1. Yumshoq o’yinchoqlar tayyorlash turlari


Qo`g`irchoq qo`lqop tayyorlash texnologiyasi



Yüklə 69,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix24.12.2023
ölçüsü69,64 Kb.
#160616
1   2   3   4   5   6
Lecture - 11

 
Qo`g`irchoq qo`lqop tayyorlash texnologiyasi. 
Ish uchun kerakli anjomlar: 

1 juft qo`lqop; 

to`g`nog`ich; 

igna va ip; 

qaychi 

paxmoq qiyqimi soch uchun; 

2 ta qora munchoq ko`zlar qorachig`i uchun; 

sintepon yoki paxta. 
 
 


2.
 
Yumshoq o’yinchoqlarning bola tarbiyasida axamiyati. 
 
To'g'ri tanlangan o'yinchoq - bu tarbiyaviy ahamiyati katta yo'l sanalib, 
bolani to'g'ri yo'lda tarbiyalashda ko'mak beradi. Ana shunday o'yinchoqni to'g'ri 
tanlash uchun har bir ota-ona bir necha savollarustida ozgina fikr yuritishlari 
lozim: 
Bolaga nechta o'yinchoq kerak? 
Uning yoshida qanday o'yinchoqlarni o'ynash lozim? 
Yangi o'yinchoqni bola nima qiladi? 
Oxirgi savol eng muhim sanalib, agar unga javob topsangiz qolgan 
ikkitasiga javob topish qiyinchilik tug'dirmaydi. O'yinchoq, mutaxassislarning tili 
bilanaytganda, funksional amal qilishi kerak. Faqat ko‟rish uchun mo'ljallangan 
o'yinchoqlaringiz 

befoydadir. 
Demak, 
bolaga 
chindan 
ham 

o'ynaydigano'yinchoqlar zarur ekan. 
Ikki yoshli bolajonga murakkab bo'lmagan, kattalarning harakatini 
eslatadigan o'yinchoqlar mos keladi. Bu masalan qiz bolalarga "qo'g'irchoq" -bola 
unga ovqat berishga urinadi, uxlatadi. Chunki bu harakatlar u uchun judatanishdir. 
O'g'il bola uchun misol tariqasida "yuk mashinasi"turidagi mashinalar, u bunday 
o'yinchoq yordamida turli kubiklarni, ilgariolingan o'yinchoqlarni bir joydan, 
boshqa joyga ortib olib boradi. Turli shaklchalar, ular yordamida bolalar qumda 
turli figuralarni yasaydilar. 
E'tibor bergan bo'lsangiz, ushbu o'yinchoqlar bilan ma'lum voqealar 
bog'langan. Va bular bolaning umumiy rivojiga nihoyat katta ijobiy ta'sir 
ko'rsatadi. Bolabunday harakatlarni amalga oshirar ekan, o'z kichik olamini 
yaratadi, u yerda o'z o'yinchoqlari bilan yashashga, ular haqida g'amxo'rlik 
qilishga qisman o'rganadi. Ikki-uch yoshlik bolalarning o'yinchoqlari ma'lum 
darajada katta hajmlarga ega bo'lishi, ortiqcha mayda-chuydalarsiz, oddiy 
tuzilishga ega bo'lishi lozim. Bu o'yinchoqlar haqiqiy qahramonlarning asl 
nushasiga o'xshashishari emas, izlanishlarga qaraganda bolalar bunday yoshda 
umumlashtirilgan, qandaydir o'xshatilgan o'yinchoqlarni yaxshiroq qabul etar 


ekanlar. Bu esa uning umumiy rivojlanishida, asl narsani nushadan ajratishga, u 
o'yinchoq ekanligini tezroq anglab olishda ko'maklashadi. Bu esa bola idrokining 
tez va to'g'rishakllanishida yaxshi taraflardan biri hisoblanadi. 
Uch-to'rt 
yoshli 
bolalar 
uchun 
bir 
yo'nalishga 
qaratilgan 
o'yinchoqlar,masalan - "vrachning maxsus asboblari", "sartaroshlik","oshxona 
anjomlari" va hokazo. Ushbu davrdagi bolalar katalarni o'xshatishda aynan mana 
shunday o'yinchoqlardan foydalanib, ularni taqlidi muvaffaqiyatli ekanligini, 
o'zlari ham bilmaydilar. Va buning uchun kerakli o'yinchoq asboblar va anjomlar 
zarur bo'ladi. 
Shunday o'yinchoqlar mavjud-ki, ular o'ynash bilan bir qatorda o'rgatuvchi 
taraflarga ham ega. Ikki-uch yoshli bolalar uchun bunday o'yinchoqlar nihoyat 
muhimdir. Bola uchun o'yinchoqning funkciyalari nihoyat qiziqarli tuyuladi va 
uuni juda uzoq vaqt davomida o'ynashiga olib keladi. Dumaloqlarni bir-biriga 
solish va qayta chiqarish, turli shakllar chiqariladigan kubiklarni qayta-qayta ichiga 
solib, yana chiqarish, turli shaklchalarga qum solish hamda to'kish va 
Bunday o'yinchoqlarni o'ynaganda bolaning harakatning bir maqsadga qaratilishi, 
avval qo'llar bilan shakllarni his etish, so'ng ko'zlar bilan uning shakli, rangi 
chamalash shakllanadi, o'zaro taraflari solishtiriladi. 
Kattaroq bolajonlarga aqliy o'yinchoqlarni to'g'ri tanlash nisbatan 
qiyinroqdir. Bola yangi o'yinchoqdan nimani o'rganadi, shu taraflarni yaxshilab 
o'ylab ko'ring. Masalan, agar biron bir narsani yasashni yaxshi ko'rsa, unda 
konstruksiya ko'rinishidagi o'yinchoqlarni taklif etib ko'rishingiz mumkin. 
Qiziqqon bolajonlarga hayolni bir joyga jamlaydigan o'yinchoqlarni xarid 
eting.Bu stol atrofida o'ynaydigan o'yinlar yoki konstrukciyalar bo'lishi 
mumkin.Agarda bolaga bunday o'yinchoqlar yoqmasa, uni zinhor majburlamang. 
Bolabaribir bola, u o'yinchoqdan zavqlanishi lozim. 
Bolaning sevimli o'yinchog'i bo'lishi - bu juda ham ijobiy holatdir. 
Anashunday bog'liqlikni, o'yinchoqlariga bo'lgan e'tibor va mehrnishakllantirishga 
harakat qiling. Bolani o'z o'yinchoqlarini avaylashigao'rgating. Singan va buzilgan 
o'yinchoqlarni bola bilan birgalikda tuzatishga harakat qiling. Ularni tashlab 


yuborgandan ko'ra, bolani yana bir qiziqarli mashg'ulotga jalb eting. Yangi 
qo'g'irchoq yoki mashina sotib olishga hali ko'pulgurasiz. Bolaga yangi 
o'yinchoqni faqatgina uning rivojlanishini boyitish maqsadiga aylantirishga harakat 
qilishingizni maslahat qilgan bo'lar edik. 
Yana bir muhim taraflardan biri bu - o'yinchoq,ayniqsa qo'g'ichoqlarning 
yuzlari, ma'lum hissiyotni aks ettirishlari lozim.Masalan: shodon chehrali yoki 
hafa, qayg'uli kayfiyatni aks ettiruvchiqo'g'irochoqlar. Imkon qadar umuman hissiz 
qo'g'irchoqni xarid etmang. Bola o'yinchoqning kayfiyatini anglab, u bilan o'ynash 
uchun turli holatlarni o'ylabtopadi. 
Bola unadi-o'sadi. Uning o'yinchoqlari ham yoshiga mos ravishda 
murakkablashib borishi lozim. Uch yoshlarda bolalar o'zlarini kattalarga 
o'xshatishni boshlaydilar. Ular o'zlari ona, shofer yoki doktor bo'lishga urinadilar. 
To'rt yoshlarga kelib esa, o'zaro rollar bilan almashadilar. Birgalikda o'ynash hissi 
shakllanadi. Bunday davrda qaysi o'yinchoqlarni tanlash kerak? O'yin syujetlarini 
va turli-tuman voqealarni o'ylab topish uchun mo'ljallangan o'yinchoqlar talab 
etiladi. Voqealarni to'qib chiqarish, kattalarga taqlid qilish, muhim ish bilan band 
insonlarni o'xshatishga ko'mak beradigan o'yinchoqlar o'rinli deb hisoblanadi. 
Bolalar uchun 10 ta rivojlantiruvchi o„yinchoqlar. 
Bola dunyoga kelgan kunidanoq turli o„yinchoqlar nafaqat uni xursand 
qilishga, balki u barkamol rivojlanishiga ham xizmat qiladi. Biz eng yosh bolalar 
uchun eng yaxshi o„yinchoqlar to„plamini tuzdik.
Osma shaqildoq, marjonlar, mobili 
0 dan 3 oylikkacha bo‘lgan bolalar uchun
Ko„rish va eshitish qobiliyatini rivojlantiradi, diqqatni bir joyga jamlashga 
o„rgatadi, shuningdek, ijtimoiy-ruhiy rivojlanishiga ko„maklashadi. Keyinroq bola 
ularga talpinishni boshlaydi, “qo„l-ko„z” harakatlarini boshqarishni o„rganadi. 



Yüklə 69,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə