12-mavzu Ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik. Reja: 1


JISMONIY SHAXSLARNING IJRO HUJJATINI IJRO ETMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIGI



Yüklə 17,48 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü17,48 Kb.
#137666
1   2   3   4
12-mavzu Ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik.

2. JISMONIY SHAXSLARNING IJRO HUJJATINI IJRO ETMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIGI

Javobgarlik bu ijtimoiy munosabatlarning qatnashchilariga ma'lum bir yo'l bilan ta'sir qiladigan ijtimoiy holat. Javobgarlik deganda shaxsning sodir etgan huquqbuzarligi uchun vakolatli davlat organlari tomonidan oladigan majburiyat yoki yo'qotishlar tushuniladi. Jismoniy shaxslarning javobgarligi haqida gapirilayotganda uning quyidagi belgilarini aytib o'tish lozim hisoblanadi:


Birinchidan, bu mol-mulkni xatlash orqali ifodalanadigan majburiyat. Ijro ishi yuritishda xatlash shaxsning o'ziga emas, balki uning mol mulkiga qaratiladi.


Ikkinchidan, fuqarolarning ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarligi faqatgina ijro ishi yuritish talablarini buzgandagina kelib chiqadi.
Uchinchidan, fuqarolarga ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlikni qo'llash vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslarni ijro hujjati talabini bajarmaganligi uchun javobgarlikka tortishga davlat ijrochilari hamda sud vakolatli. Huquqbuzarlik obyekti - yurisdiksion organlarning qarorlarida bayon qilingan davlat talablarini bajarish bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlar. Obyektiv tomoni davlat ijrochisi tomondan belgilangan muddat ichida qarzdorni biror-bir harakatni qilishga yoki ularni kilmaslikka majbur kiladigan ijro hujjatini ijro etmaslik. Subyekt qarzdor (jismoniy yoki yuridik shaxs). Subyektiv tomon aybdorlik (asosli sabablarsiz ijro etmaganlik). Ayb qasddan yoki ehtiyotsizlikdan bo'lishi mumkin. Ijro ishi yuritish jarayonining boshqa ishtirokchilari ham fuqaroviy huquqiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Masalan, saqlovchi xatlangan mulkni yo'qotganligi yoki unga ziyon yetkazganligi sabab javobgarlikka tortiladi. Saqlovchi qarzdorning satlangan mulkini yashirganligi, boshqa birovga noqonuniy berganligi yoki sotib yuborganligi uchun nafaqat jinoiy, balki moddiy javobgarlikka ham tortiladi. "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonunga muvofik qarzdor ijro hujjatini belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko'ra ijro etmaganda, shuningdek uning ijrosiga to'sqinlik qilgan hollarda uni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 198'-moddasida qarzdorning ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ma'muriy javobgarlik nazarda tutilgan. Qurzdorning ijro hujjatini uni ixtiyoriy ravishda ijro etilishi uchun belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko'ra ijro etmasligi yoki uning zimmasiga muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatini uzrsiz sabablarga ko'ra davlat ijrochisi belgilagan muddatda ijro etmasligi, qarzdor fuqaroga eng kam ish I haqining besh harovaridan o'n barovarigacha, mansabdor shaxslarga esa o'n barovaridan o'n besh barovarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Qarzdor ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda ijro etishi uchun belgilangan muddat ijro ishi yuritish qo'zg'atilgan kundan e'tiboran ko'pi bilan 15 kunlik, jarima tariqasida jazoga hukm qilinganda hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab 1 oylik. 18 yoshga to'lmagan jinoyat sodir etgan va jarima tariqasida jazoga hukm qilingan shaxs hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab 6 oylik muddat ichida jarimani ixtiyoriy ravishda to`lashi shart. Bu muddatda ijro hujjati talabining bajarilmasligi majburiy ijro harakatlariga kirishishga sabab bo'ladi.



Yüklə 17,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə