1. Yumshoq o’yinchoqlar tayyorlash turlari



Yüklə 69,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix24.12.2023
ölçüsü69,64 Kb.
#160616
1   2   3   4   5   6
Lecture - 11

Ashyolar: 
Yumshoq o„yinchoq uchun iloji boricha yangi mato yoki avvaldan yuvib
dazmollangan satin, barqut, shtapil, paxmoq, chit, junli matolar bo‟lgani yaxshi. 
Hayvonlarni tayyorlovchi o„yinchoq uchun, tukli bamazey, sun‟iy va tabiiy jun 
matolaridan foydalaniladi. 
Tana yuz ko„rinishlarini tasvirlovchi qo„g„irchoq o„yinchoqlari uchun 
shifon, sun‟iy tolali shoyi matolar. Yuz uchun och pushti, och jigar rangli matodan 
olinadi. 
Kiyimlari uchun: rangli matolar;
Soch uchun: sun‟iy iplar, viskoza, qismlarni biriktirishda 1-2 mm yumshoq 
simlardan o„yinchoqlarni jixozlashda, har- xil tugmacha, biser, tasma, lentachalar, 
shnurlar hamda eskiz tayyorlash uchun plastilin zarur. O„yinchoq ichini paxta, 
trikotaj chiqindilari, averlo tikishdan, chiqqan qirindilar yog„ochdan chiqqan qipiq 
bilan to„ldirish mumkin. 
Yumshoq o„yinchoq tayyorlashga o„rgatish ishini nimadan boshlash kerak? 
Avvalo, katta tayyorlov guruh bolalarini igna ushlashdan igna to„g„nog„ichdan 
o„rinli foydalanishdan, so„ng eng oddiy chok turlarini tikishni o‟rgatish ko‟rsatish 
zarur. Chok turlarini o„rgatish uchun amaliy bir necha ish tavsiya etiladi. 
(Ro„molcha tikish, xaltacha, kitob uchun xatcho„p) bu esa bolalarni chok turlarni 
tikish malakasini egallashga sharoit yaratadi. Bolalar igna bilan ishlash malakasi 
hosil bo„lgandan so„ng, oddiy model tayyorlashga o„tiladi. Bolalar qo„lda tikish, 
kattaroq bolalar tikuv mashinada tikishlari uchun harakatlar ko„rsatiladi. 
Yumshoq o„yinchoq tayyorlash jarayoni quyidagi qisimlardan iborat: Mato 
tanlash, g„ijim bo„lak mato dazmollanishi oson, matoga andozani chizish, 
qismlarni bichish, tikish, ichini to„ldirish ustini jihozlash. 


Qo`g`irchoq kiyimi chizmasi va andozasini tayyorlash, matoga 
ko’chirish. 
Andoza kartondan tayyorlanadi. Bichishda mato ikkiga buklanadi, uning 
chap tomoniga andoza qo„yib, yaxshi uchli qalam bilan tayyorlanayotgan bo„lsa, 
andoza har bir bo„lak mato ustiga ipini qiyalab yo„nalgan tomoniga qo„yiladi. To„q 
mato bo„lsa, andoza oq yoki sariq rangli qalam bilan, och rangli mato bo„lsa qora 
rangli uchi yaxshi olingan qalamdan foydalaniladi. 
Chizib olingan mato har tomonidan 0,5 sm chok uchun qoldirib, qirqiladi, 
so„ng qo„lda yoki mashinada tikiladi. Burchaklari o„ng tomonidan chiqariladi. 
Tayyor tikilgan forma metal tayoqcha yordamida o„tmas tomoni bilan o„ngiga 
ag„dariladi. 
Agar o„yinchoq tabiiy jundan tayyorlanayotgan bo„lsa chok haqqi 
qoldiriladi, chetlari qalin ipda tikiladi. O„yinchoq titiluvchan mato (klenka, 
dermantin)dan bo„lsa chok haqi qodirilmaydi, o„yinchoq bichib bo„lgandan so„ng, 
ustki qismdan petlya choki bilan tikiladi. 
Hayvon va qushlarni tikish quyidagi qoida bo„yicha: avval tana va qorin 
qismlar bir-biriga tikiladi. Forma ikki yarmi tayyor bo„lgandan so„ng ularni birga 
tikiladi. 
Shakl o„ngiga ag„darilib, qismlar bir-biriga ko„rinmas chok bilan birlashtirib 
tikiladi. O„yinchoq ichi paxta yoki mayda mato qiyqimlari bilan to„ldiriladi oyoq 
qismlari 
esa 
tayoqcha 
yordamida to„ldiriladi. Texnik jarayoni bilan 
tanishtirilgandan so„ng o„yinchoq tayyorlashga o„tiladi. 
O„yinchoq tayyorlanishning qiyinlik bosqichiga qarab ikki guruhga 
ajratiladi. 
1-guruh
(kichik bolalar) engil to„ldiriladigan o„yinchoq (tovuq, matreshka 
qo„g„irchog„i, pingvin, o„rdakcha, kuchukcha, filcha, quyoncha, ayiqcha, 
xo„tikcha, jirafa pastki qismi tikilgan qo„g„irchoq). 



Yüklə 69,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə