11-sinf tarbiy



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   97
tarbiyam content

Ma’naviyat xazinasidan
?
?
Darsdan ijobiy saboq chiqarib
?
Ma’lumot uchun
II bob. Inson ma’naviyati
@edurtm_uz


57
Tarbiya, 11-sinf
14–15-MAVZU: DUNYO DINLARIDA 
 
TINCHLIK G‘OYASI
1. “Bir kun janjal bo‘lgan joydan qirq kun baraka ketadi” degan maqolning 
ma’nosini tushuntirib bering.
2. Urush va buzg‘unchilik qanday oqibatlarga olib kelishi haqida uchta misol 
keltiring.
3. Xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda millatlar va dinlararo totuvlikning 
ahamiyati qanday? Fikringizni misollar bilan asoslang.
Ushbu matnni o‘qing, undagi “mafkuraviy immunitet” atamasini izohlang.
“Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi 
organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz
yuragida ona Vatanga, boy tarixga, ota-bobolarning muqaddas diniga sog‘lom 
munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning mafkuraviy immu
-
nitetini kuchaytirishimiz zarur”.
Islom Karimov
Har qanday din o‘z izdoshlarini tinchlik va insonparvarlikka chaqiradi. Hech 
qaysi din nohaq qon to‘kish, urush olovini alanga oldirish va buzg‘unchilikni 
targ‘ib qilmaydi. Ajdodlarimiz yaxshi va ezgu ishlar uchun hamkorlik qilish
insoniy fazilat ekanini ko‘p ta’kidlaganlar.
Ey farzand! Hindiston mamlakati turli mazhablardan iborat. Subhonollo 
taolo haqqi, senga buyurildiki, har bir maz habga pok qalb bilan qaragin, har bir 
mazhab va tariqatga adolatli bo‘lgin. Xususan, sigirni qurbon qilishdan saqlan- 
ginki, bu Hinduston xalqining qalb ardog‘i va bu viloyat ahli podshohga yaxshi 
nazar bilan bog‘lanadi. Podshoh farmoniga bo‘ysungan xalqni xarob qilmagin. 
Adolatni ixtiyor qilgin. Shunda shoh raiyatdan, raiyat shohdan xotirjam bo‘ladi. 
Islomning taraqqiyoti ehson tig‘i bilan yaxshiroqdir. Zulm tig‘i bilan emas.
Zahiriddin Muhammad Boburning Humoyunga yozgan vasiyatnomasidan
?

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə