12-mavzu. 1917-1991 yillarda Qoraqolpog‘iston (2 soat) Reja



Yüklə 68,86 Kb.
səhifə4/5
tarix20.05.2023
ölçüsü68,86 Kb.
#111683
1   2   3   4   5
12-mavzu

Adabiyot va san’at. Berdaq, Ajiniyaz, Kunxoja an’analari davom ettirilib, XX asrning 20-yillarida A. Dabilov, S. Majitov, A. Musayev, S. Nurimbetov kabi xalq shoirlarining ijodi rivoj topdi.
Qoraqalpog‘istonning musiqaviy hayotida baxshi va jirovlar muhim o‘rin tutadi. Ular dostonchilik an’analari va an’anaviy musiqa madaniyatining ijodkorlari, saqlovchilari va davomchilari bo‘lib qoldilar. Nurabilla Karajanov, Yerpolat Ramberdiyev, Qurbanboy Tajibayev, Ogiz Niyazov, K.Kayratdinov kabi ijrochi-jirovlar, Janabay Toreyev, Japak Shamuratov, Yesjan Kospolatov, G. Tleumuratov, A. Qayratdinov kabi baxshilar katta shuhrat topishdi.
1925 yilda tashkil etilgan birinchi qoraqalpoq milliy truppasi «Tang nuri» («Tong nuri») Qoraqalpog‘iston davlat teatri uchun asos bo‘lib xizmat qildi. 1934 yilda Teatr san’ati instituti (Moskva)da Qoraqalpog‘istondan 33 nafar kishi ta’lim olgan edi.
1930 yillar oxiriga kelib qoraqalpoq adabiyotida N. Davqorayevning “Partizanlar”, M. Daribayevning “Mingdan biri”, A. Shamuratovning “Eski maktabda” povestlari yangi janrdagi ijod namunasi sifatida paydo bo‘ldi. Bu davrdagi A. Begimovning “Birinchi qadam”, K. Yermanovning “O‘tgan kunlarda” asarlarini roman janridagi dastlabki tajribalar sirasiga kiritish mumkin. A. Matyakubovning «Ko‘knorichi», J.Oymirzayevning «Zararkunandalar», «To‘yda» kabi komediyalarida dolzarb mavzular ko‘tarilib, bu sahna asarlari tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. A.Shomuratova, Yu.Mamutov, R.Seitov, Yu.Sharipov, G.Shiraziyeva, Sh.Utemuratov kabi sahna ustalari yetishib chiqdi.
XX asrning 50-yillaridagi adabiy muhitda yangi avlod shoir, yozuvchi va dramaturglari: I.Yusupov, T.Jumamuratov, T.Qaipbergenov, X.Turimbetov, B.Kaipnazarov, X.Seitov, T.Najimov, S.Xojaniyazov kabilar ijod qildilar. 1960 – 1970 yillar barcha janrlarning misli ko‘rilmagan darajada o‘sishi va boyishi bilan xarakterlanib, bu davrda T.Jumamuratov, I.Yusupov, G.Seytnazarovlarning she’rlari va poemalari, S.Xojaniyazov, P.Tlegenov, K.Rahmonovlarning pyesalari, X.Seitov, A.Bekimbetov, K.Sultanov kabilarning roman va qissalari dunyo yuzini ko‘rdi. T.Qaipbergenovning “Qoraqalpoq dostoni”, “Mamanbiy haqida rivoyat”, “Baxtsizlar” trilogiyasi paydo bo‘ldi 85.
Qoraqalpoq rassomlarining ijodiy izlanishlari san’atkorlar, folklorshunoslar, yozuvchilar va ayniqsa respublika uchun yangi bo‘lgan musiqa shakllarini belgilovchi folklor mavzularini o‘zlarining birinchi opero-simfonik asarlari bilan tanilgan Qoraqalpog‘iston bastakorlarining ijodlari bilan hamohang bo‘ldi86.
Qoraqalpoq xalqi musiqiy merosiga yevropa va rus sovet musiqasidagi uyg‘unlik, ohang, mazmun qarama-qarshi turardi87. Qoraqalpoq musiqasi qoraqalpoq folklori va professional musiqa san’atidagi o‘zaro ta’sirni o‘zlashtirish yo‘lida edi. Zamonaviy ifoda vositalarini milliy elementlar bilan sintezlashtirishga bo‘lgan harakat keksa va o‘rta avlod kompozitorlari: J.Shamuratov, A.Halimov, A.Sultanov, X.Turdiqulov, N.Muxammeddinov, G.Demesinov, R.Sultanov, S.Jiyengaliyev, D.Djanabayeva ijodida yaxshi natijalar berdi. Mafkuraviy to‘siqlarga qaramay qoraqalpoq xalqi musiqa madaniyatidagi eng yaxshi namunalar yaratildi.
Shunday bo‘lsa-da, Qoraqalpog‘iston musiqa tarixi hayotining sovet davridagi qismi ancha ziddiyatli sanaladi. Bir tomondan, Qoraqalpog‘istonda dunyo musiqa san’atining ko‘plab janrlarini o‘ziga qamrab olgan yangi shakldagi musiqa madaniyati tiklandi. Kompozitorlar va xalq musiqa ijodiyoti vakillarining yangi yo‘nalish va maktablari vujudga keldi. Boshqa tomondan, musiqa asarlarining mafkuraviy talqini va umuman olganda musiqa san’ati sohasidagi amaliy qadamlar ko‘p jihatdan jiddiy o‘zgarishlarni boshidan kechirdi.
Sovet davri o‘zi bilan noma’lum bo‘lgan musiqiy tushunchalarning butun bir tizimini: kompozitor, yevropacha shakl va janrlar, musiqa ta’limining yangicha tamoyillari, teatr va konsert faoliyatining zamonaviy turlari, ommaviy madaniyat vositalari va boshqalarni olib keldi. Bu davr madaniy qurilishga bo‘lgan rahbarlikning o‘ta markazlashuvi oqibatida ro‘y bergan an’anaviy qo‘shiqchilik madaniyatidagi ijtimoiy ahamiyatning tushkunligi bilan ajralib turadi. Rasmiy hokimiyat milliy qo‘shiqchilik san’ati ehtiyojlariga bepisand munosabatda bo‘lib keldi88.
Biroq turli qiyinchiliklarga qaramay, Qoraqalpog‘iston musiqa madaniyati rivojlanib bordi. Davlat filarmoniyasi, dramatik va havaskor teatrlar, dutorchilar ansambli tuzildi, san’at o‘n kunliklari (dekadalari) o‘tkazildi89.

Yüklə 68,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə