1. Xufyona iqtisodiyotning kelib chiqishi sabablari


Iqtisodiy adabiyotlarda xufyona iqtisodiyotga turli ta’riflar berilgan



Yüklə 8,12 Mb.
səhifə2/4
tarix17.12.2023
ölçüsü8,12 Mb.
#149826
1   2   3   4
Институционал иктисодиёт 6 мавзу 2

Iqtisodiy adabiyotlarda xufyona iqtisodiyotga turli ta’riflar berilgan:

  • 1. Xufyona iqtisodiyot qonun asosida man qilingan faoliyat turlari deb ta’riflanadi.
  • 2. Xufyona iqtisodiyot iqtisodiy faoliyatning kuzatilmagan va yashirin faoliyat turi.
  • 3. Xufyona iqtisodiyot rasmiy statistikada u yoki bu sabablarga ko‘ra hisobga olinmagan har qanday iqtisodiy faoliyat bo‘lib, unda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar yalpi ichki mahsulot tarkibiga kiritilmaydi hamda soliqqa tortishdan chetda qoladi.
  • Xufyona iqtisodiyot sohasidagi faoliyat miqyosi va xarakterining o‘zgaruvchanlik chegaralari juda kengdir – jinoiy faoliyatdan (masalan, narkobiznesdan) olinadigan katta daromadlardan tortib, to tuzatilgan jo‘mrak uchun vodoprovodchi ustani bir shisha aroq bilan “mukofotlash”gacha jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
  • Xufyona iqtisodiyot amal qilishi davlat iqtisodiy xavfsizligiga potensial va real xavf, tahdid soladi. U normal iqtisodiy jarayonlarga, rasmiy iqtisodiyotda sodir bo‘ladigan daromadlarning shakllanishi va taqsimlanishi, xalqaro savdo, investitsiyalash, iqtisodiy o‘sish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi.

Iqtisodiy faoliyatni xufyona amalga oshirish, birinchi navbatda, qonun doirasidagi harakat bilan, ya’ni yuqori transaksiya xarajatlari bilan bog‘liq.

  • De Soto ushbu xarajatlarni «qonunga bo‘ysunish bahosi», deya ta’riflaydi:
  • – qonundan foydalanish xarajatlari (yuridik shaxsni ro‘yxatga olish, litsenziya olish, bankda hisobvaraqlar ochish, yuridik manzilga ega bo‘lish va boshqa rasmiyatchiliklarni bajarish xarajatlari);
  • – qonun doirasida faoliyatni davom ettirish zarurati bilan bog‘liq xarajatlar (soliqlarni to‘lash); mehnat munosabatlari sohasidaqonun talablarini bajarish (ish kunining uzunligi, eng kam ish haqi, ijtimoiy kafolatlar); oshkora sud tizimi doirasida nizolarni hal etishda sud xarajatlarini to‘lash.

Xufyona iqtisodiyotning vujudga kelish va rivojlanish sabablari va omillari xilma-xil bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:

1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə