11-mavzu. Keyns va keynschilik ta’limoti Keyns xayoti; Rossiya Kommunistlari tug’risida



Yüklə 49,08 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü49,08 Kb.
#144465
  1   2
11-mavzu


11-mavzu. Keyns va keynschilik ta’limoti

  1. Keyns xayoti; Rossiya Kommunistlari tug’risida.

  2. Depressiyada intellektual va insoniy xususiyatlar. Kembrij tsivilizatsiyasi

  3. J.M.Keyns. «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) asaridagi iqtisodiy g’oyalar.

  4. Bozor iqtisodiyotining kamchiliklari: ishsizlik va inflyatsiya.

  5. Iqtisodiyotni boshkarishda davlat aralashuvining zarurligi.

  6. Keyns g’oyalarining xozirgi davrdagi ahamiyati.

1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi sanoat jihatidan rivojlangan va past rivojlangan mamlakatlarga katta zarba berdi. Avvalgi (klassik, neklassik) ta’limotlar tadqiqotida mikroiqtisodiy tahlil (alohida korxona) asosiy o’rinni egallagan bo’lsa, inqiroz katta ishsizlik sharoitida boshqacha, makroiqtisodiy tahlil (davlat, jahon) ga zarurat tug’ulgan edi. Fanning bu sohasida hozirgi davrning taniqli iqtisodchisi J.M.Keyns muhim kashfiyotni yaratdi.


Xuddi shu davrda ijtimoiy iqtisodiyot masalarida munozara kuchaydi. Unda erkin xo’jalik faoliyati va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, trestlar va sindikatlar, protektsionizm va fritrederlik muomalalari ko’ndalang bo’lib turar edi. SHu davrdagi ilmiy tadqiqotlar muammosi hozirga davrda, hozirgi kunlarda ham nihoyat dolzarb, chunki davlat bozor iqtisodiyotini tartibga solishi kerakligi kerakmi-yo’qmi masalasi o’zul-kesil hal etilmagan. Bu borada ikki yo’nalish hukmron. Keyns ta’limotigi to’la asoslanuvchilar - keynschilar va unga qisman qo’shiluvchilar neoliberalllardir.
XX asrning birinchi yarmida iqtisodiy inqirozlarning damba-dam takrorlanishi tufayli ko’pgina «kapitalizmni tartibga solishga» oid iqtisodiy g’oyalar soni ko’paydi. Ana shunday yo’nalishning yorqin tarafdori bo’lib ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns (1884-1946) shuhrat qozondi.
Iqtisodchi, davlat arbobi bo’lgan Keyns Iton va Kembridj universitetlarida iqtisodiyot va matematikadan ta’lim oldi, A.Marshall qo’lida o’qidi (1902-1906, 1909-1915 yillarda o’qituvchilik qildi, 1920 yildan Kembridj universitetida professor, 1913-46 yillarda iqtisodiy jurnal muharriri bo’lib ishladi. 1909 yil «Indeks uslubi» iqtisodiy maqolasi, 1913 yilda uning birinchi asari - «Pul muomalasi va Hindiston moliyasi» kitobi chop etildi. 1919 yilda «Versal tinchlik shartnomasining iqtisodiy oqibatlari» nashr etilishi bilan u iqtisodchi sifatida ko’pchilikka tanildi.
Bu asarida u shartnomaga nisbatan bir qancha tanqidiy fikrlar bildirgan edi. Keyns 20-30 yillarda iqtisodiyotga oid bir nechta kitoblar yozdi («Ehtimollik to’g’risidagi risola» (1921), «Pul islohoti to’g’risida risola» (1923), «Mister CHerchelning iqtisodiy oqibatlari» (1925), «Erkin tadbirkorlikning intihosi» (1926), «Pul to’g’risidagi risola» (1930) va boshqalar), ammo unga mashhurlik keltirgan bosh asari - «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) kitobidir. 1940 yilda «Urush harajatlarini qanday qoplash mumkin» degan kitobi ham nashr etildi. Bu asarlardagi bosh masala kapitalizmni oqlash, uning inqirozlarsiz rivojini ta’minlashning abadiyligini isbotlashga o’rinishdir. Uning yaratgan nazariyasi iqtisodiyot ta’limotlari tarixida alohida o’rin egallaydi va bu o’ziga xos inqilob bo’lib, hozirgi davrda ham ahamiyatlidir. Keyns asosiy asarining boshidayoq klassik maktabga qarshi ekanligini bayon etdi.
Keyns ta’limotining asosiy va yangi g’oya shuki, bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi mukammal va o’z-o’zini avtomatik ravishda tartibga sola olmaydi. SHu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy o’sishni faqat davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi ta’minlay oladi. Bu ish davridagi amaliy iqtisodiyotdagi konkret ahvol bilan chambarchas bog’liq edi. Yetakchi olimlarning ta’kidlashicha (J.K. Gelbreyt, M.Blaug), firmalar, monopoliya va oligopoliyalar faoliyatidagi tengsizlik nisbatan kichik doiradagi odamlarning faoliyati bilan bog’liq, bu tengsizlik printsipida davlatning aralashuvi bilan to’zatilishi mumkin edi.
Aslida u iqtisodchi Alfred Marshallning - Kembridj maktabining davomchisidir, ammo yondoshuv boshqacha. Asosiy nazariy muammolar qiymat, kapital, ish haqi va boshqalar bo’yicha asoslanadi. Psixologik omillarning ustunligiga ishonadi va qiymatning mehnat nazariyasini, qo’shimcha qiymatni inkor etadi, uni ishlab chiqarish omillari kontseptsiyasi bilan almashtiradi. Keyns kapitalizm bozor iqtisodiy illatlarini to’g’rilash uchun davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi tarafdori bo’lib chiqdi. Vaholanki, avvalgi olimlar (klassik maktab) buni inkor etganlar va inqirozni tasodifiy voqea deb hisoblaganlar.
Avvalgi tadqiqotchilardan farqli ravishda «samarali talab»ni, ya’ni iste’mol va jamg’arishni birinchi o’ringa qo’yadi. Yuqorida qarab chiqilgan iqtisodiy ta’limotlardan biri - merkantilizimda davlatning iqtisodiyot (siyosat)ga aralashuvi talab etiladi, protektsionizm iqtisodiy siyosati shuni talab etadi. J.M.Keyns u yaratgan kontseptsiyaga merkantilistlarning ta’sirini imkor etmaydi. Ikkala ta’limotdagi umumiy g’oyalar quyidagilardan iborat:
Mamlakatda pul masalasini ko’paytirish uchun intilish (pulning qadrini biroz pasaytirish), va shunga muaofiq ssuda foizini kamaytirish va ishlab chiqarishga investitsiyalarni qo’yishni rag’batlantirish vositasi sifatida, baho (narx-navo)lar oshuvini qo’llash (savdo va ishlab chiqarishni rag’batlantirish usuli sifatida), pulning yetishmasligi ishsizlik sababi deb tan olinadi iqtisodiy siyosatning milliy (davlat) harakteriga ega ekanligi tushuniladi.
U tadqiqotning makroiqtisodiy uslubini, ya’ni makroiqtisodiy ko’rsatkichlar bo’lgan milliy daromad va jamg’armalar o’rtasidagi bog’lanish va nisbatlarni tadqiq qilish g’oyasini ilgari surdi. Bu tadqiqot usuli o’z davrida fiziokratlar (F.Kene, A.Tyurgo) K.Marks tomonidan qo’llanilgan Keynsgacha mikroiqtisodiy yondashuv, ya’ni alohida xo’jalik ob’ektlari bo’lgan firmalar iqtisodiyotini tahlil etish rasm bo’lgan edi. Firmaning rivoji millat mamlakat ravnaqi bilan bir deb qaralar edi. Asosiy e’tibor umumiy iqtisodiyotga emas, balki firmaga qaratilgan edi. Keyns ta’limoti iqtisodiy siyosat bilan chambarchas bog’liqdir. Agar Marks kapitalistik tizimning yemirilishini bashorat qilgan bo’lsa, Keyns kapitalizm muhandisi sifatida uni ta’mirlash yo’lini aniqlab berdi. Davlat tomonidan rag’batlantiraladigan talab «samarali talab» kontseptsiyasi ilgari suriladi.
Kapitalizmning bosh illatlari bu ishsizlik va inqirozlardir, Keyns bularning sabablarini sohibkorlar psixologiyasidan topishga intiladi. Inqirozlar kapitalistning qayfiyatiga qarab ro’y beradi, ya’ni optimizmdan pessimizmga o’tganda bo’ladi. Asosiy e’tibor «iste’molga moyillik» va «jamg’arishga moyillik»ka qaratiladi.
Keynsning umumiy bandlik nazariyasi quyidagilarga asoslanadi: Ish bilan bandlik ortishi tufayli milliy daromad va, demak, iste’mol ortadi, ammo iste’mol daromadga nisbatan sekinroq ortadi, chunki daromad ortishi bilan «jamg’arishga intilish» kuchayadi. Uningcha, asosiy psixologik qonun shundan iboratki, odamlar odatda daromadlar ortishi bilan iste’molni ham o’stiradi, ammo bu o’sish daromadlar darajasida bo’lmaydi. Oqibatda daromadlar o’sishi bilan jamg’arish ortadi va iste’mol nisbati kamayib boradi. Oxirida esa «samarali talab» kamayadi, talab shunday yo’l bilan ishlab chiqarish hajmlariga va bandlik darajasiga ta’sir etadi.
Iste’mol talabining yetarlicha o’smasligi yangi investitsiyalarga harajatlarning oshuvi yo’li bilan qoplanishi, ya’ni ishlab chiqarish iste’molining ishlab chiqarish vositalariga qarab oshuvi yo’li bilan qoplanishi mumkin. SHu sababli investitsiyalarning umumiy hajmi bandlik hajmini belgilashda hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Keynsning fikri bo’yicha investitsiyalar hajmi investitsiyalarga bo’lgan intilishga bog’liq. Sohibkor investitsiyalarni kapitalning «eng yuqori samaradorligi» foiz darajasigacha pasaygan paytgacha kengaytiradi (foyda normasi o’lchanadigan rentabellik). Kiyinchilik shundaki, kapitalning rentabelligi pasayadi, foiz darajasi esa mo’’tadil bo’ladi. Bu holat yangi investitsiyalar uchun imkoniyatni pasaytiradi, demak, bandlik o’sishi ham kamayadi. Kapital «eng yuqori samaradorligi»ning pasayishi kapital massasining o’sishi, shuningdek, kapitalist-tadbirkorlarning bo’lajak daromadlariga ishonchsizlikka «moyilligi» bilan tushuntiriladi. Keyns ta’limoti bo’yicha bandlikning umumiy hajmi uch omilga - «iste’molga moyillik», «eng yuqori samaradorlik» va foiz normasiga bog’liq.
Keyns ochgan «asosiy psixologik qonun» uningcha istalgan jamiyat uchun qo’llanilishi mumkin va iste’mol talabining kamomadi asriy tendentsiyaga ega hamda barcha uchun yagona iste’mol qonuni mavjuddir.
«Kapitalning eng yuqori samaradorligi», qo’shimcha kapital birligi tomonidan vujudga keltiriladigan bo’lajak foydaning shu birlikka ketgan ishlab chiqarish chiqimlariga nisbatidir. Keynsning fikricha daromad, foyda keltiradigan narsalar kapital hisoblanadi (boshqa omillarda ham shunday). Uningcha, kapital noyobligi, ya’ni cheklanganligi tufayli foyda keltiradi. Kapitalning ko’payishi borasida uning samaradorligi yoki foydaliligi kamayib boradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida va kapitalning tez jamlanishi tufayli bir avlod umri davomida «kapitalning eng yuqori samaradorligi» nolga tenglashishi mumkin, deydi u. Kapitalning samaradorligi psixologik omillarga bog’liq ekan, endi kapitalistning o’z korxonasining kelajagiga beradigan bahosi uning qayfiyatiga qarab o’zgaradi.
Keyns foizga alohida e’tibor beradi, uni pul qarzi uchun berilgan haq deb hisoblaydi. Foiz uningcha muomaladagi pul miqdoriga va «likvidlilik afzalligi»ga bog’liq (likvidlilik - pulga tez aylana olish, qadrlilik demakdir). Uning miqdori «likvidlilik afzalligi»ga to’g’ri va muomaladagi pul miqdoriga teskari proportsionaldir.
Keynsning fikricha, foiz normasi ma’lum davrga likvidlilikdan, ya’ni boylikning likvid, pul shaklidan voz kechish hisobiga beriladigan mukofotdir. Boylikning pul shakli eng harakatchan va qulaydir, shu sababli kapitalist doim o’z boyligini pul shaklida saqlashga va undan ajralmaslikka intiladi. Mana shu niyat, mana shu ishtiyoq Keyns tomonidan «likvidlilik afzalligi» deb ataladi. Bu kapitalist likvid shaklda saqlamoqchi bo’lgan resurslarning miqdori bilan o’lchanadi.
Keynsning umumiy nazariyasida investitsiyalarning umumiy bandlik hajmini aniqlashdagi asosiy roli to’g’risidagi tezis muhimdir. Ular iste’mol talabining yetarli emasligini to’ldirishi (kompensatsiyalash) kerak. Bunda ishlab chiqarishni kengaytirish masalasi iste’mol talabi oshuvidan alohida qaraladi. Investitsiyalarning ko’payishi ishlab chiqarishga qo’shimcha ishchilarni jalb etishga olib keladi, bu esa bandlik, milliy daromad va iste’mol o’suvini ta’minlaydi. Yangi investitsiyalar tufayli bandlikning dastlabki o’suvi yana qo’shimcha bandlikni vujudga keltiradi, chunki qo’shimcha ishchilarning talabini qondirish zarurati tug’iladi. Qo’shimcha bandlikning o’sish koeffitsientini Keyns multiplikator deb ataydi, u bir tomondan investitsiyalar o’sishi, ikkinchi tomondan bandlik va daromadlarning o’sishi o’rtasidagi nisbatni ko’rsatadi. Multiplikatorning formulasi

Yüklə 49,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə