11-sinf tarbiy



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   97
tarbiyam content

59
Tarbiya, 11-sinf
Dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakat-
ni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa,
avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy
qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi.
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekistonda XXI asrning 
boshlarida o‘ziga xos diniy manzaraga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Qozog‘iston 
Respublikasida rasman 18 ta diniy konfessiya tarkibida 3600 dan ortiq diniy 
birlashma mavjud. Mamlakatda 246 ta noan’anaviy diniy guruhlar va yangi
jamoatlar (missionerlar) ham faoliyat ko‘rsatadi. 
Turkmaniston Respublikasida 13 ta diniy konfessiya ro‘yxatga olingan. 
Mamlakatda 128 ta diniy tashkilot mavjud. 
Qirg‘iziston Respublikasida 30 dan ortiq diniy konfessiya mavjud.
1. Markaziy Osiyo mintaqasida ko‘p millatli va turli konfessiyaga mansub 
aholi yashashining sabablari nimada?
2. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekistondagi diniy manzara 
haqida ma’lumot bering. O‘zgarishlarni diagrammada aks ettiring. Diagramma 
asosida O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni Konstitutsiyaning 4-moddasida berilgan 
qoidalarning amaldagi ijrosi bilan bog‘lab tushuntiring.
?
Ijodiy faoliyat
XIX asrning 
oxiri
XX asrning oxiri
XX asrning oxiri
XIX asrning 
oxiri
?
Mulohaza uchun
Samarqanddagi 
Bibixonim 
masjidi
Toshkentdagi
katolik cherkovi
?
Ma’lumot uchun
@edurtm_uz


60
1. Quyida berilgan matnlarni o‘qing. Ularning yuqoridagi matn bilan qanday 
bog‘liqligi bor?
2. Ikkinchi matndagi holatda siz nima qilgan bo‘lardingiz? Bunday feyklar 
(yolg‘on xabarlar) jamiyat tinchligiga qanday raxna soladi?
– 2021-yilning 13-iyul kuni taxminan soat 22:30 larda Toshkent shahriga 
Instagram va Youtube’da “Subo” nomi bilan tanilgan, S. ismli ros-
siyalik bloger keldi. Qayd etilishicha, bundan oldinroq u o‘zin-
ing sahifasida tez orada Toshkentda bo‘lishini va obunachilari bi-
lan uchrashib, ularga pul tarqatishini ma’lum qilgan. Toshkent-
ning Amir Temur xiyobonida S.ni kutib olish uchun 150–200 ga
yaqin fuqaro yig‘ilgan.
Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabari
Ilm-fan, madaniyat, iqtisodiyot va boshqa barcha jabhalarning taraqqiy eti-
shi tinchlik, osoyishtalik bilan bog‘liqdir. Yil sayin davlatlar tomonidan mudo-
faa tizimi va harbiy sohaga ajratilayotgan xarajatlarning oshib borishi fikrimizni 
tasdiqlaydi. Biroq faqatgina zamonaviy qurol-yarog‘ga ega bo‘lishning o‘zigina 
tinchlikni ta’minlamaydi. Zamonaviy buzg‘unchi kuchlar ochiqcha jang qilmay, 
balki to‘satdan qo‘poruvchilik amaliyotlarini qo‘llash, harbiylar emas, balki tinch 
aholini nishonga olish kabi qabih usullardan foydalanmoqdalar.
Dunyoga aql ko‘zi bilan boqqan odamga dunyo ham oqilona qaraydi.
Hakim at-Termiziy
Odobsiz, tarbiyasiz va badxulq kishilar bilan tortishmang.
Imom G‘azzoliy
Dunyoni qattiq tutuvchilarni dunyo ham qattiq tutadi.
Qamariddin Islamov, faxriy jurnalist yon daftaridan
1. “Dunyoga aql ko‘zi bilan boqish...”, “Dunyoni qattiq tutuvchi...” iboralari 
o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor? 
2. “Tinchlik va xotirjamlik bo‘lsin” deganda nimalar nazarda tutiladi? Bu 
tilak boshqa din vakillarining qadriyatlarida ham aks etishini inobatga olib,
fikringizni bildiring. 
?

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə