1-variant Ombordagi materiallar hisobi



Yüklə 3,44 Mb.
səhifə63/67
tarix23.05.2022
ölçüsü3,44 Mb.
#87757
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
2 5213136887618738063

28-variant
1savol: Korxonalarda materiallar hisobini tashkil etishda qulaylik yaratish 
maqsadida ularni tegishli belgilari bo’yicha turkumlanadi. Jumladan, ulardan 
foydalanishning iqtisodiy mohiyatiga ko’ra quyidagicha guruhlanadi: 
– Xom-ashyo – mahsulotni moddiy asosini tashkil etadigan mehnat ashyolari 
(paxta, ruda va boshqalar); 
– Materiallar – xom-ashyoga ta’sir etish uchun qo’llaniladigan va mahsulotga 
ma’lum iste’mol xususiyatini berishda foydalaniladigan vositalar (gazlama, charm, 
metal va boshqalar); 

– Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar – ma’lum 


darajada ishlov bosqichidan o’tgan, lekin hali pirovard mahsulot darajasiga 
yetkazilmagan mahsulotlar; 
– Yoqilg’i – ko’mir, benzin, dizel yoqilg’isi, gaz, torf va boshqalar; 
– Ehtiyot qismlar – mashina va jihozlarni tuzatishda ishdan chiqqan qismlarni 
almashtirishda qo’llaniladigan mashina mexanizmlarning detal, agregat va 
qismlari; 
– Qurilish materiallari – bevosita qurilish va montaj ishlari jarayonida
qurilish qismlarini tayyorlashda, bino va inshoatlarni alohida konstruksiya va 
qurilmalarini ko’tarishda va qurib tugatishda foydalaniladigan vositalar (yog’och, 
taxta, shifer, mix, g’isht va boshqalar); 
– Idish va idishbop materiallar – turli material va mahsulotlarni o’rash, 
joylashtirish, tashish va saqlashga tayyorlashda qo’llaniladigan buyumlar 
(yog’och, karton, metal hamda shishadan yasalgan va boshqa idishlar); 
– Inventar va xo’jalik anjomlari – xo’jaliklar faoliyatida foydalaniladigan 
buyumlar; 
– Chetga qayta ishlashga berilgan materiallar - o’zga korxona va ishlab 
chiqarishlarga berilgan o’simlikchilik, chorvachilik va boshqa soha mahsulotlari; 
– Boshqa materiallar – yuqoridagi guruhlarda qayd etilmagan materiallar (har 
xil chikitlar, tuzatilmaydigan brak, metallom va boshqalar). 
Materiallarni baholash 4-sonli “Tovar-moddiy zaxiralar” nomli BHMA 
talablari asosida amalga oshiriladi. Unga muvofiq materiallar eng kam bahoda
ya’ni tannarxi bo’yicha yoki sof sotish qiymatida hisobga olinishi lozim. 
Ushbu tartib buxgalteriya hisobining ehtiyotkorlik tamoyilidan kelib chiqadi. 
Ehtiyotkorlik tamoyili moliyaviy hisob va hisobotda majburiyatlar yoki xarajatlar 
bahosi kamaytirilishiga yo’l qo’ymasligi lozimligini bildiradi (BHMA-1, 21 band). 
4-son BHMA-ga asosan materiallarning tannarxi barcha sotib olish 
xarajatlarini va ularni manzilga yetkazib berish hamda tegishli holatga keltirish 
bilan bog’liq bo’lgan transport-tayyorlov xarajatlarini o’z ichiga oladi. 

sotishningsof qiymati materiallarning zaxirasi oshganda, shikastlanganda, to’liq yoki qisman eskirganda va boshqa holatlar tufayli ular bahosini sotish mumkin bo’lgan darajaga keltirishini anglatadi. 


Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib materiallarning haqiqiy tannarxini 
aniqlashda, ularni baholashning quyidagi usullari qo’llaniladi: 
1. AVECO usuli – bunda har bir birlikning qiymati davr boshida o’xshash 
birliklarning o’rtacha o’lchanadigan qiymatidan davr mobaynida sotib olingan va 
ishlab chiqarilgan o’xshash birliklar qiymatidan belgilanadi. 
2. FIFO usulida ishlab chiqarishga birinchi sotib olingan materiallar partiyasi 
bo’yicha baholanadi, so’ngra ikkinchi partiya bahosi va hokazo.
Respublikamizda asosan AVECO va FIFO usulidan foydalaniladi
2-savol Korxonalarda ishchi va xodimlarga hisoblangan ish haqidan budjet va budjetdan tashqari to’lovlar uchun ma’lum majburiy soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar amalga oshiriladi.
Ayrim holatlarda O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan umumiy qoidaga ko’ra, xodimning yozma roziligi bilan bunday rozilik bo’lmagan taqdirda esa - sudning qaroriga asosan ish haqidan ushlanmalar ushlab qolinishi mumkin. Bunda quyidagi holatlarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi:
a) O’zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni undirish uchun;
b) sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
v) ish haqi hisobidan berilgan avansni ushlab qolish uchun xo’jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o’tganligi munosabati bilan berilgan bo’lib, sarf qilinmay qolgan va o’z vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to’langan summani qaytarib olish uchun. Bunday hollarda ish beruvchi avansni qaytarish yoki qarzni to’lash uchun belgilangan muddat tamom bo’lgan kundan yohud haq to’lash noto’g’ri hisoblab chiqarilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirilmasdan avans yoki qarzni ushlab qolish haqida farmoyish berishga haqlidir. Agar bu muddat o’tib ketgan bo’lsa yoki xo’jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoxud boshqa joydagi ishga o’tganligi munosabati bilan berilgan avansning ushlab qolinishini asossiz yoki miqdorini noto’g’ri deb hisoblasa, u holda qarz sud tartibida undiriladi;
g) o’z hisobidan xodim ta’til olib bo’lgan, ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlanmagan davriga tegishli kunlari uchun. Ana shu kunlar uchun haq xodimning o’qishga kirganligi yoki pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan bekor qilinganda ushlab qolinmaydi;
d) xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o’rtacha oylik ish haqidan ortiq bo’lmasa;
e) mehnat intizomini buzganligi uchun o’rtacha oylik ish haqining 20 % idan oshmagan miqdorda jarima.
Ish haqini to’lash vaqtida ushlab qolinadigan ushlanmalarning umumiy miqdori xodimga tegishli bo’lgan mehnat haqining ellik foizidan ortib ketmasligi kerak.
Ishchi va xizmatchilardan ushlanadigan daromad solig’i amaldagi yo’riqnomada3 belgilangan tartibda ushlanadi. Jismoniy shaxslardan daromad solig’i yagona shkala stavkasi bo’yicha yillik jamg’arma daromadidan ushlanadi:


  • har bir fuqaroning soliq majburiyatining bazasi bo’lib o’tgan yili barcha manbalardan yig’ilgan daromad summasi hisoblanadi;


  • oylik daromad oraliq daromad deb hisoblanadi;


  • daromadlar miqdoridan qat’iy nazar soliqdan butunlay ozod qilinadigan fuqarolar kategoriyasi nazarda tutilmagan. Daromad miqdoridan qat’iy nazar O’zbekiston Respublikasining barcha fuqorolari, chet el fuqarolari va fuqarosi bo’lmagan shaxslar soliqqa tortiladi;


  • agar fuqoroning korxonasidan oladigan ish haqidan tashqari chetdan yana boshqa daromadlari bo’lsa, har yili ish haqisini ham qo’shgan holda olingan daromadlarining umumiy summasi to’g’risida soliq inspeksiyasiga deklaratsiya topshirishi kerak.


Shuningdek, ushbu yo’riqnomaga muvofiq soliq to’lovchining asosiy ish joyidan olingan soliqqa tortiladigan daromadidan har oyda qonun bilan belgilangan eng kam oylik ish haqi summasi chiqarib tashlanmaydi. Jismoniy shaxslardan daromad solig’i yagona shkala stavkasi bo’yicha yillik jamg’arma daromaddan quyidagi jadval bo’yicha ushlanadi.4



Soliqqa tortiladigan daromad miqdori


Soliq summasi


Eng kam ish haqining 5 baravari miqdorigacha


Daromad summasining 13 %


Eng kam ish haqining 5 baravaridan (+1 so’m) 10 baravari miqdorigacha


Eng kam ish haqining besh baravari miqdorida olinadigan soliq + besh baravaridan oshadigan summaning 18 %


Eng kam ish haqining 10 baravaridan (+1 so’m) va undan yuqori miqdoridan


Eng kam ish haqining o’n baravari miqdorida olinadigan soliq + o’n baravaridan oshadigan summaning 25 %



Daromad solig’i hisoblangan ish haqining butun sonidan hisoblab topiladi. Jismoniy shaxslarning ish haqisi va boshqa daromadlaridan ushlangan daromad solig’i summasi korxona tomonidan budjetga o’z vaqtida va to’liq o’tkazib berilishi kerak.
Fuqarolarning daromadlaridan davlat budjeti foydasiga ushlangan soliq summalarini hisobga olish uchun 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» passiv schyoti qo’llaniladi. Bu schyotning kredit qoldig’i korxonaning budjetdan bo’lgan qarzini ko’rsatadi, debet oboroti – budjetga o’tkazib berilgan summani ko’rsatadi; kredit oboroti – ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan soliq summasini ko’rsatadi.

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə