1. Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari



Yüklə 10,37 Kb.
səhifə3/3
tarix01.06.2023
ölçüsü10,37 Kb.
#114805
1   2   3
1. Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari-genderi.org

Xotira jarayonlari.
Xotira turlaridan tashqari ularning jarayonlari ham farqlanadi. Bo`lar esda olib qolish (mustahkamlash), esga tushirish ( aktuallashtirish, qayta tiklash), esda saqlash va unitish jarayonlaridir.Esda olib qolish natijasida yangi materialni oldin o`zlashtirilganlari bilan bog`lash orqali mustahkamlanadi. Esda olib qolish individ tajribasini yangi bilimlar bilan boyitishning zaruriy shartidir. Esda olib qolish tanlovchanlik xarakteriga ega. Eslab qolish quyidagilarga bog`liq:
Ixtiyorsiz esda olib qolishda material go`yoki "o`z-o`zidan" esda saqlanib qoladi. Bu nimaga bog`liq? O`tkazilgan tadqiqotlarning natijalari shuni ko`rsatadiki, ixtiyorsiz esda olib qolish quyidagi omillarga bog`liq:
- material faoliyatning asosiy maqsadining mazmuniga kirsa yaxshi esda qoladi. Agar material faoliyatni amalga oshirishning sharoitlariga, usullariga kirsa yaxshi esda saqlab qolinmaydi.
tfaol ravishda aqliy ishni yuzaga keltirgan material ixtiyorsiz ravishda yaxshi esda qoladi;
- muhim hayotiy ahamiyatga ega bo`lgan, bizda qiziqish va hissiyot tug`dirgan material.
Ixtiyoriy esda olib qolish maxsus mnemik harakatlar mahsulidir. Bunda nimani va qanday qilib eslab qolishni aniqlash katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari quyidagi omillarni ko`rsatish mumkin:
- esda olib qolishning motivi;
esda olib qolishning ratsional (oqilona) usullaridan foydalanish;
- tushunish, mantiqiy anglab esda olib qolish;
esda olib qolishning ratsional (oqilona) usullaridan foydalanish;
- tushunish, mantiqiy anglab esda olib qolish;
- o`rganilayotgan materialning rejasini tuzish;
- taqqoslash;
- tizimlashtirish va klassifikatsiya qilish;
- obrazli bog`lanishlarga keng suyanish;
- qayta esga tushirish;
- qismlarga bo`lib va yaxlit takrorlash kabilar
Qayta esga tushirish - ilgari esga olib kolingan materialni aktuallashtirish. Qayta esga tushirishning tanish, qayta esga tushirish va xotirlash kabi turlari farqlanadi.
Tanish - qandaydir ob`ektni qayta idrok qilish sharoitida uni qayta esga tushirish.
Qayta esga tushirish tanishdan shunisi bilan farq qiladiki, u qayta esga tushirilayotgan ob`ektni qayta idrok kilmay turib amalga oshiriladi.
Xotirlash - o`tmishdagi obrazlarimizni zamon va makonda lokallashtirilgan holda qayta esga tushirishdan iborat.
Unitish - esda olib qolingan materialni vaqtinchalik yoki butunlay qayta tiklay olmaslik.
E'tiboringiz uchun raxmat
BADALOVA. Zuxra
309-guruh
http://genderi.org
Yüklə 10,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə