6. Fotoeffekt va uning qonunlari. Fotonlar energiyasi va impulsi. Kompton effekti. Yorug`likning bosimi. Yorug`likning issiqlik va ximiyaviy ta’siri. Fotolyuminestsentsiya, fluorestsentsiya va fosforestsentsiya



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#159006
  1   2   3


6. Fotoeffekt va uning qonunlari. Fotonlar energiyasi va impulsi. 
Kompton effekti. Yorug`likning bosimi. Yorug`likning issiqlik va 
ximiyaviy ta’siri. Fotolyuminestsentsiya, fluorestsentsiya va 
fosforestsentsiya. 
Reja: 
1.
Fotoeffekt va uning qonunlari 
2.
Fotonlar energiyasi va impulsi
3.
Kompton effekti. Yorug`likning bosimi
4.
Yorug`likning issiqlik va ximiyaviy ta’siri
5.
Fotolyuminestsentsiya, fluorestsentsiya va fosforestsentsiya
Anod nurlari. 
Katod nurlari elektronlar oqimidan iborat ekanligini bizga 
ma’lum. Xo’sh, bu elektronlar qayerdan chiqadi, degan savol o’z-o’zidan tug’ilishi 
muqarrar. Tabiiyki, ular trubka ichida kam miqdorda bo’lsa ham mavjud bo’lgan 
gaz atomlari deb faraz qilish mumkin. Lekin barcha jismlar atomlari neytral 
hisoblanadiku. Demak, atomdan bitta yoki bir necha manfiy zaryadlangan 
elektronlar uchib chiqadi deb hisoblasak, atomning qolgan qismi musbat zaryadga 
ega bo’lib qoladi.
Agar razryadli trubkada elektronlar katod 
(-) dan anod (+) tomon harakat qilsa, 
musbat zaryadlangan atom qoldiqlari 
teskari tomon – anoddan katodga tomon
harakat qilmog’i lozim bo’ladi.
Bunday 
musbat 
zarralarning 
mavjud 
bo’lishligi 
1896 
yilda 
Goldshteyn 
tajribalarida tasdiqlandi va ular anod nurlari deb ataldi. 
Anod nurlari trubka shishasiga tushib, katod nurlari
singari, shishaning shu’lalanishini hosil qiladi. Kuchli magnit yoki elektr maydoni 
ta’sirida anod nurlari ham o’z yo’nalishidan chetlansada, lekin bu chetlanish katod 
nurlari chetlanishiga nisbatan kuchsizroq bo’ladi. Chetlanish yo’nalishi bo’yicha 
anod nurlarini tashkil qilgan zarralarning musbat zaryadlanganligini bilish 
mumkin. Bunday musbat zaryadlangan zarralarning massasi katod zarralari 
massalaridan bir necha marta katta bo’lar ekan. 
Katod va anod nurlarini tadqiq qilish atomlarning murakkab tuzilishidan va 
ularning
manfiy elektronlardan va musbat qoldiqlardan iborat ekanligini ko’rsatdi.
 
1873 yilda zaryadlangan metallar kuchli qizdirilganda o’z zaryadini 
yo’qotishi aniqlangan. Bu hodisa havoda aniqlanganligi sabab qizdirilgan metall 


zaryadining kamayishini yuqori temperatura ta’sirida metall yaqinida gaz 
ionlarining hosil bo’lishi deb tushuntirildi. 
Shundan 10 yil o’tgach, amerikalik ixtirochi T.Edison ko’mir lampalari 
xossalarini o’rganayotib, yuqoridagi hodisaning havosiz joyda-vakuumda sodir 
bo’lganligini kuzatadi. Demak, asbob qayd qilayotgan manfiy zaryadli zarralar 
trubkadagi havo – gaz atomlari bilan mutlaqo bog’liq emas ekan, chunki Edison 
tajribasida trubkada vakuum hosil qilingan, ya’ni havo molekulalari mavjud 
bo’lmagan. 
Keyinchalik Edison tajribasi Fleming, Elster, Teytellar tomonidan 
takrorlanib, Edison effekti (tokning hosil bo’lishi) ga lampaning qizdirilgan metall 
ipidan chiqqan manfiy elektr zarryadlari sababchi ekanligini tasdiqladi. 
1897 yili Tomsonning klassik tajribalarida qizdirilgan metalldan uchib 
chiqayotgan manfiy zarralar massa va zaryadi katod zarralari massa va zaryadi 
kattaligiga to’liq mos ekanligi aniqlangach, manzara to’laligicha oydinlashdi. 
Yuqori temperaturada qizdirilgan har qanday metall sirtidan katta miqdorda uchib 
chiqayotgan manfiy zarralar bu elektronlar oqimi ekan. Edison tajribalarida xuddi 
shu elektronlar zanjirda tok hosil bo’lishiga sababchi bo’lgan. 
Qizdirilgan jismlar tomonidan elektronlarning chiqarilishi hodisasi 
termoelektron emissiya deb ataldi. Tajriba tasdiqladiki, bu hodisada qizdirilgan 
metalldan chiqayotgan elektronlar soni temperatura oshishi bilan keskin oshar 
ekan, shuningdek berilgan metall sirtiga boshqa bir metallning yupqa plyonkasi 
yopishtirilganda ham shunday elektronlar oshuvi kuzatilar ekan. 
Ko’plab radioelektron asboblarning ishlashi termoelektron hodisaga 
asoslangan bo’lib, bu hodisa o’z navbatida moddalar atomlari tuzilishining 
murakkab ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə