11-Sinf Davlat va huquq asoslari fanidan o`quv qo`llanma va ish



Yüklə 328,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/22
tarix28.11.2023
ölçüsü328,94 Kb.
#136795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
11-sinf huquq

Sana: 
2-mavzu
:Ishga joylashish uchun zarur bo`lgan hujjatlar
 
ISHGA JOYLASHISH UCHUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLAR 
Mehnat qonunlari bilan ishga qabul qilishda ma’muriyat talab etishi shart bo‘lgan hujjatlar aniq ro‘yxati 
belgilangan. Ish beruvchiga ishga qabul qilishda qonunda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish qat’iyan 
man etiladi.
Ishga qabul qilish ma’muriyat buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi, buyruq albatta xodimga ma’lum qilinib, bu 
haqda tilxat olinadi. Buyruqda shtat jad- valiga muvofiq xodim qabul qilingan lavozimning aniq nomi 
ko‘rsatilishi lo- zim. Buyruqqa binoan mehnat daftarchasiga ham yozib qo‘yiladi. Ishning bosh- lanishi odatda 
mehnat shartnomasini tuzishda ma’muriyat bilan kelishuvga binoan belgilanadi. Biroq qachon buyruq 
chiqqani yoki mehnat shartnomasi rasmiylashtirilganidan qat’i nazar, haqiqatda ishga tushish paytidan 
e’tiboran mehnat vazifalari bajara boshlangan hisoblanadi.
Shunday qilib, ish beruvchi xodimdan quyidagi hujjatlarni talab qilishga majbur:
15 dan 16 yoshgacha: 
— ota-onasidan yoki vasiylardan birining yozma roziligi;
— o‘quv maskani ma’lumotnomasi (u haqiqatan ham mazkur maktab o‘quvchisi ekanligi haqida, o‘quv vaqti 
ko‘rsatilgan holda);
— tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va turar joyidan ma’lumotnoma;
— sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida ma’lumotnoma;
16 dan 18 yoshgacha: 
— yashash joyidan ma’lumotnoma yoki pasport (doimiy yoki vaqtinchalik qayd etilganlik belgisi bilan);
— armiyaga chaqiriluvchining qayd guvohnomasi (mudofaa bo‘limida);
— ma’lumot yoki mavjud mutaxassislik to‘g‘risida hujjat;
— sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida ma’lumotnoma;
18 yoshdan: 
— pasport (doimiy yoki vaqtinchalik qayd etilganlik yoxud turish joyi bo‘yicha hisobga o‘tganlik belgisi 
bilan);
— mehnat daftarchasi (birinchi marotaba ishga kirayotganlar — oxirgi mashg‘uloti to‘g‘risida yashash 
joyidan ma’lumotnoma);
— harbiy bilet yoki qayd guvohnomasi (harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun);
— oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtini tamomlagani to‘g‘risidagi diplom yoki muayyan ishni bajarish 
huquqini beradigan guvohnoma

Yüklə 328,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə