11-sinf tarbiy



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   97
tarbiyam content

Mulohaza uchun
?
Ijodiy faoliyat
54
II bob. Inson ma’naviyati
@edurtm_uz


Men zulmatdan nur izlabman
O‘z boshimdan o‘tgan voqealarni ibrat uchun sizlarga aytib bermoqchiman.
Bir kuni qo‘l telefonimga “Hijrat qilishingiz kerak” degan xabar keldi.
“Hijrat” nima ekanini tushunmaganim uchun bu haqida ma’lumot izladim. Ij-
timoiy tarmoqlardan birida menga bu haqda tushuntiruvchilar topildi. Ular- 
ning uzoq tushuntirishlari asosida Suriyadagi harakatlarda ishtirok etish uchun 
tayyorgarlik ko‘ra boshladim. Chegarani noqonuniy kesib o‘tib, chetga ham 
chiqib ketdim. Safimizni kengaytirish uchun o‘zimga o‘xshaganlarning qo‘l tele
-
fonlariga turli da’vatlar yubordim. 
Mening ishlarimni kim moliyalashtirayotganini bilmasdim. Telefonim 
24 soat o‘chmasdan ishlardi. Kompyuterni yaxshi bilganim uchun asosan turli 
ma’lumotlarni men qabul qilardim. Ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirar edim. 
Bu ma’lumotlarning barchasi din niqobi ostida edi. 
Menga topshirilgan vazifa – odamlar o‘rtasida dav-
latga qarshi uydirmalarni tarqatish, insonlarning ojiz 
tomonlarini aniqlash va ularni safimizga qo‘shib olish 
edi. Ukraina, Qirg‘iziston, Suriyadagi voqealarni ko‘rib 
ham ko‘zim ochilmadi.
Mana bugun qora kursida o‘tirib, qilgan ishlarimni 
sarhisob qilmoqdaman. Uysiz qolgan oilalar, nogiron 
bo‘lib qolgan, ota-onasining jonsiz tanasini nima qi- 
lishini bilmay o‘tirgan bolalar ko‘z oldimdan birma-bir 
o‘ta boshladi... 
Advokatlarim menga xalqimizdan, prezidentdan uzr so‘rang, aybingizga 
iqror bo‘ling, sizni kechirishadi, afv etishadi, hech bo‘lmasa, jazoni yengiliga 
almashtirishadi, deb tushuntirishdi. 
Meni prezident afv etar, balki bag‘rikeng xalqim ham kechirar, ammo 
vijdonim-chi?.. 
Siz men qilgan bu xatolarni takrorlamang. Men zulmatdan nur izlabman. 
Tinchlik va ozodlikning qadriga yeting. 
“Gumroh”
1. Har ikkala hikoyaning umumiy tomonlari nimada? 
2. “Ammo vijdonim-chi?” degan so‘roqni qanday tushundingiz? 
?

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə