1. Yagona reaktsiya orqali suvning bo'linishi Gibrid termokimyoviy tsikllar



Yüklə 195,18 Kb.
səhifə6/7
tarix25.05.2023
ölçüsü195,18 Kb.
#112727
1   2   3   4   5   6   7
1. Yagona reaktsiya orqali suvning bo\'linishi Gibrid termokimyov

Termokimyo qonunlari. Barcha termodinamik hisoblar termokimyo qonunlariga asoslangan. Termokimyoga oid ikkita qonun kashf etilgan bo'lib, birinchisi Lavuazye–Laplas qonuni va ikkinchisi Gess qonunidir. Bu qonunlar energiyaning saqlanish qonunidan kelib chiqadi.
Lavuaze–Laplas qonuni. Bu qonun fransuz olimlari Antuan Lavuaze (1743-1794) va P’er-Simon Laplas (1749-1827) ning 1779-1784 yillardagi hamkorlikdagi ishlari natijasida ochilgan. 1784 yilda Lavuazye va Laplas kashf etgan birinchi qonun quyidagicha ta’riflanadi:Moddaning oddiy moddalarga parchalanish (ajralish) issiqligi ushbu moddaning oddiy moddalardan hosil boʻlish issiqligiga son jihatdan teng, ammo ishora jihatdan qarama-qarshidir.
Masalan; С+2Н2СН4+74,9 kJ
СН4С+2Н2 74,9 kJ
Gess qonuni. Termokimyoning ikkinchi qonuni 1840 yilda rus kimyogari G.I.Gess (1802-1850) tomonidan kashf etilgan.Gess qonuni quyidagicha ta’riflanadi: Reaksiyaning issiqlik effekti sistemaning boshlangʻich va oxirgi holatlariga bogʻliq boʻlib, jarayonning borish yoʻliga bogʻliq emas.
Masalan; CO2 ni ikki usulda hosil qilinsin.
Birinchi usul quyidagi ikki bosqichdan iborat bo'lsin:
a) C12O2CO110,5 kJ
b) C12O2CO2283 kJ
jami: 393,5 kJ
Ikkinchi usulda reaksiyani bosqichsiz (bir yula) olib borilsin.
CO2CO2393,5 kJ
Demak, har ikki usulda CO2 ning hosil boʻlishi issiqlik effekti 393,5 kJ ga teng.
Termodinamika nuqtai-nazardan kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti uning entalpiyasi H deb yuritiladi va u issiqlik effektiga teskari ishoralidir.
H  -Q H  -393,5 kJ
Gess qonunidan quyidagi xulosa kelib chiqadi: kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti mahsulotlarning hosil boʻlish issiqliklari yigʻindisi bilan boshlangʻich moddalarning hosil boʻlish issiqliklari yigʻindisi orasidagi ayirmaga teng.




Yüklə 195,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə