1. Yengil atletika sport turin xakamlik paydo bo’lishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari



Yüklə 358,21 Kb.
səhifə7/16
tarix24.12.2023
ölçüsü358,21 Kb.
#160649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
1. Yengil atletika sport turin xakamlik paydo bo’lishi va rivojl

Bosh kotibning faoliyati
Bosh kotib musobaqaning bosh hakamiga bo‘ysunadi. Bosh kotibning majburiyalari:
- bosh kotibiyat a'zolari orasida vazifalarni taqsimlash va ularning ishini tashkil etish;
- shaxsiy va texnik talabnomalarning qabul qilinishini tashkil etish (ishtirokchilarni musobaqalarga kiritish hay’ati bilan hamkorlikda);
- qaydnomalarni tayyorlash va ularni barcha xizmatlarga tarqatish;
- alohida sport turlari bo'yicha kotiblar guruhlariga ko‘rsatmalar berish va ular faoliyatini nazorat qilish;
- shaxsiy va jamoaviy musobaqalar, shuningdek,, ko‘pkurashlar natijalarini chiqarish;
- rekord dalolatnomalari tuzilishining to‘g‘riligini ta’minlash va nazorat qilish;
- natijalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bosib chiqarish va nusxasini ko‘paytirishga rahbarlik qilish;
Startyor va uning yordamchilari
1. Startyorlar hay’ati tarkibiga kiradigan hakamlar startyor etib tayinlanishi mumkin.Asosiy startyorning eng muhim vazifasi – ishtirokchilarning ham start signaligacha yugurishni boshlab yubormaydigan tarzda start berishdan iborat, qo‘shimcha startyorlarning vazifasi — agar ishtirokchilar start qoidasini buzgan bo'lsalar va asosiy startyor ularni qaytarmagan bo‘lsa, to'xtash va joylariga qaytish uchun signal berishdan iborat.


Startyorning majburiyatlari:
- ishtirokchilarning kelganligini tekshirish, start bayonnomasiga qayd etish, keyin marradagi kotibga topshirish;
- startda mavjud jihozlarni tekshirish;
- startda ishtirokchilar egallagan holatning to‘g‘riIigini tekshirish;
- agar oldinroq qur’a tashlanmagan bo‘Isa, uni amalga oshirish.
Marradagi hakamlar
Marradagi hakamlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib yoki maxsus asbobuskunalar yordamida ishtirokchilarning marraga yetib kelish tartibini (ketma-ketligini) aniqlaydilar, o‘rta va uzoq masofalarga yugurishda davralar hisobini olib boradilar.Qisqa masofalarga yugurishda (400 m.gacha) hakamlar marraga yetib kelgan poyganing alohida qatnashchilariga orasidagi masofani marra chizig‘i oldidagi 5 metrlik belgi chegarasida aniqlaydilar, hakamlar varaqasini to‘ldirib, uni katta hakamga beradilar.

Yüklə 358,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə