1. Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari. Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/57
tarix30.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#167832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
3-mavzu Gruntga ishlov berish texnologiyasi (1)

Qumli gruntlar
– quruq holatda sochiladigan bo’lib, plastiklik xususiyatiga ega emas. Ular suv 
utkazuvchan bo’lib, suv oqimning ma’lum tezligida yuviladi, namligi o’zgarganda qum hajmi ham 
o’zgaradi. Nam holatda qum eng katta hajmga ega bo’lsa (zarralar orasidagi bo’shliqlarning hammasi suv 
asosiy 
tayyorgarlik 
yordamchi 


bilan to’ladi), suvga to’yingan qum esa eng kam hajmga ega bo’ladi (og’ir qum tubga cho’kadi, suv 
bo’shliqlardan havoni siqib chiqaradi va o’zi yuqori qatlamga ko’tariladi), qum quruq holatda oraliq 
holatni egallaydi (zarrachalar orasidagi bo’shliq havo bilan to’ladi).
Loyli (gilli) gruntlar
– bog’lovchi va plastiklik xususiyatga ega. Loy ko’p suvni singdiradi va 
bunda kuchli shishadi. Muzlaganda suvninghajmi 9% ga oshadi, buning natijasida loyli gruntlar kuchli 
shishadi,gruntlar quriganda akkarkasa ya’ni qiyinchilik bilan namlikni beradi, hajmi kamayadi va 
yoriladi. Nam holatda, loy plastik va deyarli suv o’tqazmaydi, namlik oshgan sari loy 
zarrachalariningtishlashishi kamayadi, loy oqava suvda oson yuviladi.
Qumli loy
 
loyning xususiyatiga ega, 
loyliqum
– qum xususiyatiga ega.Loyli gruntlarda sog’ 
(lyoss) tuproqli gruntlaralohida ajralib turadi. Quruq holatda sog’ tuproq (lyoss) sezilarli mustaxkamlikka 
va qattiqlikka ega, lekin unga suv tekkanda u uni yengil shimadi, bunda suv yoyilib ketadi, hajmi keskin 
kamayadi, yuk ko’tarish qobiliyatini tez yuqotadi, cho’kuvchan bo’lib qoladi. 
Gruntning granulometrik tarkibi
. Gruntni tashkil etuvchi zarrachalarining o’rtacha o’lchamiga 
bog’liq ravishda mm, ular quyidagilarga bo’linadi: 
loyli – <0,005; changsimon – 0,005...0,05; qum – 0,03...3; 
shag’al – 3... 40; chaqiq tosh – 40..200; tosh, xarsangtosh – >200 
Qumlar o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi: mayda – hajmining 50% dan ko’prog’ini 
0,1...0,25 mm o’lchamdagi zarrachalar tashkil etadi; o’rta – xuddi shunday 0,25...0,5; yirik – 0,5...3mm. 
Ko’p gruntlarda loyli zarrachalarning bo’lishi muhim ahamiyatga ega.Grunt hajmida loyli 
zarrachalarning miqdoriga qarab gruntlar quyidagilarga ajraladi:qum–<3%; loyli qum– 3...10%; qumli 
loy –10...30%; qumli loylar – 30...60%; og’ir loy – >60% 
Grunt namligi
gruntning suvga to’yinganlik darajasini tavsiflaydi va gruntdagi suv massasining 
gruntdagi qattiq zarrachalarga nisbati bilan aniqlanadi. Namligiga qarab gruntlar kam namlangan (5% 
gacha) nam (30%gacha), suvga to’yingan (>30%) bo’ladi. Nam va suvga to’yingan grunt g’ovaklarida 
joylashgan suvlar grunt suvi deyiladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə