1-variant Sug'urtaning paydo bo'lishi va rivojlanishiga tarif bering



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə44/64
tarix14.06.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#117051
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64
1-variant Sug\'urtaning paydo bo\'lishi va rivojlanishiga tarif be

24-varyant
1.27-varyant 1- savol
2.22-varyant 1- savol
3.tashuvchilarning fuqarolik javobgarlikini majburiy sugurta qilish togrisidagi qonun va vazirlar mahkamasining qarori
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son qaroriga shbu Qoidalar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tartibini belgilaydi. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish mazkur Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
jabrlanuvchi — sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan, sug‘urta tovoni olish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchi;
yo‘lovchi — tashuvchining xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxs;
yo‘lovchining mol-mulki — bagaj va yo‘lovchining o‘zi bilan birga tashiyotgan qo‘l yuki;
naf oluvchi — yo‘lovchi sug‘urta hodisasi tufayli vafot etgan taqdirda, sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs;
sug‘urtalovchi — tijorat tashkiloti bo‘lgan, majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirishga haqli yuridik shaxs;
sug‘urta puli — bu shunday summaki, sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda yo‘lovchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini ushbu summa doirasida qoplash majburiyatini oladi;
sug‘urta hodisasi — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi amal qilishi davrida yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun tashuvchining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelganligining belgilangan tartibda tasdiqlangan fakti;
tashuvchi — shahar yo‘lovchilar transportida, temir yo‘l, havo, avtomobil, daryo transportida va boshqa transportda yo‘lovchilarni hamda ularning mol-mulkini tashish bo‘yicha tijorat asosida xizmatlar ko‘rsatuvchi va buning uchun maxsus ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo‘lgan yuridik shaxs.
25-VARIANT
1) jabrlanuvchi — transport vositasi boshqa shaxs tomonidan foydalanilayotganda hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan shaxs; Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni qabul qiluvchi sug‘urtalovchining sug‘urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislari) sug‘urtalovchini almashtirishga rozi ekanligi to‘g‘risidagi so‘rovi yozma shaklda amalga oshiriladi. So‘rovda sug‘urta qildiruvchilarning va jabrlanuvchilarning (ularning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislarining) almashtirishni rad etish huquqi tushuntirib berilishi kerak.Sug‘urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislari) sug‘urtalovchining almashtirilishiga rozi bo‘lish yoxud rad etishga haqlidirlar. Sug‘urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislari) majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni topshiruvchi yoki qabul qilib oluvchi sug‘urtalovchini o‘z qarori to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladilar. Jabrlanuvchi sug‘urta to‘lovi to‘g‘risidagi arizani sug‘urtalovchiga yoki uning filialiga yuboradi. Jabrlanuvchi yoki uning merosxo‘ri (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat qilishga imkon bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakolatli vakillar) yoxud uning huquqiy vorisi sug‘urta to‘lovi to‘g‘risidagi talab ko‘rsatilgan arizani quyidagilarning asli yoki nusxalari ilova qilingan holda sug‘urtalovchiga yoki uning filialiga yuboradi:zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xulosa yoki qaror, tibbiyot muassasasi ma’lumotnomasi yoxud hayotga yoki sog‘liqqa zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, o‘lim haqidagi dalolatnoma yoxud guvohnoma);
mol-mulkka zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (tijorat dalolatnomalari, yuk xatlari, asosiy vositalar daftaridan ko‘chirmalar, to‘lov hujjatlari, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarish uchun tuzilgan shartnomalar, mol-mulkni mustaqil baholash dalolatnomalari va boshqa shu kabilar);
jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;Agar jabrlanuvchi ayni bir vaqtda sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) hisoblansa, u holda sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan to‘g‘ri hal etish qo‘llanishi mumkin.
Sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan to‘g‘ri hal etishda sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) bo‘lgan jabrlanuvchi o‘zi bilan majburiy sug‘urta shartnomasini tuzgan sug‘urtalovchiga hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi uchun yozma shaklda murojaat qilishga haqli.
Sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan to‘g‘ri hal etish qo‘llanilganda aybdor tarafning sug‘urtalovchisi jabrlanuvchining sug‘urtalovchisiga jabrlanuvchiga sug‘urta tovonini to‘lash bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplaydi.
Jabrlanuvchining mol-mulkiga zarar yetkazilganda sug‘urta to‘lovi sug‘urta pulining 35 foizidan oshishi mumkin emas.
43. Agar jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) tomonidan taqdim etilgan shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini ko‘zdan kechirish va mustaqil ekspertizadan (baholashdan) o‘tkazish sug‘urta hodisasi mavjudligini va majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘rni qoplanishi kerak bo‘lgan zararlar miqdorini haqqoniy aniqlash imkonini bermasa, sug‘urtalovchi ko‘rsatib o‘tilgan holatlarni aniqlash uchun sug‘urta qilinuvchining foydalanish vaqtida jabrlanuvchiga zarar yetkazilgan transport vositasini ko‘zdan kechirishga va (yoki) ushbu transport vositasiga yoki uning qoldiqlariga nisbatan takroriy mustaqil ekspertiza (baholash) tashkil etishga haqlidir. Sug‘urta qildiruvchi ushbu transport vositasini yoki uning qoldiqlarini sug‘urtalovchining talabiga ko‘ra majburiy sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan tartibda taqdim etishi shart.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori tahririda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi, Moliya vazirligi, “Paxta-bank”, “G‘alla-bank” va “Mevasabzavotbank” bilan birgalikda:
ikki hafta muddatda xo‘jalikning moliyaviy ahvoli va to‘lov qobiliyati to‘g‘risida har yili ortib boruvchi yakuniy ma’lumotlar bilan to‘ldirib boriladigan xo‘jalik pasportining namunaviy shaklini ishlab chiqsinlar;
ikki oy muddatda, pasportning ko‘rsatib o‘tilgan namunaviy shakliga muvofiq, xo‘jaliklarni yalpi xatlashdan o‘tkazsinlar, kompaniyaning sug‘urta polisini va bank kreditini olishga da’vogar bo‘lish mumkin bo‘lgan xo‘jaliklar ro‘yxatini aniqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
5. “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi tizimi xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun kompaniya rahbariyatidan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Markaziy banki vakillaridan iborat tarkibda Komissiya tuzilsin. Attestatsiya uch oy muddatda tugallansin.
Komissiyaga xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish yakunlari bo‘yicha ularni kompaniya tizimida ishga joylashtirish yoki buni rad etish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qilish huquqi berilsin.
6. “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi bir oy muddatda ta’sis majlisini o‘tkazsin va o‘z faoliyati Ustavini belgilangan tartibda qabul qilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasini ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.
8. “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasiga va uning mahalliy bo‘linmalariga Davlat sug‘urtasi bosh boshqarmasi va uning tarkibiy bo‘linmalari egallab turgan xizmat binolari biriktirib qo‘yilsin.
9. “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uning sug‘urta jamg‘armasini to‘ldirish uchun 1998-yildan boshlab mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining:
“O‘zbekiston Respublikasi davlat sug‘urta organlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 31-dekabrdagi 605-son;
“Jamoa, davlat xo‘jaliklari va boshqa davlat qishloq xo‘jalik korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida” 1993-yil 23-dekabrdagi 608-son;
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 23-dekabrdagi 608-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1995-yil 4-apreldagi 116-son;
“Qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sug‘urtasiga doir sug‘urta to‘lovlari stavkalari miqdorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1995-yil 21-avgustdagi 329-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.


3)oydalanilayotganda yoki noqonuniy yo‘l bilan transport vositasini egallagan shaxs tomonidan transport vositasidan foydalanish natijasida zarar yetkazilganda jabrlanuvchiga zarar yetkazilgan transport vositasi egasining noma’lumligi yoki fuqarolik javobgarligi sug‘urtalanmaganligi sababli sug‘urta tovonini to‘lash imkoni bo‘lmagan taqdirda jabrlanuvchi yoki uning merosxo‘rlari (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat etish imkonini bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakillari) yoxud huquqiy vorislari quyidagi hujjatlarning aslini yoki nusxalarini ilova qilgan holda To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risida yozma ravishda murojaat qiladi:sug‘urta polisi (agar bo‘lsa);
yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi sud qarori, agar ish sud tomonidan ko‘rilgan bo‘lsa;
zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xulosa yoki qaror, tibbiyot muassasalaridan olingan ma’lumotnoma yoxud hayotga yoki sog‘liqqa zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, o‘lim haqidagi dalolatnoma yoxud guvohnoma);
mol-mulkka zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (tijorat dalolatnomalari, yuk xatlari, asosiy vositalar daftaridan ko‘chirmalar, to‘lov hujjatlari, shartnomalar, mol-mulkni mustaqil baholash dalolatnomalari va boshqa shu kabilar);
jabrlanuvchining shaxsini yoki uning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
meros huquqini yoki huquqiy vorislikni olganliklarini, shuningdek merosxo‘rlarning shaxsini yoki huquqiy vorislarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar sug‘urta tovoni jabrlanuvchilarning merosxo‘rlariga yoki huquqiy vorislariga to‘lanishi lozim bo‘lsa).

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə