11-sinf tarbiy



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   97
tarbiyam content

29
@edurtm_uz


30
Bir kishi har kuni bozordan uchta non xarid qilar ekan. Uchtadan ko‘p ham, 
kam ham olmas ekan. Uni kuzatib yurgan novvoy bir kuni so‘rabdi:
– Ey qadrdonim, sizni anchadan beri kuzataman. Kuniga uchtadan non xarid 
qilasiz. Ko‘p ham emas, oz ham emas. Buning sababi nimada?
?
Mulohaza uchun
– To‘g‘ri, – debdi xaridor. – Har kuni uchta non olaman. Uning bittasini qar-
zimga beraman, yana bittasini qarzga beraman. Qolgan bittasini o‘zim yeyman! 
Novvoy xaridorning bitta nonni o‘zim yeyman, degan gapini 
tushunibdi-yu, qolganini anglamay taajjublanibdi.
1. Shundan keyin novvoy xaridorning fikriga qanday munosabat bildirgan 
bo‘lishi mumkin? 
2. Mazkur rivoyatdagi xaridor oddiy insoniy burchini bajarayotgan kishi
deylik, u uchta non olib bormasa, qanday holat bo‘lishi mumkin? Siz uning o‘rni-
da qanday yo‘l tutgan bo‘lar edingiz?
3. Siz odatda nechta non sotib olasiz? Nima uchun?
Shunda xaridor gapini izohlab debdi:
– Qarzimga deganimni ota-onamga beraman. Negaki, ular meni bolaligimda 
xuddi shunday non berib, boqishgan. Qarzga deganimni esa, bolalarimga bera-
man. Bir kun kelib, ular ham qarzlarini uzishadi…
?
Ijodiy faoliyat
4. Kimlarning oldida o‘zingizni
qarzdor deb hisoblaysiz?
3. Xaridor kimdan qarz?
Undan kim qarzdor
bo‘lishi mumkin?
Ma’naviyat xazinasidan
?
1. Nima uchun novvoy aynan 
ushbu xaridorga e’tibor berdi?
2. Novvoyning savoliga xaridor 
nima deb javob bergan bo‘lishi
mumkin?
Qushlar kabi havoda uchishni o‘rgandik. Baliqlar kabi 
dengizlarda suzishni o‘rgandik. Lekin hozirgacha yer
yuzida aka-ukadek yashashni o‘rganmadik.
Martin Lyuter King
II bob. Inson ma’naviyati
@edurtm_uz



Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə