11-mavzu. Keyns va keynschilik ta’limoti Keyns xayoti; Rossiya Kommunistlari tug’risida



Yüklə 49,08 Kb.
səhifə2/2
tarix11.12.2023
ölçüsü49,08 Kb.
#144465
1   2
11-mavzu

dYw
K = -----------------;
dJw
bunda K - multiplikator koeffitsienti, Yw - daromad o’sishi; Jw - investitsiya o’sishi. Multiplikator «iste’molga eng yuqori moyillik» bilan bog’liq, chunki u iste’molga ketgan sarflar o’sishining daromadlar o’sishiga nisbatini bildiradi. «Iste’molga eng yuqori moyillik» qancha yuqori bo’lsa, multiplikator ham shunchalik katta va demakki, bandlik yaxshi bo’ladi. Keyns bir qancha hisob-kitoblarga asoslanib, AQSHning multiplikatorini aniqladi, u 2.5 ga teng ekan. Bu daromadlar o’sishi investitsiyalar ortishidan 2.5 marta ortiq, degani, ya’ni 1 dollar investitsiya 2.5 dollar daromad keltiradi. Olim o’zining iqtisodiy dasto’rini ilgari suradi. Unga ko’ra Keyns kapitalistik jamiyatda ishsizlik va inqirozlarning muqarrarligini tan olmaydi. Ammo kapitalistik tizim mexanizmi bu voqealarni avtomatik ravishda hal etish imkoniyatiga ega emas. Hozirgi davrda shaxsiy tashabbus asosida yechiladigan masalalarni markazlashgan nazorat asosida hal qilish hayotiy zaruriyatga aylanmoqda. Bunda davlat soliq tizimi, foiz normasini qisman cheklash, ba’zi boshqa yo’llar bilan iste’molga moyillikni oshirishga yordam berishi kerak, deydi u.
Hozirgi davr tili bilan aytganda, Keynsning fikricha, bozor iqtisodiyotida talab va taklif avtomatik tarzda muvozanatga kelmaydi. O’z davrida J.B.Sey va biz yuqorida ko’rib chiqqan boshqa olimlar bu masalada yagona fikrda bo’lib, har qanday taklif o’z-o’zidan talabni yaratadi («Bozor qonunlari») degan edilar. Keyns «Sey qonuni»ga qarshi chiqadi, uni to’g’ri tanqid ostiga oladi.
Xususiy investitsiyalarni rag’batlantirish uchun foiz normasini tartibga solish taklif etiladi. Uningcha, davlat muomaladagi pul miqdorini oshirish yo’li bilan foiz darajasini tartibga solish imkoniyatiga ega. Muomaladagi pul miqdorini oshirish amalda inflyatsiya (pulning qadrsizlanishi)ni qo’llash demakdir, ammo bunda ssuda foizi kamayadi va pul ishlab chiqarishga quyish uchun rag’batlantiriladi.
To’la bandlikni ta’minlash uchun faqat investitsiyalarning emas, balki milliy daromadni ham tartibga solish taklif etiladi. Buni hal qilish vositasi sifatida soliqlarga murojaat qilish kerak deyiladi. Aholining «jamg’armalari»ni muomalaga kiritish maqsadida soliqlarni oshirish talab etiladi va bu omonatlar davlat investitsiyalarini oshirish uchun foydalanilishi mumkin deyiladi.
SHu vaqtning o’zida boylarning solig’ini oshirishga qarshilik qilinadi. Keyns o’z taklifini quyidagicha tushuntiradi: Mehnatkashlarning soliqlarini oshirishdan maqsad - ularning «jamg’armalari»ni kamaytirish va iste’molni rag’batlantirishdir. Real ish haqini pasaytirish uchun inflyatsiya asosida narx-navoni oshirish yo’li tavsiya etiladi. Real ish haqini pasaytirmasdan to’liq bandlikni ta’minlash mumkin emas, degan fikr ishchilarga uqtiriladi. Daromadlilikning pasayib borishi tufayli bandlikning birmuncha ortishi ilgari band bo’lganlarning real daromadlari qisqarishi bilan bog’liq. Keyns ishchilarga murojaat qilib, ish haqini oshirish uchun ko’rashish kerak emas, deydi, chunki bu jami real ish haqining ishchilarning turli guruhlari o’rtasida qayta taqsimlanishiga olib keladi, uning o’rtacha miqdori esa o’zgarmaydi. U ish haqini «o’zgartirmaslik» siyosatini o’tkazish va shu yo’l bilan narx-navo o’sishi sababli ish haqini oshirish talablarini yo’qqa chiqarishni taklif etadi. Uningcha, ishchilar real ish haqining pasayishiga chidashlari kerak, chunki shu yo’l bilan ishsizlikning oldi olinadi. Kapitalistlarga esa real ish haqini pasaytirishning ahamiyati tushuntiriladi. Keyns bundan tashqari nominal ish haqini pasaytirishga ham qarshi emas edi.
Ishsizlik va inqirozlarga qarshi ko’rash bahonasida unumsiz iste’molning barcha ko’rinishlari turli yo’llar bilan reklama qilinadi. Iqtisodiyotni harbiylashtirish bilan birga hukmron sinflarning parazitik iste’molini oshirish ana щunday yo’llar guruhiga kiritiladi.
Keynsni hozirgi davrda hammaga yaxshi tanish ibora bo’lgan «aralash iqtisodiyot»ning otasi deyish mumkin, bu iqtisodiyotda hukumat hal qiluvchi o’rinni egallaydi. Sof iqtisodiyot deyarli hech qaysi davlatda yo’q. Keynsning iqtisodiy g’oyalari birinchi navbatda «buyuk inqiroz» ta’siri ostida paydo bo’ldi. 1929-1933 yillardagi bu buyuk inqiroz Amerikani larzaga keltirdi, ishlab chiqarish yarmiga (50%)ga qisqardi. 17 mln odam ishsiz edi (25%), 9 mln omonatchi kuyib qoldi. Ana shunday sharoitda iqtisodiyotni qo’tqarishning muhim yo’li - hukumat harajatlari ekanligi ko’rsatib berildi. Keyns o’zining asosiy asarining birinchi satrlaridan boshlaboq «klassik iqtisodiy maktabga qarshi» ekanligini yozadi (ayniqsa davlatning iqtisodiyotga aralashuvi masalasida turli fikrlar mavjud).
Keyns yaratgan sifat jihatidan yangi ta’limotda o’sha davrda aosan shaxsiy xususiy tashabbusga berilgan masalalarni nazorat qilish uchun markazlashgan nazoratni yaratishni hayotiy zarurat ekanligi ko’rsatiladi.
Davlat iste’molga moyillikni oshirish uchun , qisman , mazkur soliqlar tizimi orqali, qisman foiz normasini belgilash va boshqa mumkin bo’lgan usullar yordamida o’z rahbarlik ta’sirini o’tkazishi kerak bo’ladi. chunki mavjud sistema (tizim) eng muhimi hozirda ishlayotganlar mehnatini taqsimlashda emas, balki bandlik hajmini aniqlashda yaroqsiz bo’lib qoldi, deb yozadi Keyns.
Albatta, to’la bandlikni ta’minlashga zarur bo’lgan markazlashgan nazorat muassasalari tufayli davlatning an’naviy funktsiyalarini ancha kengaytirishni talab etadi. Ammo shu bilan birga, shaxsiy tashabbus va ma’suliyatni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar ham doim mavjud bo’ladi, deb o’qtiradi u davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning samaradorligi davlat investitsiyalari uchun mablag’lar topish, aholini ish bilan to’la band qilish va foiz normasini qat’iy belgilashga bog’liq bo’ladi.Foiz stavkalari qanchalik past bo’lsa, bu investitsiyalarga rag’batni shunchalik oshiradi, investitsion talab oshadi, bandlik o’sadi, ishsizlik yo’qolib boradi.
Ishlab chiqarish omillari (kapital, mehnat, yer) qanchalik to’la jalb etilsa,amalda o’sib boruvchi boholarga ega bo’lamiz (pulning miqdoriy nazariyasi). Resurslar to’liq foydalanilmagan paydo boholarning mo’’tadilligi saqlanish mumkin .
Keyns nazariyasi bo’yicha massasini 2 marta oshirish boholarning 2marta oshuviga olib kelmaydi. Yetakchi iqtisodchilar fikricha, «Keynscha inqilob haqiqatda ro’y bergan».
J.M.Keyns g’oyalari uning izdoshlari tomonidan .davom ettirildi va uch oqimga ajraldi, biz oqimlarni keynschilik deb ataymiz.
Keyns ta’limoti ayniqsa AQSHda katta shuhrat qozondi. Garvard universiteti professorlari E.Xansen (1887-1975), S.Harris, J.M.Klarklarning asarlarida bu g’oyalar rivojlantirildi va dastlab yangi keynschilik, keyinroq esa ortodoksal keynschilik deb ataldi. Keyns qoidalari asosan to’liq qabul qilindi, ammo masalan, Xansen tomonidan stagnatsiya nazariyasi bilan to’ldirildi.
Xansenning fikricha, kapitalizm qiyinchiliklari uning ichki qarama-qarshiliklaridan emas, balki «tashqi impulslar»ning susayganligi tufaylidir. Davlat harajatlarini o’stirish uchun soliqlarni oshirish taklif etiladi, ularning fikricha ish haqining 25-30 foizi emas, balki 60 foizini soliq sifatida olish, shuningdek «me’yordagi inflyatsiya» ham taklif etiladi.
E.Xansen, J.M.Klark va boshqalar multiplikator kontseptsiyasini to’ldirdilar. Multiplikatorlar ta’siri keyingi qator davrlarda ham bo’ladi, ya’ni uni uzluksiz jarayon deb qaradilar.
Yangi keynschilar samarali talabdan ham yuqori keskin o’sishni tushuntirishga harakat qiladilar. Ular multiplikator printsipini akseleratsiya printsipi bilan to’ldirdilar. Bu printsipga ko’ra, aniq-tiniq sharoitlarda daromadlar o’sishi investitsiyalar o’sishiga olib kelishini ko’rsatuvchi koeffitsent (multiplikator tushunchasiga teskari). Multiplikator printsipiga ko’ra investitsiyaning qanday ishlatilishi juda muhim ahamiyatga ega emas, u ish bilan bandlikni ta’minlab, daromadni oshirishi kerak. Yangi keynschilar esa investitsiyaning qanday ishlatilishiga katta e’tibor berib, industrlashgan investitsiya tushunchasini kiritdilar. Akselerator investitsiya o’sishining daromad o’sishiga, ya’ni investitsiyadan keyingi va undan oldingi daromadlarning farqlari nisbati bilan aniqlanadi.
Yangi printsipning mohiyati shundaki, ba’zi bir asbob-uskuna, mashina va mexanizmlar ishlab chiqarish uchun nisbatan o’zoq vaqt talab etiladi, shu muddatni ko’tish mazkur mashinalar ishlab chiqarishni kengaytirishga psixologik (ruhiy) ta’sir etadi, bu esa real talabdan ortiq bo’ladi va investitsiyaga talab ham ortadi.
Multiplikator va akselerator g’oyalariga asoslanib iqtisodiyotning uzluksiz o’sish sxemasi ishlab chiqildi, uning asosida davlat kapital qo’yilmalari yotadi. Davlat byudjeti kapitalistik iqtisodiyotda tartibga solinadigan bosh mexanizm hisoblanadi.
Soliqlar iqtisodiyot o’sganda oshadi va inqirozlar davrida kamayadi. Davlat to’lovlari esa aksincha, inqiroz davrida oshadi va o’sish davrida kamayadi. SHu yo’l bilan Xansenning fikricha samarali talab hajmi me’yorlashadi. Bunda xususiy kapital qo’yilmalarini tartibga solish va davlat harajatlarini sharoitga qarab o’zgartirish chegaralari ham belgilanadi. O’sish davrida davlat harajatlarini cheklash, inqirozlar davrida uni oshirish va shu yo’l bilan xususiy harajatlarni kompensatsiyalash taklif etiladi, harbiy iqtisod maqtaladi, uni kon’yunkturani me’yorlashning eng yaxshi vositasi deb qaraladi (AQSHda harbiy harajatlar doim yuqori bo’lishiga e’tibor bering).
Frantsiyadagi keynschilik xususiyatlari. XX asrning 40-yillari Keyns g’oyalari Frantsiyada ham shuhrat qozondi. Keyns g’oyalarini to’laligicha (G.Ardan, P.Mendes-Frans) qabul qilganlar ham bo’ldi. Ba’zilari (F.Perru) ssuda foizini tartibga solishni samarasiz deb hisobladilar, bundan ko’ra iqtisodiyotni rejalashtirish taklif etildi. Bunda davlat yo’li bilan tartibga solishni monopolistik kapitalning xususiy manfaatlariga moslashtirish kerak deyiladi. Frantso’z olimlari imperativ va indikativ rejalashtirishni ajratishadi. Imperativ rejalar direktiv harakterga ega (sotsialistik rejalashtirish). Indikativ rejalashtirishda reja markazi asosiy maqsadlarni belgilaydi va turli uslublar bilan tadbirkorlarni ma’lum hatti-harakatlarga yo’naltiradi. Ular faqat davlat sektoridagi korxonalar uchun zaruriy hisoblanadi (Hindiston, Malayziya va boshqa bir qancha kapitalistik mamlakatlarda shu usul qo’llaniladi). Uzoq muddatli prognozlar va rejalar to’zish keng qo’llanilmoqda (bu haqda to’laroq ma’lumot quyida beriladi).
Keyns uslubi kapitalizmdagi iqtisodiy inqirozlarning oldini olishga qaratilgan edi, ammo II Jahon urushidan keyin AQSH va boshqa mamlakatlarda bu inqirozlar davom etmoqda. 1948-49, 1953-54, 1957-58, 1960-61, 1967, 1969-71, 1974-75 va 1981-82 yillardagi hamda boshqa inqirozlar bu fikrimizning dalilidir.
Bular Keyns ta’limotini tanqid qilish uchun asos bo’ldi. Masalan, S.Harrisning fikricha, Keyns barcha qiyinchiliklarni hisobga ola olmagan, masalan, to’la bandlikka erishish haqida gap boradi-yu, qanday qilib uni doimo ta’minlash haqida taklif yo’q, inflyatsiyaning eng katta darajasi noaniq, davlat qarzlarining chegarasi ham berilmagan.
Keyinchalik yangi keynschilik o’rniga postkeynschilik vujudga keldi. Ingliz iqtisodchilari J.Robinson, N.Kaldor, P.Sraffa, amerikalik olimlar A.Eyxner, S.Vayntraub mana shu postkeynschilar guruhiga kiradilar. Ular kapitalistik tizimning ichki turg’unligi kontseptsiyasini tanqid qiladilar, Keyns bo’yicha go’yoki asosiy g’oya kapitalistik iqtisodiyotning nostabilligi bo’lgan. Yangi keynschilik g’oyalari ham tanqid ostiga olinar ekan, agar boshqa olimlar Keyns g’oyalarini statik, ya’ni turg’un deb qarasalar, ular bu ta’limotni dinamik, ya’ni harakatchan nazariya deb qaraydilar.
Postkeynschilarning avvalgi davrda paydo bo’lgan «yuqori naf», «ishlab chiqarish omillarining eng yuqori unumi» nazariyalarini tanqid qilishi harakterlidir. Ular o’z g’oyalarini D.Rikardoning qiymat qonuniga asoslanib ilgari suradilar. Ularga polshalik iqtisodchi M.Kaletskiyning taqsimot kontseptsiyasi qo’l keldi. Investitsiyalar o’sishi bilan ayrim sinflar iste’molining hissalari o’rtasidagi bog’lanish qonuniyati qarab chiqiladi. Postkeynschilar o’z tadqiqotlariga ijtimoiy-iqtisodiy institutlar, masalan kasaba uyushmalari rolini ham kiritadilar. Bu ta’limotda o’sish va taqsimot muammolari markaziy o’rinni egallaydi. Ishlab chiqarishda o’sish sur’atlari milliy daromadning taqsimotiga bog’liq, daromad va uning o’sishi esa jamg’armaga, umumiy jamg’arma esa ish haqi va foydadan jamg’arilgan jami summaga bog’liq. «Jamg’arishga moyillik» har kimda har xil bo’lgani sababli, taqsimotdagi o’zgarishlar jamg’armaning umumiy summasiga ta’sir etadi. Demak, milliy daromadni taqsimlash uning o’sishiga ta’sir qiladi. Undan tashqari, milliy daromadni taqsimlash kapital jamg’arilishi funktsiyasi hisoblanadi. Kapitalning jamg’arilish sur’ati foyda normasini belgilaydi va demak, milliy daromaddagi foyda normasini aniqlaydi. Ish haqi hissasi qoldiq miqdor sifatida qaraladi, ammo ishchilar kurashi bu nisbatga ma’lum o’zgartirish kiritishi mumkin. Bu yo’nalish tarafdorlarining fikri real haqiqatga ancha yaqin g’oyalar hisoblanadi.
Postkeynschilar iqtisodiy siyosatlarda kapitalistik iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish tarafdorlari edilar. Ko’pchilik «daromadlar siyosati»ni oqlaydi, chunki bu yo’l bilan inflyatsiyaga qarshi ko’rashish mumkin.
Keyns g’oyalarini neoklassik yo’nalish bilan yaqinlashtirishga intiluvchilar ko’p bo’lgan. Ular orasida A.Piguning xizmatlari katta. Uning fikricha, inqirozlarning asosiy sababi - bu ish haqining kam egiluvchanligidir. Bandlik to’la bo’lmagan holda makroitisodiy muvozanat faqat ish haqi va baholarning elastik (qayishqoq) bo’lmagan holatida mumkin deb qaraladi.
Hozirgi davr keynschiligida ikkita tendentsiya xukmron bo’lib hisoblanadi: 1) AQSHning bir qator iqtisodchilari nomi bilan bog’liq amerika keynschilari va 2) avvalo Frantsuz tadqiqotchilari nomi bilan bog’liq Yevropa keynschilari.
50-yillarda keynschilik g’oyalari rivojlantirilib, yangi g’oyalar ilgar surildi. Ularning asosiy mohiyati iqtisodiy o’sish sur’atlari doimligini ta’minlovchi mexanizmlarni aniqlash va isbotlashdan iboratdir. Oqibatda «multsipirikator-akselerator» sistemasini hisoblashga asoslangan va o’ziga xos keynschilikning o’sish nazariyalari, jamg’arish va iste’mol o’rtasidagi o’zoro bog’lanish harakteristikalaridan foydalanib iqtisodiy dinamikani modellashtirish yuzaga keldi.
Yuqorida tilga olingan iqtisodiy o’sish nazariyalarining asosiy namoyondalari Massachuset texnologiya instituti professor Yevsey Domar (1914) va Oksford universiteti professori Robert Harrod (1890-1978) hisoblanadi. Ularning nazariyasi (modeli) iqtisodiyotning doim (mo’’tadil) sur’atlarda o’sishi dinamik barqarorlik (ilgarilab borish) ning asosiy sharti sifatida maqsadga muvofiq ekanligining umumiy xulosalarini birlashtiradi. Ularning fikricha, shundagina ishlab chiqarish quvvatlari va mehnat resurslaridan to’la foydalanishga erishish mumkin. Harrod- Domar modelining boshqa bir qoidasi bo’yicha ayrim parametrlar, chunonchi daromadlardagi jamg’arma hissasi va kapital quyilmalarning o’rtacha samaradorligi o’zrq davr mobaynida doim deb tan olinishi hisoblanadi. Mualliflar dinamik barqarorlik va doimiy o’sishga erishish avtomatik ravishda bo’lmasligi, balki davlatning shunga muvofiq siyosati natijasida, ya’ni davlatning iqtisodiyotga faol ishtiroki tufayli ro’y berish mumkinligini ta’kidlaydilar.
Domar va Harrod modellaridagi farq-boshlang’ich pozitsiyalardagi ayrim ko’rsatkichlardir. Masalan, Harrod medelida investitsiya va jamg’armalar tengligi g’oyasi, Domarda esa pul daromadlari (talab) va ishlab chiqarish quvvatlari (taklif) teng deb qabul qilinadi. Ikkala olim shunga ishonchlari komilki, daromad o’sishini ta’minlashda investitsiyalar roli, ishlab chiqarish quvvatlarining oshirilishi faoldir, bunda shu narsa ko’zda tutiladiki, o’sshi bandlikka yordam beradi, bu esa o’z yo’lida, korxonalarning yarim quvvat bilan ishlashi va ishsizlikning oldini oladi. Bu Keynsning shu sohadagi kontseptsiyasini so’z siz tan olishdir; chunki Keyns bo’yicha, iqtisodiy jarayonlar investitsiya va jamg’armalar orasidagi proportsiyalar harakteri va dinamikasiga bog’liq, aniqroq aytilsa investitsiyalarning ildam o’sishi, baholar darajasi o’sishiga sabab bo’ladi, jamg’armalar o’sishi esa korxonalarning to’la ishlamasligi va ishsizlikning sababidir.
SHuni aniq qilib aytish kerakki, qeyns ta’limoti inqirozlar,urushlar va urushdan keyingi davrlar uchun samarali bo’ldi, chunki favqulotta holatlar davrida davlatning roli kuchli bo’lishi kerak. Amalda esa, ayniqsa 2-jahon urushidan so’ng Farb mamlakatlarini sotsialistik orentatsiyasi kuchaydi (davlat mulki oshib bordi), davlat byudjeti qarzlari ko’payib, ishsizlik ham o’sgan, inflyatsiya kuchli. Bu ijtimoiy ishlarni ko’paytirishga qaratilgan tadbirlar oqibatidir deb tan olinmoqda. Ishsizlikning ish haqini pasaytirish yo’li bilan hal etish tarafdorlari ham mavjud, ammo pul massasini ko’paytirish (inflyatsiyaga olib keladi), ya’ni emissiya yo’li ko’pchilikka oson ko’rinadi. Bu kontseptsiya ma’lum davr mobaynida inflyatsiya bo’lmagan holda minemal ishsizlik darajasini isbotlashga imkon beradi.
70-yillardan boshlab Keyns ta’limotiga nisbatan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bo’yicha neoliberalizm g’oyalari asosiy bo’lib qoldi, chunki bu davrda jahoning ko’pgina mamlakatlarida inqiroz holatlari doim voqeaga aylanib qoldi. Inflyatsiya, davlat byudjetining kamomadi, ishsizlik toboro kuchaydi. Neoliberallar keynschilarni tanqid qilar ekanlar, iqtisodiyotda davlat sektorining oshuvi, erkin raqobatning kamayishi, iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga investitsiyalar kamayganligi ular g’oyalarining sayozligidan dalolat beradi, deb hisoblaydilar.
70-80-yillar neoliberal g’oyalar iqtisodiyotda tobora ustunligini egallay boshladi. Ko’p davlatlarda iqtisodiyotni denatsionalizatsiya qilish kuchaydi (nodavlat shakllariga o’tildi). Buning oqibatida Buyuk Britaniya (Tetcherizm), Frantsiya, Yaponiya, Chili (Pinochet), Ispaniya va boshqa mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimallashtirildi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi.
Yüklə 49,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə