1. Xato yozishdagi asosiy muammolar Grafik xatolarni tuzatish mashqlari: Xatolarni aniqlash



Yüklə 39 Kb.
səhifə2/4
tarix08.05.2023
ölçüsü39 Kb.
#109090
1   2   3   4
O\'quvchiilarda tipik orfografik xatolarni aniqlash reja Xato yoz

Mavzuga doir metodik yordam 
1.Suhbat o’tkazish
Xatolar ustida ishlash borasida ayrim imloviy mavzular ustida qayta suhbat o‘tkazish, analitik va sintaktik mashqlarni qaytadan tashkil etish maqsadga muvofiq. Kerakli usullarning qo‘llanilishi davomida o‘quvchilarning imloviy savodxonligi darajasi maxsus diktant matnlarini yozdirish bilan tekshirib boriladi. Natijada, tajriba o‘tkazilgan sinflarda qancha foiz ijobiy o‘zgarish yuz berishi aniqlanadi.
Pedagoglarga tavsiya qilingan usullar quyidagilardan iborat:

  1. Grafik xatolarni tuzatish mashqlari:

— kartochkaga harf elementlari tushirib qoldirilgan 8—10 tadan so‘z yozilib, o‘quvchilarga tarqatiladi. O‘quvchilar esa tushirib qoldirilgan harf elementlarini o‘z o‘rniga qo‘yib, daftarlariga ko‘chirib yozadilar;
— yana shunday kartochkalarga harf elementlarini noto‘g‘ri qo‘yib, o‘quvchilarga ularni to‘g‘rilab ko‘chirish vazifasi topshiriladi;
— doskada harflari tushirib yozilgan murakkab so‘zlar «Qaysi qator oldin yozadi?» ta’limiy o‘yini o‘tkazish orqali mustahkamlanadi.

  1. Orfografik xatolarni tuzatish mashqlari:

— o‘quvchilarga jarangli undosh bilan tugagan so‘zlarni jarangsiz undosh tarzida o‘qib, lug‘at diktanti o‘tkazish;
— tarkibida ketma-ket kelgan bir xil undoshli so‘zlarning yarmini aytib, qolganini o‘quvchi yozishini ta’minlaydigan lug‘at diktanti o‘tkazish. Masalan, al-alla, el-ellik, is-issiq, ar-arra kabi.

  1. So‘z va bosh harflarni tuzatish mashqi:

— so‘zlardagi xatolarni tuzatish uchun o‘quvchilarga shu so‘z ishtirokida gap yozdirish; kichik harf bilan yozilgan so‘zlarni esa ana shu so‘zning kichik va bosh harflar bilan yoziladigan shakllari misolida gaplar tuzish. Masalan,
O‘lkamizga bahor keldi. — Men Bahor ko‘chasida yashayman.
Ona — aziz inson. — Biznikiga Aziz keldi.
Sayyoh orolda qoldi. — O‘qituvchi Orol dengizi haqida gapirib berdi.


  1. Yüklə 39 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə