1. Xato yozishdagi asosiy muammolar Grafik xatolarni tuzatish mashqlari: Xatolarni aniqlash


Shevaga oid so‘zlarni tuzatish mashqi



Yüklə 39 Kb.
səhifə3/4
tarix08.05.2023
ölçüsü39 Kb.
#109090
1   2   3   4
O\'quvchiilarda tipik orfografik xatolarni aniqlash reja Xato yoz

Shevaga oid so‘zlarni tuzatish mashqi:

Bu turdagi xatolarni tuzatish uchun «Chalg‘itma diktant»dan foydalanish yaxshi samara beradi. O‘tkazilgan tajribalarda o‘quvchilar diktant paytida shoshilmay, fikrlab, sheva bilan adabiy tilning farqini anglagan holda matnni yozishga harakat qilishgan. Chalg‘itma diktant 5-7 sinflarda olinishi mumkin. Chunki bu sinflarda imloviy jihatlarni qamrab oluvchi dars mavzulari ko‘proq. Chalg‘itma diktant o‘tkazilishidan oldin o‘qituvchi diktantni sheva asosida aytib berishini, lekin undagi so‘zlarni o‘quvchilar imlo qoidalariga muvofiq yozishlari lozimligini uqtiradi. Masalan, «Diktantlar to‘plami»dagi «Qurbaqa» matni Andijon shevasida quyidagicha aytib berilishi mumkin:
Qurbaqa foydaliy jonivor. Kunduzi qurbaqa biror namraq joyda yotadi.
U kech kirgandagina ovga chiqib, turliy zararliy hasharotlarni tutub yeydi.
Bunday diktantlar chog‘ida o‘quvchilar bitta matndan besh-oltita so‘zni to‘g‘rilab yozishi natijasida muayyan darajada imloviy ko‘nik­maga ega bo‘lib boradilar. Mazkur diktant, ayniqsa, bayon va inshodan oldin o‘tkazilsa, bolalar shevaga oid xatolarga yo‘l qo‘ymay yozadilar. Diktant o‘tkazilishi davomida o‘qituvchi shoshilmasligi, chalg‘itadi­gan so‘zlarni to‘g‘rilamasligi darkor. Diktantni tekshirish o‘quvchilar bilan birga olib boriladi. Bunda matn doskaga ilinib yoki monitordan ko’rsatilsa, o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolarini o‘zlari topib tuzatadilar.
O‘zini «oqlayotgan» tajriba
Insho va bayonda, muallif gapi va ko‘chirma gaplarni yozishda o‘quvchilar tinish belgilarida xato qilishadi. Buni to‘g‘rilash uchun xatolar ustida ishlash soatlarini kutib o‘tirmaslik kerak. Muntazam ravishda turli mavzudagi matnlar asosida «Qayta kuzatish mashqi»ni o‘tkazib borish darkor. Buning uchun ikki kishining dialogi berilgan matnlarni o‘tganda, matnni o‘qib-o‘rganib bo‘lgach, o‘quvchilardan matnda qaysi mavzuga doir imlo belgilari borligini so‘rash kerak, shundan so‘ng o‘quvchilar dastlab daftarlariga muallif gapi va ko‘chirma gaplarni ajratib yozishadi, so‘ng esa imlo qoidasini yanada yaxshi o‘zlashtirish uchun undagi egalar o‘rniga boshqa kishilik olmoshlarini qo‘yib mustaqil yozishadi.
O‘quvchi­larida uchraydigan grafik va orfografik xatolarni tuzatishga xizmat qiluvchi «Rasmlar so‘zlaganda usulidan foydalanish mumkin.
O‘qituvchi monitorda yozilishi va aytilishi murakkab bo‘lgan narsa-buyumlar- ning rasmini ko‘rsatadi. O‘quvchilar esa ularning nomini daftarlariga to‘g‘ri yozishga harakat qilishadi. Rasmlarning barchasi ko‘rsatib va yozilib bo‘lingach, so‘zlarning to‘g‘ri yozilgan shakli monitorda navbat bilan namoyish etiladi. O‘quvchilar esa unga qarab o‘z xatolarini to‘g‘rilashadi. Mazkur usulni barcha so‘z turkumlariga moslashtirgan holda o‘tkazish mumkin.

Yüklə 39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə