11-mavzu. Bank tizimi. Pul-kredit siyosati. Reja


Depozitlarni majburiy zahiralash normasi



Yüklə 73,45 Kb.
səhifə2/4
tarix25.06.2022
ölçüsü73,45 Kb.
#90079
1   2   3   4
11-мавзу

Depozitlarni majburiy zahiralash normasi
Pul-kredit siyosati deganda, to‘liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o‘zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi.Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi.
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy o‘sish, to‘liq bandlikni, baholarning hamda to‘lov balansining barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Bu maqsadlarga erishish uchun milliy valutani muomaladagi pul massasi, foiz stavkasi va milliy valuta almashinuv kursining optimal kattaliklarini ta’minlab turish zarur bo‘ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy Bank qator vazifalardan foydalanadi.
Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko‘rsatiladi:

  1. Hisob stavkasi;

  2. Majburiy zahiralar normasi;

  3. Ochiq bozordagi operatsiyalar.

Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari korinishidagi pul massasiga yoki foiz stavkasiga tasir otkazadi, taklifini ozgartiradi va shular orqali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi.
Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan biri -majburiy bank zahira me’yorini o‘zgartirish siyosatidir. Majburiy zahiralar - bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Zahira normasi ikki asosiy funksiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo‘lgan zahiralarning eng quyi normasini o‘rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta’sir etadi. Bu me’yor qanchalik yuqori bo‘lsa, ortiqcha zahiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo‘li bilan «pullarni barpo etish» qobiliyati past bo‘ladi. Ilk majburiy zahira normalari AQSh da 1865 yilda joriy qilingan edi. Agar Markaziy bank majburiy bank zahirasini kamaytirsa, ortiqcha bank zahiralari ortadi, bu esa pul taklifining multiplikatsion ortishiga olib keladi. Masalan, ushbu me’yor 25 % bo‘lsa, unda bankka qo‘yilgan 800 so‘mdan 200 so‘m majburiy bank me’yorini tashkil etadi. Bunda bank faqat 600 so‘mni qarzga berishi mumkin bo‘ladi. Endi faraz qilaylik, me’yor 10 % ga tushiriladi, unda bank 720 so‘mni qarzga berish imkoniyatiga ega bo‘ladi va boshlang‘ich pul taklifini 720 so‘mga oshiradi.
Majburiy bank zahirasi me’yorini ko‘tarish yordamida pul taklifini kamaytiradi. Zero, bu banklarning ortiqcha bank zahiralari qisqarishiga olib keladi. Pul-kredit siyosatini o‘tkazishda bu vosita butun bank tizimining asoslariga ta’sir etadi. Turli mamlakatlarda qo‘llanilayotgan


majburiy zahira normalari turlichadir. Yuqori inflatsiya darajasi sharoitida Janubiy Koreyada bu norma -100 foiz bo‘lgan bo‘lsa, Italiyada -25 foizni, Yaponiyada bor yo‘g‘i -2.5 foizni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasida majburiy zahiralash normasi keyingi o‘n yil davomida sezilarli darajada kamaydi (12.1-jadval).
12.1-jadval
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining majburiy
zahiralash normasi77

Amal qilish sanasi

Muddatsiz va muddati 3 yilgacha bo‘lgan depozitlar bo‘yicha

3 yildan ortiq muddatli depozitlar bo‘yicha

Xorijiy
valutadagi
depozitlar
bo‘yicha

01.06.1996 y. Gacha

30%

10%

0%

01.06.1996 y. Dan

25%

10%

0%

01.12.1997 y. Dan

20%

10%

0%

01.03.2000 y. Dan

20%

20%

0%

04.07.2004 y. Dan

20%

20%

0%

01.02.2005 y. Dan

15%

15%

5%

01.09.2007 y. Dan

13 %

13 %

13 %

01.11.2008 y. Dan

15%

15%

15%

01.11.2009 y. Dan

1 yilgacha bo‘lgan dep.u-n.15 %, 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan depozitlar uchun 12%

10,5%

Miliiy valuta singari




Bunday pasayish pul multiplikator miqdorining kattalashishiga va albatta iqtisodiyotda pul taklifining ko‘payishiga olib keladi.Tijorat banklari ortiqcha rezervlarining ko‘payishi ularning aktiv operatsiyalarini
ko‘paytiriadi va bu iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan choralar doirasida 2018 yilning 1 oktabridan kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq:

  • majburiy rezervlarni tijorat banklar tomonidan jalb qilingan majburiyatlarning valyutasidan qat’iy nazar faqat milliy valyutada shakllantirish bo‘yicha tartib o‘rnatildi;

  • yuridik va jismoniy shaxslarning depozitlari bo‘yicha me’yorlari bir xillashtirildi;

  • yuridik shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari uchun majburiy rezervlar me’yorlari pasaytirilmoqdi;

  • chet el valyutasidagi depozitlar bo‘yicha majburiy rezervlar uchun nisbatan yuqori me’yorlar kiritildi.

12.2-jadval
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining majburiy zahiralash normasidagi so‘nggi o‘zgarishlar78

Majburiyat valyutasi

Muddati

Yangi
me’yorlar
(01.10.2018
yildan)

01.06.201,
01.10.2018

8 yildan - yilgacha


Yüklə 73,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə