Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig’imini aniqlash Ishning maqsadi



Yüklə 173,25 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü173,25 Kb.
#138244
  1   2
Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig


Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig’imini aniqlash


Ishning maqsadi
 Qizdirilgan mis, qo’rg’oshin va shishani sovuq suv bilan aralashtirish va aralashmaning temperaturasini o’lchash.
 Mis, qo’rg’oshin va shishaning issiqlik sig’imini aniqlash.
Kerakli asboblar va uskunalar: Dyuar idishi, Dyuar idishi g’ilofi, mis pitra, shisha pitra, qo’rg’oshin pitra, bir juft issiqlikka chidamli qo’lqop, O’quv laboratoriya torozisi 610 Tare, Termometr, -10° dan + 110 °C gacha, yoki NiCr-Ni tipli temperatura datchigi, Raqamli termometr, Bug’ generatori, 550 W/230 V, Ichki diametri 7 x 1.5 mm, 1 m bo’lgan silicon trubkalar, 0ч80 mm bo’lgan universal qisgichlar, distillangan suv
Nazariy ma’lumotlar
Jism qizishida yoki sovushida yutilgan yoki ajralgan issiqlik miqdori ΔQ temperaturaning o’zgarishiga ΔTva massaga m proporsional:
ΔQ = cmΔt (1)
Bu yerda proporsionallik koeffisiyenti c – jismning solishtirma issiqlik sig’imi deyiladi va uning qiymati materialning turiga bog’liq.
Mazkur tajribada pitra shaklidagi turli materiallarning solishtirma issiqlik sig’imi koeffisiyenti aniqlanadi.
Har bir hol uchun pitralar torozida tortiladi va t1 temperaturagacha qizdiriladi, keyin massasi torozida tortib aniqlangan t 2 temperaturali suv quyiladi. Yaxshi aralashgandan keyin issiqlik almashinuvi evaziga pitra bilan suv umumiy tm temperaturaga erishadi. Bunda pitradan ajralgan issiqlik miqdori
ΔQ1=c1 m1(t1-tm) (2)
(bu yerda m1 pitra massasi, c1- pitraning solishtirma issiqlik sig’imi) suv yutgan issiqlik miqdoriga ΔQ teng
ΔQ2=c2 m2 (tm –t2) (3)
bu yerda m – suv massasi.
Bu yerda suvning solishtirma issiqlik sig’imi c2 aniq ga teng, qattiq jism temperturasi esa bug’ temperaturasiga teng deb faraz qilinadi. Uning solishtirma issiqlik sig’imi c2 ning qiymati o’lchangan t2, tm , m2 va m1 ning qiymatlari bo’yicha quyidagi formula orqali hisoblanadi:
(4)
Kalorimetrning idishi ham pitradan ajralgan issiqlikning bir qismini yutadi. Demak, kalorimetrning issiqlik sig’imi quyidagiga teng bo’ladi
Cr =c mk (5)
Shunday qilib, kalorimetr idishining suv ekvivalenti mk hisoblashlarda hisobga olinadi. (3) formula bilan hisoblangan yutilgan issiqlikning miqdori ancha aniqroq hisoblanadi
ΔQ2=c2 (m2 +mk) (tm –t2) (6)
va uni hisobga olgan holdagi (4) formula quyidagi ko’rinishga keladi:


(7)

1-rasm. Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig’imini aniqlash uchun tajriba qurilmasi.



Yüklə 173,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə