6. Fotoeffekt va uning qonunlari. Fotonlar energiyasi va impulsi. Kompton effekti. Yorug`likning bosimi. Yorug`likning issiqlik va ximiyaviy ta’siri. Fotolyuminestsentsiya, fluorestsentsiya va fosforestsentsiya



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix12.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#86840
  1   2   3   4
6-maruza. f6758d8e8f383b57f912a26c51a953e7



6. Fotoeffekt va uning qonunlari. Fotonlar energiyasi va impulsi. 

Kompton effekti. Yorug`likning bosimi. Yorug`likning issiqlik  va 

ximiyaviy ta’siri. Fotolyuminestsentsiya, fluorestsentsiya va 

fosforestsentsiya. 

Reja: 


1.

 

Fotoeffekt va uning qonunlari 



2.

 

Fotonlar energiyasi va impulsi



 

3.

 



Kompton effekti. Yorug`likning bosimi

 

4.



 

Yorug`likning issiqlik  va ximiyaviy ta’siri

 

5.

 



Fotolyuminestsentsiya, fluorestsentsiya va fosforestsentsiya

 

 



Anod  nurlari. 

Katod  nurlari  elektronlar  oqimidan  iborat  ekanligini  bizga 

ma’lum. Xo’sh, bu elektronlar qayerdan chiqadi, degan savol o’z-o’zidan tug’ilishi 

muqarrar. Tabiiyki, ular trubka ichida kam miqdorda  bo’lsa ham mavjud bo’lgan 

gaz  atomlari    deb  faraz  qilish  mumkin.  Lekin  barcha  jismlar  atomlari  neytral 

hisoblanadiku.  Demak,  atomdan  bitta  yoki  bir  necha  manfiy  zaryadlangan 

elektronlar uchib chiqadi deb hisoblasak, atomning qolgan qismi musbat zaryadga 

ega bo’lib qoladi.  

Agar  razryadli  trubkada  elektronlar  katod 

(-)  dan  anod  (+)  tomon  harakat  qilsa, 

musbat  zaryadlangan  atom  qoldiqlari 

teskari  tomon  –  anoddan  katodga  tomon  

harakat qilmog’i lozim bo’ladi.  

Bunday 


musbat 

zarralarning 

mavjud 

bo’lishligi 

1896 

yilda 


Goldshteyn 

tajribalarida tasdiqlandi va ular anod nurlari deb ataldi. 

Anod nurlari trubka shishasiga tushib, katod nurlari  

singari, shishaning shu’lalanishini hosil qiladi. Kuchli magnit yoki elektr maydoni 

ta’sirida anod nurlari ham o’z yo’nalishidan chetlansada, lekin bu chetlanish katod 

nurlari  chetlanishiga  nisbatan  kuchsizroq  bo’ladi.  Chetlanish  yo’nalishi  bo’yicha 

anod  nurlarini  tashkil  qilgan  zarralarning  musbat  zaryadlanganligini  bilish 

mumkin.    Bunday  musbat  zaryadlangan  zarralarning  massasi  katod  zarralari 

massalaridan bir necha marta katta bo’lar ekan. 

Katod va anod nurlarini tadqiq qilish atomlarning murakkab tuzilishidan va 

ularning  

manfiy elektronlardan va musbat qoldiqlardan iborat ekanligini ko’rsatdi.



 

1873  yilda    zaryadlangan    metallar  kuchli  qizdirilganda  o’z  zaryadini 

yo’qotishi  aniqlangan. Bu hodisa  havoda aniqlanganligi sabab qizdirilgan metall 



zaryadining  kamayishini  yuqori    temperatura  ta’sirida  metall  yaqinida  gaz 

ionlarining  hosil bo’lishi deb tushuntirildi. 

Shundan  10  yil  o’tgach,  amerikalik  ixtirochi  T.Edison  ko’mir  lampalari 

xossalarini  o’rganayotib,  yuqoridagi  hodisaning  havosiz  joyda-vakuumda  sodir 

bo’lganligini  kuzatadi.  Demak,  asbob  qayd  qilayotgan  manfiy  zaryadli  zarralar 

trubkadagi havo  – gaz  atomlari  bilan  mutlaqo    bog’liq  emas  ekan, chunki  Edison 

tajribasida  trubkada  vakuum  hosil  qilingan,  ya’ni  havo  molekulalari  mavjud 

bo’lmagan. 

Keyinchalik  Edison  tajribasi  Fleming,  Elster,  Teytellar  tomonidan 

takrorlanib, Edison effekti (tokning hosil bo’lishi) ga lampaning qizdirilgan metall 

ipidan chiqqan manfiy  elektr zarryadlari  sababchi ekanligini  tasdiqladi. 

1897  yili  Tomsonning  klassik  tajribalarida  qizdirilgan  metalldan  uchib 

chiqayotgan  manfiy  zarralar  massa  va  zaryadi  katod  zarralari  massa  va  zaryadi 

kattaligiga  to’liq  mos  ekanligi  aniqlangach,  manzara  to’laligicha  oydinlashdi. 

Yuqori temperaturada qizdirilgan har qanday metall sirtidan katta miqdorda uchib 

chiqayotgan manfiy zarralar bu elektronlar oqimi ekan. Edison tajribalarida xuddi 

shu elektronlar zanjirda tok hosil bo’lishiga sababchi bo’lgan. 

Qizdirilgan    jismlar  tomonidan  elektronlarning  chiqarilishi  hodisasi 

termoelektron  emissiya  deb  ataldi.  Tajriba  tasdiqladiki,  bu  hodisada  qizdirilgan 

metalldan  chiqayotgan  elektronlar  soni  temperatura  oshishi  bilan  keskin    oshar 

ekan,  shuningdek  berilgan  metall  sirtiga  boshqa  bir  metallning  yupqa  plyonkasi 

yopishtirilganda ham shunday elektronlar oshuvi kuzatilar ekan. 

Ko’plab  radioelektron  asboblarning  ishlashi  termoelektron  hodisaga 

asoslangan  bo’lib,  bu  hodisa  o’z  navbatida  moddalar  atomlari  tuzilishining 

murakkab ekanligini yana bir bor tasdiqladi.     


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə