zida o‘z mutaxassisligi bo‘yicha filial faoliyati sohasining bitta yo‘nalishi bo‘yicha inspektor vazifasini bajaradi.

O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi va va uning bo‘linmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari


O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari
O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi ta’minlanishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
temir yo‘l transportida foydalaniladigan mahsulotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi nazoratini amalga oshirish, shuningdek, ularni sertifikatlashdan o‘tkazishni tashkil etish;
temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi sohasida hamkorlikni amalga oshirish va xalqaro tashkilotlarda Transport vazirligi manfaatlarini ifoda etish.
O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi ta’minlanishi yuzasidan davlat nazorati amalga oshirish sohasida:
umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transportida va temir yo‘l transporti sohasida faoliyat yuritadigan yuridik shaxslarning shoxobcha yo‘llarida (keyingi o‘rinlarda temir yo‘l shoxobcha yo‘llari deb ataladi) yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
temir yo‘l transporti korxonalari va tashkilotlari tomonidan temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga, temir yo‘l transportining harakatlanuvchi tarkibi, texnik vositalarini saqlash, xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va ulardan foydalanishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablari ijrosini nazorat qiladi;
temir yo‘l transporti korxonalari va tashkilotlari tomonidan temir yo‘llarda poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashga va temir yo‘lda tashishlar xavfsizligini ta’minlaydigan texnik vositalarning ishonchliligini oshirishga qaratilgan kompleks profilaktika chora-tadbirlari belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
temir yo‘l transporti obyektlari, mahsulotlari va texnologiyalari-ning belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ularni doimiy yoki vaqtincha foydalanishga qabul qilishda ishtirok etadi;
poyezdlar harakati xavfsizligi talablarini buzish holatlari bo‘yicha temir yo‘l transporti korxonalari va tashkilotlari tomonidan olib boriladigan xizmat tekshiruvlarining to‘g‘riligini nazorat qiladi (halokatlar va avariyalar bundan mustasno);
temir yo‘l transporti korxona va tashkilotlari tomonidan poyezdlar harakati xavfsizligi qoidalarining buzilish holatlarini hisobga oladi va tahlil qiladi, shuningdek, temir yo‘llarda tashishlar xavfsizligi holati to‘g‘risida ularni xabardor qiladi;
umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti korxonalari va tashkilotlarida qozonxona obyektlari, ko‘tarish inshootlari va o‘lchash tizimlarini saqlash, ulardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va me’yoriy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
temir yo‘l transporti korxonalari va tashkilotlari tomonidan temir yo‘llarda tashishlar xavfsizligini oshirish bo‘yicha tarmoq dasturlarining ijrosini nazorat qiladi;
temir yo‘l transportida tashishlar xavfsizligini ta’minlash, harakat-lanuvchi tarkibni, temir yo‘l transportining texnik vositalarini saqlash, ularga xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va ulardan foydalanish bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda me’yoriy hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat xavfsizligi talablarining buzilishi va ularning sabablari yuzasidan xizmat tekshiruvini o‘tkazish tasnifi hamda tartibi bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi;
umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transportida poyezdlar harakati xavfsizligini texnik va texnologik nazorat qilishni ta’minlovchi umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transportining tarkibiy bo‘linmalari faoliyatiga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
nazorat funksiyalarini amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlari ustuvorligi himoya qilinishini ta’minlaydi;
2) temir yo‘l transportida foydalaniladigan mahsulotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qilish, shuningdek, ularni sertifikatlashni tashkil etish sohasida:
temir yo‘l mahsulotining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlaydi, materiallar, detallar, uzellar va buyumlar sifati va xavfsizligi, shuningdek, texnik holati va qolgan resurslar to‘g‘risida ma’lumot olish maqsadida ularning parametrlari va ko‘rsatkichlarini belgilaydi;
temir yo‘l transportida foydalaniladigan va tayyorlovchi tomonidan keyinchalik sertifikatlash uchun buyurtma berilgan mahsulotlarning xavfsizlik va sifat ko‘rsatkichlarini texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq o‘rganadi va baholaydi;
respublikada olinib kelinadigan, ishlab chiqariladigan va foydala-niladigan temir yo‘l mahsulotlarining sinov bazasini va sertifikatlashni rivojlantirish va shu asosda muvofiqlikni baholash natijalarining davlatlararo darajada e’tirof etilishiga erishish choralarini ko‘radi;
temir yo‘l transportining harakatlanuvchi tarkibi va texnik vositalari uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasiga oid me’yoriy hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi;
temir yo‘l transporti obyektlarini ishlab chiqaruvchi, quruvchi va ulardan foydalanuvchi korxonalar va tashkilotlar faoliyatini ularda poyezdlarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha texnik tekshirishni tashkil etadi va o‘tkazadi hamda ularga belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatini beradi;

Yüklə 88,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə