11. Mehnat haqi hisoblashni hujjatlashtirish


Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar hisobi



Yüklə 52,81 Kb.
səhifə3/5
tarix31.03.2023
ölçüsü52,81 Kb.
#103797
1   2   3   4   5
11-20

14. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar hisobi. Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar mayda xo’jalik xarajatlarini va xizmat safar xarajatlarini to’lashda sodir bo’ladi. Demak, hisobdor shaxslar – kelgusi ma’muriy-xo’jalik va safar xarajatlari uchun pul mablag’larini oldindan olgan xodimlardir. Hisobdor shaxs sifatida kassadan naqd pul oladigan xodimlarning ro’yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Beriladigan pul miqdori cheklangan: xo’jalik ehtig’jlari uchun beriladigan naqd pul korxona smetasida nazarda tutiladi; safar xarajatlari uchun beriladigan pul safar muddati va boradigan joyiga bog’liq. Safar xarajatiga pul berishda yo’lkira (ikki tomonga), sutkalik va yotoq (turar joy ijarasi) xarajatlari hisoblab chiqiladi. Хizmat safari davrida xodimning asosiy ish joyidagi ish haqisi saqlanadi. Safar uchun hisobdor shaxsga pul berish rahbarning buyrug’i va safar guvohnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Beriladigan pul hisoblab chiqilgandan so’ng buxgalteriya tomonidan kassa chiqim orderi rasmiylashtiriladi. Belgilangan me’yor doirasida yoki undan ortiq qilingan safar xarajatlari, maqsadli tayinlanishiga qarab, yoki ishlab chiqarish xarajatlariga, yoki davr xarajatlariga o’tkaziladi. Basharti safar xarajatlari ishlab chiqarish jarayoniga o’tkazilsa, mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga hamda boshqaruv xodimlarining safar xarajatlari esa – davr xarajatlariga o’tkaziladi. Korxona rahbarining qarori bilan istisno shaklida qonunchilikda nazarda tutilgan me’g’ridan ortiq qilingan safar xarajatlari soliqqa tortiladigan bazani ko’paytiradi.
15. Xodimlаr bilаn boshqа muomаlаlаr bo‘yichа hisob-kitoblаr hisobi. Bu schyotda xodimlar bilan ish haqi, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha hisob-kitoblar, shuningdek, talabalar, stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilar va o‘quvchilar bilan stipendiyalar bo‘yicha olib boriladigan hisob-kitoblar va xodimlar bilan boshqa hisob-kitoblar hisobi yuritiladi; 171 “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob-kitoblar”; 179 “Xodimlar bilan boshqa hisob-kitoblar”. 171 “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyotida tashkilotlarning xodimlari bilan ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha olib boriladigan hisob-kitoblari yuritiladi. Ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha hisob-kitoblar qonunchilikka asosan tartibga solinadi.
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yoki Pensiya jamg‘armasi orqali to‘lanadigan tashkilotning xodimlariga hisoblangan ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari hisobot oyining oxirgi kunida 163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar” subschyotning debetida va 171 “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyotning kreditida aks ettiriladi. Budjet mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari, jumladan, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarning hisoblanishi haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231 “Budjet mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar”, 251 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”, 261 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” yoki boshqa tegishli subschyotlar debetida va 171 16. Tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil etish. Tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil qilishda ularning tarkibi, holati, harakati, miqdori, xarid qilinishi, qayta baholash tartibi va hokazolarga e'tibor qaratish lozim. Hisob ma'lumotlari mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlarini qidirib topish, moddiy qiymatliklardan tejamli foydalanish, xarajat me'yorlarini kamaytirish, ularni tegishli holatda saqlash va ularning butligini ta'minlash to‘g‘risidagi axborotlardan iborat bo‘lishi lozim. TMZ buxgalteriya balansiga quyidagi holatlarda olinadi: mahsulot yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo‘yicha xarid qilish; ta'sischilardan tashkilotning ustav kapitaliga ulush sifatida kelib tushishi; ta'sischilar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol-mulki uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanayotganda tashkilotning ilgari boshqa tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan ta'sis ulushi qaytarilishidan kelib tushishi; Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaxiralarning qiymati chiqib ketish fakti aniqlangan paytda balansdan hisobdan chiqariladi. Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning balansidan: realizasiya qilish; boshqa tashkilotning ustav kapitaliga ta'sis ulushi ko‘rinishida berish; ta'sischining ta'sischilar tarkibidan chiqishida yoki tugatilayotgan xo‘jalik sub'ektning mol-mulkini uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlayotganda ilgari tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan ulushni ta'sischiga qaytarish.


Yüklə 52,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə