11-Sinf Davlat va huquq asoslari fanidan o`quv qo`llanma va ish


Qanday qilib rezyumeni toʻgʻri yozish kerak: tuzilishi va maslahatlar



Yüklə 328,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/22
tarix28.11.2023
ölçüsü328,94 Kb.
#136795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
11-sinf huquq

Qanday qilib rezyumeni toʻgʻri yozish kerak: tuzilishi va maslahatlar
 
Rezyume - 
bu boʻlajak ish beruvchi uchun eng muhim ish tajribasi va nomzodning tegishli kasbiy 
koʻnikmalari va bilimlarining qisqa 
xulosasi. 
Shuning uchun rezyumeni bir qancha jihatlarga eʼtibor bergan holda yozish muhimdir:

aniq; 

toʻliq;

tuzilmali. 
Rezyumening toʻgʻri tuzilishi



Tavsiya etilgan rezyume formati 2 betdan oshmasligi kerak. 
Rezyume quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

Bogʻlanish uchun maʼlumot: Toʻliq ism
-
sharif, manzil (shahar), bogʻlanish uchun telefon raqami, 
elektron pochta manzili. 

Ish tajribasi: siz ishlagan kompaniyalar nomi va faoliyat yoʻnalishi, ishlagan davringiz, lavozim, ish 
vazifalar va yutuqlar. 

Maʼlumotingiz: taʼlim muassasalarining nomlari, oʻqishning boshlanish va tugash sanalari, 
qoʻshimcha taʼlim (treninglar, malaka oshirish kurslari, amaliyotlar).

Kasbiy koʻnikmalar: xorijiy tillar, kompyuter, maxsus dasturlar va uskunalarni bilish darajasi, 
haydovchilik guvohnomasining mavjudligi. 

Shaxsiy maʼlumotlar: tugʻilgan sana, oilaviy holat, yashash joyi (shahar, metro bekati). Oʻzingizning 
sevimli mashgʻulotingiz haqida maʼlumotni shu yerga qoʻshishingiz mumkin.
Rezyumega nimani kiritish shart emas

quyidagi 
sarlavhalarni olib tashlang: “Rezyume”, “CV” va boshqalar (hujjat koʻrinishidan gap nima 
haqida ekanligi allaqachon aniq); 

sizning butun faoliyat biografiyangi (aslida, boʻlajak ish beruvchini faqat oxirgi 3
-5 ish joyi va 10 
yildan ortiq boʻlmagan muddat 
qiziqtiradi); 

jismoniy maʼlumotlar va salomatlik holati haqidagi maʼlumotlar;

norasmiy muhitdagi fotosurat, juda kichik yoki juda katta oʻlchamdagi surat; taʼtildagi fotosurat va 
shunga oʻxshash narsalar.

muvaffaqiyatsiz loyihalar; 

ishdan ketishingiz sabablari

tavsiyanomalar yoki sizni tavsiya qilishi mumkin boʻlgan shaxslarning ismlari. Ushbu roʻyxatni 
alohida tayyorlang, bu sizga suhbat davomida foydali boʻlishi mumkin.

Yüklə 328,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə