12-mavzu Ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik. Reja: 1


IJRO HUJJATINI BANK YOKI BOSHQA KREDIT TASHKILOTI TOMONIDAN IJRO ETMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK



Yüklə 17,48 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü17,48 Kb.
#137666
1   2   3   4
12-mavzu Ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik.

1. IJRO HUJJATINI BANK YOKI BOSHQA KREDIT TASHKILOTI TOMONIDAN IJRO ETMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

Bankda yoki boshqa kredit tashkilotida qarzdorning hisobvaraqlari mavjudligi haqida undiruvchi ma'lumotlarga ega bo'lsa, pul mablag'larini undirish to'g'risidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablari bayon etilgan ijro hujjatini bank yoki boshqa kredit tashkilotiga yuboradi. Bank yoki boshqa kredit tashkiloti ijro hujjati olingan kundan e'tiboran uch kunlik muddat ichida ijro hujjatida ko'rsatilgan pul mablag'larini undirish to'g'risidagi talablarni ijro etadi.


Davlat ijrochisi bank yoki boshqa kredit tashkiloti ijro hujjati ijrosini ta'minlamaganda iqtisodiy sudga bu tashkilotlarning javobgarlikka tortish masalasini ko'rib chiqish uchun ariza bilan qarzdordan pul mablag'larini undirish to'g'risidagi talahi bajarilmaganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda iqtisodiy sudga murojaat qiladi.
Ijro hujjatlarini ijro etishda davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solinadigan jarimalaridan farqli ravishda, ijro hujjatlarini ijro etilishi uchun javobgar bo'lgan banklar va boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan moliyaviy jarimalar solish huquqi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonunning 81-moddasiga binoan, faqat iqtisodiy sudigagina berilgan.
Javobgarlik qo'llash masalasi davlat ijrochisining taqdimnomasiga asosan iqtisodiy sud tomonidan ko'rib chiqiladi. Iqtisodiy sud ijro hujjati topshirilgan bank yoki boshqa kredit tashkilotiga pul mablag'larim undirish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ularga undirilishi lozim bo'lgan summaning ellik foizigacha miqdorda jarima soladi.
Ijro bujjetini bank yoki boshqa kredit tashkiloti tomonidan ijro etilmaganda huquqbuzarlik obyekti - yurisdiksion organlarning qarorlarida bayon qilingan davlat talablarini bajarish bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlar. Uning obyektiv tomoni ijro hujjatida ko'rsatilgan, qarzdorning bank hisobvaraqlarida mablag' bo'lgan holatda qarzni undirish haqidagi talablami bajarmaslik. Subyekt bank yoki kredit tashkiloti. Subyektiv tomon aybdorlik. Aybdorlik qasddan yoki ehtiyotsizlikdan bo'lishi mumkin.



Yüklə 17,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə