1. Yagona reaktsiya orqali suvning bo'linishi Gibrid termokimyoviy tsikllar



Yüklə 195,18 Kb.
səhifə7/7
tarix25.05.2023
ölçüsü195,18 Kb.
#112727
1   2   3   4   5   6   7
1. Yagona reaktsiya orqali suvning bo\'linishi Gibrid termokimyov

Born-Gaber sikli
Kristall panjaraning energiyasi – gaz holidagi kation va anionlardan bir mol kristall modda hosil boʻlgandagi energiyaga teng boʻladi. Bu kattalikni eksperimental yoʻl bilan aniqlab boʻlmaydi. Ammo uni Born-Gaber sikli boʻyicha hisoblash mumkin. Masalan:
+ =NaClqattiq+E

Naqattiq+0,5Cl2 gaz=NaClqattiq -414,2 kJ
Nagaz=Naqattiq-108,8 kJ
Na + =Nagaz-489,5 kJ
Clgaz=0,5Cl2 gaz-242,7∙0,5 kJ
Cl =Clgaz+ +369,2 kJ

Na +Cl =NaClgazE


Bundan
E=∆H -∆H -∆dissH -EM–IP=-414,2–108,8–0,5∙242,7–(-368,2)-489,5=-765,6 kJ/mol.
Ion bogʻlanishli qattiq moddalarning kristall panjara energiyasini hisoblashning bu metodi nemis olimlari Maks Born (1882-1970) va Frits Gaber (1868-1934) lar tomonidan ishlab chiqilgan.
Biologik sistemalarda turli xil jarayonlar sodir boʻlishi uchun albatta energiya zarur boʻladi. Bu energiya glyukozaning oksidlanishi natijasida ajralib chiqadi (ekzotermik jarayon):
C6H12O6+6O2+6CO2+6H2O; ∆H+ -2800 kJ
Leysin-glitsin (Ley-Gly) ning hosil boʻlishida esa energiya yutiladi (endotermik prosess):
Ley+Gly=Ley-Gly+H2O; ∆H=+ 25 kJ


Mavzuga oid masala va mashqlar
1. Quyidagi termokimyoviy reaksiya tenglamasidan foydalanib, 112 m3(n.sh.) metan yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdorini toping.
CH4+2O2=CO2+2H2O; ∆H=-890kJ
Yechish: Reaksiya tenglamasini yozib, proporsiya tuzamiz:
CH4+2O2=CO2+2H2O reaksiya tenglamasi boʻyicha 1mol (22,4 l) metan yonganda 890 kJ issiqlik ajralib chiqadi, demak,

2. 1,12 l atsetilen yonganda 67,5 kJ issiqlik ajralib chiqadi. Atsetilenning yonish reaksiyasi tenglamasini tuzing va reaksiyaning issiqlik effektini hisoblang: J: -2700kJ.
3. C+O2=CO2; ∆H=- 393,5kJ reaksiya uchun 1,2 g koʻmir olingan boʻlsa, reaksiyaning issiqlik effektini toping. J: 39,35 kJ.
4. 30,4 g magniy yonganda 7,65∙102 kJ issiqlik ajralib chiqqan boʻlsa, magniy oksidining hosil boʻlish entalpiyasini hisoblang. J: - 603,95 kJ /mol.
5. TeO2(k) uchun = - 321,7 kJ /mol ga teng boʻlsa, 1 g tellur yonganda qancha issiqlik ajralib chiqishini hisoblang. J: 2,5 kJ.
6. Agar -986,2; ; -285,84 ma’lum boʻlsa,100 kg soʻndirilmagan ohak soʻndirilganda qancha issiqlik ajralib chiqishini hisoblang.
Yechish: ∆H0=∆H kJ/mol.

7. NaHq+H2O=NaOHerit+H2gaz reaksiyaning issiqlik effektini hisoblang.
kJ /mol; kJ /mol;
∆H = 285,84 kJ/mol. J: -126,69 kJ /mol.
8. Fe2O3 alyuminiy bilan qaytarilganda 213,37 kJ issiqlik ajralib chiqqan va bunda 25,49 g Al2O3 hosil boʻlgan. Fe2O3 ning hosil boʻlish issiqligi -816,72 kJ/mol ga tengligi ma’lum. Alyuminiy oksidining hosil boʻlish issiqligini toping. J: -1670,5 kJ.
9. Benzolning yonish reaksiyasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
C6H6+7,5O2=6CO2+3H2O - 3272,4 kJ.
CO2 ning hosil boʻlish issiqligi -393,9 kJ va H2O ning hosil boʻlish issiqligi -286,6 kJ ga tengligi ma’lum boʻlsa, benzolning hosil boʻlish issiqligini aniqlang. J: 49,2 kJ.
10. 1 mol atsetilen yondirilganda 1300 kJ issiqlik ajralib chiqdi. Agar CO2 (g) ning standart hosil boʻlish issiqligi 393,5 kJ /mol, suvniki 286 kJ /mol boʻlsa atsetilenning hosil boʻlish issiqligini toping.
Yechish: C2H2(g)+5/2O2(g)=2CO2(g)+H2O+1300 kJ
∆H= - dan -1300=393,5∙2+286 - dan
∆H=227 kJ/mol. ∆H=-Q dan Q=-227 kJ/mol.
11. HF hosil boʻlish issiqligi ∆H0=-268 kJ/mol. Agar H2 va F2 molekulalarining bogʻ energiyalari mos ravishda 436 va 159 kJ / mol ga teng boʻlsa, HF molekulasining bogʻ energiyasini hisoblang. J: 565,5 kJ/ mol.
12. Standart sharoitda oq fosforning toʻliq yonish issiqligi 760,1 kJ / mol , qora fosforning toʻliq yonish issiqligi esa 722,1 kJ / mol ga teng. Standart sharoitda qora fosforning oq fosforga aylanish issiqligini hisoblang. J: -38 kJ / mol.
Yechish: Pqora+5/4O2= P2O5 +722,1 kJ / mol
Pqora↔Poq+Q
Poq+ O2= P2O5+760,1 kJ /mol
Gess qonuni boʻyicha 722,1=Q+760,1 dan Q=-38 kJ / mol.
13. Vodorod va metandan iborat 11,2 l (n.sh) aralashma yondirilganda 290 kJ issiqlik ajralgan. Termokimyoviy tenglamalar asosida aralashmadagi metanning miqdorini (mol) hisoblang.
2H2+O2=2H2O+500 kJ. CH4+2O2=CO2+2H2O+800 kJ. J: 0,3.
14. CH4 va H2 dan iborat 22,4 l (n.sh) aralashma yondirilganda 580 kJ issiqlik ajralgan. Termokimyoviy tenglamalar asosida aralashmadagi vodorodning hajmiy ulushini (%) hisoblang.
2H2+O2=2H2O+500 kJ. CH4+2O2=CO2+2H2O+800 kJ. J:40.
15. Metan va vodoroddan iborat 44,8 l (n.sh) aralashma yondirilganda 1160 kJ issiqlik ajralgan. Termokimyoviy tenglamalar asosida boshlangʻich aralashmadagi gazlarning mol nisbatini hisoblang.
2H2+O2=2H2O+500 kJ. CH4+2O2=CO2+2H2O+800 kJ. J: 1:1,5.
16. Etin va etendan iborat 17,92 l (n.sh) aralashma yondirilganda 1100kJ issiqlik ajralgan. Termokimyoviy tenglamalar asosida boshlangʻich aralashmadagi atsetilenning miqdorini (mol) hisoblang.
C2H2+2,5O2=2CO2+H2O+1300 kJ.
C2H4+3O2=2CO2+2H2O+1400kJ J: 0,2.
17. Etilen va etindan iborat 26,88 l (n.sh) aralashma yondirilganda 1640 kJ issiqlik ajralgan. Termokimyoviy tenglamalar asosida boshlangʻich aralashmadagi gazlarning hajmiy nisbatini hisoblang.
C2H2+2,5O2=2CO2+H2O+1300 kJ.
C2H4+3O2=2CO2+2H2O+1400kJ J:1:2.
18. Reaksiyaning issiqlik effekti tenglamasi asosida 0,5 mol propanolning toʻla yonishidan hosil boʻlgan issiqlik hisobiga necha gramm qaynash temperaturasida turgan suvni bugʻlatish mumkin?
CH3CH2CH2OH(s)+4,5O2(g)=3CO2(g)+4H2O(s)+2000 kJ .
H2O(s)=H2O(g)+40 kJ /mol. J: 450.
19. Reaksiyaning issiqlik effekti tenglamasi asosida 90 g izopropanolning toʻla yonishidan hosil boʻlgan issiqlik hisobiga necha mol qaynash temperaturasida turgan suvni bugʻlatish mumkin?
CH3CH(OH) CH3(s)+4,5O2(g)=3CO2(g)+4H2O(s)+2000 kJ .
H2O(s)=H2O(g)-40 kJ/mol. J: 75.
20. Standart sharoitda grafitni toʻliq xlorlash reaksiyasining issiqligi 103,3 kJ/mol, olmosni toʻliq xlorlash reaksiyasining issiqligi esa 105,6 kJ/mol ga teng. Standart sharoitda grafitning olmosga aylanish issiqligini toping. J: -2,3 kJ/mol.
21. Vodorod olish uchun qizdirilgan suv bugʻlarining uglerod bilan reaksiyasidan foydalaniladi. Bu reaksiya uchun zarur boʻlgan issiqlik uglerodni yoqib olinadi. 10 g vodorod olish uchun necha gramm uglerod kerak boʻladi. CO2, CO va H2O larning hosil boʻlish issiqliklari mos ravishda 394; 111 va 242 kJ/molga teng.
Yechish: reaksiya tenglamasini yozamiz:
C+H2O→CO+H2+Q1
Reaksiyaning issiqlik effekti Q=111-242=-131 kJ/mol. 5 mol vodorod olishda 131∙5=655 kJ issiqlik yutiladi va 5 mol (60g) uglerod sarflanadi.
C+O2=CO2+394 kJ/mol.
655 kJ ni qoplash uchun 655∙12/394 = 19,95g uglerod kerak boʻladi. Hammasi boʻlib, m(C)=60+19,95=79,95 g uglerod kerak. J: 79,95 g C.
22. Mis olish uchun CuO+C reaksiyasidan foydalaniladi. Bu reaksiya uchun zarur issiqlik, uglerodning yonishi hisobiga ta’minlanadi. 127 g Cu olish uchun zarur boʻlgan uglerodning massasini aniqlang. CO2, CO va CuO larning hosil boʻlish issiqliklari mos ravishda 394, 111 va 162 kJ/mol ga teng.J: 27,11 g uglerod.
23. Qoʻrgʻoshin olish uchun qoʻrgʻoshin (II) oksid bilan uglerod orasidagi reaksiya ishlatiladi. Bu reaksiya uchun zarur boʻlgan issiqlik uglerodni yoqish natijasida hosil boʻlgan issiqlik hisobiga qoplanadi. 103,5 g qoʻrgʻoshin olish uchun necha gramm uglerod talab etiladi. CO2; CO va PbO larning hosil boʻlish issiqliklari mos ravishda 394, 111 va 218 kJ/molga teng.J: 7,63 g C.
24. 24 g uglerod moʻl miqdor kislorodda yondirilganda 787,6 kJ issiqlik 36,7 l CO (250C va 101,3 kPa da) yondirilganda 424,8 kJ issiqlik ajralib chiqadi. CO ning hosil boʻlish issiqligini aniqlang.
Yechish:
C+O2=CO2+Q; CO+ O2=CO+Q.
Masala shartiga koʻra nC= 2 mol. Bundan 1 mol uglerod yonganida Q=787,6/2=393,8 kJ/mol issiqlik ajralib chiqishi kelib chiqadi. CO ning miqdori = = =1,5 mol. 1 mol CO yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori Q= =283,2 kJ/mol kelib chiqadi. Gess qonuniga koʻra Qhosil boʻlish CO=Q1–Q2=393,8–283,2=110,6 kJ/mol. J: 110,6 kJ/mol.
25. 70 g diboran B2H6 yondirilganda 5089 kJ issiqlik ajralib chiqadi. Agar B2O3 va H2O larning hosil boʻlish issiqliklari mos ravishda 1273,5 va 285,8 kJ /mol ga teng boʻlsa, diboranning hosil boʻlish issiqligini aniqlang.
Yechish: B2H6+3O2→B2O3+3H2O+Q; masala shartidan = =2,5 mol; demak, 1 mol B2H6 yonganda Q= =2035,6 kJ issiqlik ajralib chiqadi. Gess qonuniga koʻra 2035,6=1273,5+3∙285,8–x dan x=95,3 kJ/mol.
26. C2H2, CO2 va H2O larning hosil boʻlish issiqliklari-226,7, 393,5 va 285,8kJ/mol ga teng. 41,6 g atsetilen yonganda qancha issiqlik ajralib chiqadi? J: 2079,2 kJ.
27. CO2 ning hosil boʻlish issiqligi 393,5 va suvning hosil boʻlishi issiqligi 285,8 kJ/mol boʻlsa, 35,84 l C2H2 yonganda 2079,2 kJ issiqlik ajralib chiqsa, atsetilenning hosil boʻlish issiqligini aniqlang. J: -226,7 kJ/mol.
28. Agar reaksiya natijasida 48 g kislorod hosil boʻlgan boʻlsa, kaliy dixromatni parchalash uchun qancha issiqlik kerak boʻladi? K2Cr2O7, K2CrO4 va Cr2O3 larning hosil boʻlish issiqliklari mos ravishda 2063; 1398 va 1141 kJ/molga teng.
Yechish: 4K2Cr2O7 4K2CrO4+2Cr2O3+3O2↑+Q;
Gess qonuniga koʻra:
Q=4Qh.b(K2CrO4)+2Qh.b(Cr2O3)–4Qh.b(K2Cr2O7)=4∙1398+2∙1141–4∙2063=-378 kJ.
96g O2 ------378 kJ
48g O2------X X=189 kJ. J: 189 kJ.
29. Agar reaksiya natijasida 9,6 g O2 hosil boʻlsa, kaliy xloratni parchalash uchun qancha issiqlik talab etiladi? KClO3 va KCl larning hosil boʻlish issiqliklari mos ravishda 391 va 457 kJ/mol. J: 13,2 kJ.
30. Agar reaksiya natijasida 5,6 g azot ajralib chiqqan boʻlsa, ammoniy bixromatni parchalash uchun qancha issiqlik talab etiladi? ((NH4)2Cr2O7, Cr2O3 va H2O larning hosil boʻlish issiqliklari mos ravishda 1808; 1141 va 286 kJ/mol. J: 95,4 kJ.
31. Etan kislota kislorodda yondirilganda 235,9 kJ issiqlik ajralib chiqqan va 10 l O2 (P=104,1 kPa va 400C da) ortib qolgan. Agar CO2 ning, suv bugʻlarining va etan kislotaning hosil boʻlish issiqligi mos ravishda 393,5 kJ/mol, 241,8 kJ/mol va 484,2 kJ/mol ga teng boʻlsa, boshlangʻich aralashmadagi komponentlarning massa ulushlarini hisoblang. J: 36% CH3COOH va 64% O2
Yechish: CH3COOH+2O2=2CO2+2H2O+Q
Gess qonuni boʻyicha:
Q=2Qh.b(CO2)+2Qh.b(H2O)–Qh.b(CH3COOH)=2∙393,5+2∙241,8-484,2=786,4
Demak,1 mol sirka kislota yonganda 786,4 kJ/mol issiqlik ajralib chiqadi, masala sharti boʻyicha 235,9 kJ issiqlik ajralib chiqqan. Demak (235,9 /786,4) 0,3 mol sirka kislota reaksiyaga kirishgan. Reaksiya tenglamasi boʻyicha 0,3 mol kislota bilan 0,6 mol O2 reaksiyaga kirishadi. Ortib qolgan O2 ning miqdori esa ( ) 0,4 molga teng. Demak boshlangʻich aralashma tarkibida 1 mol yoki (0,3∙60) 18 g kislota va 1 mol yoki 32 g O2 boʻlgan. Boshlangʻich aralashmada kislotaning massa ulushi 36% ga teng.
32. Etanol bugʻlarini kislorodda yoqqanda 494,2 kJ issiqlik ajralib chiqdi va 19,2 l kislorod (101,3 kPa va 270C da) ortib qoldi. Agar karbonat angidridning hosil boʻlish issiqligi 393,5 kJ/mol, suv bugʻlariniki 241,8 kJ/mol, va etanol bugʻlariniki 277,0 kJ/mol ga teng boʻlsa, boshlangʻich aralashmadagi komponentlarning massa ulushlarini aniqlang. J: 22,5% C2H5OH va 77,5 % O2.
33. Etilatsetat bugʻlari kislorodda yondirilganda 410,9 kJ issiqlik ajralib chiqqan va 12,2 l kislorod (105 kPa va 35,30C da ) ortib qolgan. Agar CO2 ning hosil boʻlish issiqligi 393,5 kJ/mol suv bugʻlariniki 241,8 kJ/mol va etilatsetat bugʻlariniki 486,6 kJ/mol ga teng boʻlsa, boshlangʻich aralashmadagi komponentlarning massa ulushini aniqlang. J: 26,8% CH3COOC2H5 va 73,2 % O2.
Yüklə 195,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə