1-variant – topshiriq


Rivojlanish psixologiyasi proektiv metodlari



Yüklə 27,05 Kb.
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü27,05 Kb.
#139432
1   2   3   4
Rivojlanish psixologiyasi proektiv metodlari

Proyektiv metodlar. Proyektiv metodlar test usullarining bir ko‘rinishi bo‘lib, ularda tekshiriluvchi uchun aniq ko‘rinishga ega bo‘lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharhlash topshirig‘i beriladi. Masalan, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo‘lgan rasmlar, tugallanmagan hikoyalar, biror aniq ko‘rinishi mavjud bo‘lmagan buyumlar berilishi va ularni tekshiriluvchi o‘zining hissiy kechinmalari, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtayi nazaridan baholashi kutiladi. Proyektiv metodlar qatoriga Rorshaxning «Siyoh doglari» testini kiritish mumkin (1921). Bu — 2 tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil siyoh dog‘laridan iborat bo‘lib, har bir dog‘ har xil bo‘yoqli fonda ko‘rsatiladi. Tekshiriluvchidan har bir «dog‘» nimaning shaklini eslatishi so‘raladi. Bunda: 2 ta dog4 qizil rangli shtrixlar, 5 ta dog‘ kulrang — qora, 3 ta dog‘ — yorqin bo'lmagan ranglarda beriladi. Proyektiv metodikalardan yana biri tugallanmagan jumlalar metodi. Ushbu metod yordamida guruhiy va shaxsiy ustanovkalar tekshiriluvchining atrofidagilarga (o‘rtoqIari, o‘qituvchi, ota-onasi) munosabati xususiyatlari, shuningdek, o‘ziga va kelajakka bo‘lgan munosabatlari ham o‘rganiladi. Shu maqsadda tekshiriluvchiga bir qancha tugallanmagan jumlalar taklif qilinadi, ko‘p o‘ylamasdan gapni mantiqan oxiriga yetkazish talab qilinadi. Masalan, — mening har safar kayfiyatim buziladi, agar... — men uchun eng muhim muammo, bu — ... — do‘st — bu ... — mening otam ba’zida ... — men shunga intilam anki... Proyektiv metodikalar turli-tuman. Ular bir-biridan tubdan farq qiladi. Biroq shuni nazarda tutish lozimki, proyektiv metodikani tavsiflash muayyan psixologik bilimlarni maxsus nazariy tayyorgarlikni va metodikani qo‘llash bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo'lishni talab qiladi.




2-topshiriq test
1. Maktabgacha yosh davrida senzitiv hisoblanadi
A)qaysarlik
B)o'zini namoyon qilish
C)aytganini qildirish
D)nutqning rivojlanishi
2.

Yüklə 27,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə