1-variant nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari


O‘timli va o‘timsiz fe’llar



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə34/163
tarix26.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#131118
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   163
1-variant nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari

O‘timli va o‘timsiz fe’llar. Fe’llar undan anglashilgan ish-harakatning narsaga munosabatiga ko‘ra o‘timli yoki o‘timsiz bo‘ladi.
1.Harakatning tushum kelishigidagi ot bilan ifodalangan narsaga o‘tishini bildiruvchi fe’llar o‘timli fe’l deyiladi. Masalan: ol, o‘qi, saqla, tozala fe’llari o‘timlidir.
2.Narsaga bevosita o‘tmaydigan harakatni anglatadigan fe’llar o‘timsiz fe’llardir. Masalan: bor, kel, o‘tir kabi fe’llar o‘timsizdir.
Fellardagi o‘timli yoki o‘timsizlik leksik-semantik va morfologik vositalar orqali ifodalanishi mumkin: a) o‘timli yoki o‘timsizlik fe’llarning leksik ma’nosidan anglashilib turadi. Ya’ni ular affikssiz qo‘llanganda ham o‘timli yoki o‘timsizlikka daxldor bo‘ladi. Masalan: yech, qo‘y, saqla, so‘ra, ko‘r kabi fe’llar o‘timli; bor, o‘tir, uxla, ko‘kar, tur kabi fe’llar esa o‘timsizdir. Fe’l ko‘p ma’noli bo‘lganda o‘z va ko‘chma ma’nosi bilan o‘timli yoki o‘timsiz bo‘lishi mumkin: kitob o‘qiydi- o‘timli, kitobdan yoki maktada o‘qiydi – o‘timsizdir; b) fe’lning o‘timli yoki o‘timsizligi unga qo‘shilib keladigan morfologik vositalar orqali belgilanadi. Bunda nisbat yasovchi affikslar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi: 1) orttirma nisbat affikslari o‘timsiz fe’lni o‘timliga aylantirishi mumkin: oq-oqiz, yur-yurgiz, kel-keltir, ishla-ishlat; 2) o‘zlik va majhullik nisbat affikslari esa o‘timli fe’lni o‘timsiz fe’lga aylantiradi: och-ochil, ko‘r-ko‘rin, tara-taran, tort-tortin. Ba’zan mustaqil fe’l tarkibida nisbat qo‘shimchalari ketma-ket qo‘shilib kelishi mumkin. Bunday holda fe’lning o‘timli yoki o‘timsizligi oxirgi nisbat yasovchi qo‘shimchaga qarab belgilanadi: kel-o‘timsiz, keltir-o‘timli, keltiril-o‘timsizdir.

  1. Bolalarning savod o‘rgatishga tayyorgarligini o‘rganish.

Tayanch so’z va iboralar: o’qish, yozissh ko’nikmasi, tovushni tahlil qilish, o’g’zaki bog’lanishli nutq, she’r, ertak aytish, fikrni bayon qilish. - 20 ball
Savod o’rgatishni to’g’ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligini maxsus o’rganish talab etiladi. Maxsus o’rganish avgust oyida, hatto undan oldin  bahordan boshlanadi. Bunda 1-sinfga keladigan o’quvchining oilasiga yoki bolalar bog’chasiga boriladi, suhbat o’tkaziladi, bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlanadi.
Tanishish natijasini hisobga olish va nutqiy tayyorgarlikni o’rganish uchun quyidagilarni aniqlash tavsiya etiladi:

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə