12-mavzu Ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik. Reja: 1

IJRO HUJJATINI IJRO ETISHGA TO'SQINLIK QILGANLIK

Yüklə 17,48 Kb.
səhifə4/4
tarix28.11.2023
ölçüsü17,48 Kb.
#137666
1   2   3   4
12-mavzu Ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik.

3. IJRO HUJJATINI IJRO ETISHGA TO'SQINLIK QILGANLIK
UCHUN JAVOBGARLIK

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.

Sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlash, uning ijro etilishiga to'sqinlik qilish odil sudlov obro'siga putur, davlat va jamoat manfaatlariga zarar yetkazadi, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlari tiklanishiga qaratilgan faoliyatga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Shu munosabat bilan, Jinoyat kodeksi sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlash va uning ijro etilishiga to'sqinlik qilish bilan bog'liq qator jinoyatlar, ya'ni voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni inoddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash (JK ning 122-moddasi), ota-onani moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash (JKning 123-moddasi), mehnat qilish huquqini buzish (JKning 148-moddasi), sud hujjatini ijro etmaslik (JKning 232-moddasi), band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish (JKning 233-moddasi) kabi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi.
Sud hujjati deganda, tegishlicha umumiy yurisdiksiya sudi yoki iqtisodiy sudi tomonidan chiqarilgan va qonuniy kuchga kirgan sud hujjati (sud buyrug'i, ajrim, qaror, hal qiluv qarori, hukm), shuningdek hakamlik sudlari va chet davlat sudlarining hal qiluv qarorlari asosida belgilangan tartibda berilgan ijro varaqalari tushunilishi lozim.
Shuni nazarda tutish zarurki, jinoiy javobgarlik nomulkiy xususiyatga ega bo`lgan sud hujjatini, ya'ni muayyan harakatlarni sodir etish yohud. ularni sodir etishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi hujjatni bajarishdan bo'yin tovlaganlik uchun vujudga keladi. Mulkiy xususiyatga ega bo'lgan sud hujjatini, ya'ni pul mablag'larini yoki mol-mulkni undirish to'g'risidagi hujjatni bajarishdan bo'yin tovlanilgan holda, shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Shu bilan birga, jinoyat qonuni istisnolarni ham nazarda tutadi: nomulkiy xususiyatga ega bo'lgan sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlaganlik jinoiy javobgarlikni emas, balki boshqa oqibatlarni vujudga keltiradi. Jumladan, axloq tuzatish ishlaridan bo'yin tovlagan mahkumning javobgarligi uni jinoiy javobgarlikka tortish yo'li bilan emas, balki axloq tuzatish ishlarining o'talmagan muddatini ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish orqali ta'minlanadi.
Sud hujjatining ijro etilishiga to'sqinlik qilganlik uchun shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun sud hujjatining xususiyati ahamiyat kasb etmaydi. Shu bois, sud hujjatini ijro etilishiga to'sqinlik qilinganlik uchun jinoiy javobgarlik sud hujjatining mulkiy yoki nomulkiy xususiyatga ega bo'lgan bo'lmaganligidan qat'i nazar yuzaga keladi Sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlash uchun jinoiy javobgarlikka tortishning majburiy sharti bo'lib, ma'muriy jazoga tortilganidan va jinoiy javobgarlik to'g'risida yozma tarzda ogohlantirilganidan so'ng shaxs tomonidan sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlash bo'yicha harakat (harakatsizlik) ning davom ettirilishi hisoblanadi.

Sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlash deganda, shaxs tomonidan nomulkiy xususiyatga ega qonuniy kuchga kirgan sud hujjati talabini bajarishdan bo'yin tovlash bo'yicha qilingan har qanday harakat tushunilishi lozim. Biroq, jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushbu harakat (harakatsizlik) shaxsga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 198 moddasi bo'yicha ma'muriy jazo chorasi qo'llanilgandan so'ng davom ettirilgan bo'lishi lozim. Bundan tashqari, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi Qonun 71-moddasi talabiga rioya etilishi, chunonchi shaxs ham ma'muriy javobgarlikka tortilgan bo'lishi, ham shaxs kelgusida sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlagan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida davlat ijrochisi tomonidan yozma tarzda ogohlantirilgan bo'lishi talab etiladi.
Jinoyat kodeksining 232-moddasi dispozitsiyasi mazmuniga ko'ra, sud hujjatining ijro etilishiga to'sqinlik qilgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun muqaddam unga nisbatan Ma'muriy jazo chorasi qo'llanilgan bo'lishi talab etilmaydi.
Jinoyat qonunchiligida shaxs davlat ijrochisi tomonidan ma'muriy jazoga tortilgandan qancha muddat o'tgandan so'ng sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlash uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi belgilanmagan.
Biroq Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi Qonunda sud hujjati talabini ixtiyoriy ravishda bajarish uchun o'n besh kunlik muddat nazarda tutilgan. Shu bois, qonun analogiyasini qo'llab, jinoiy javobgarlik to'g'risidagi ogohlantirish muddati o'n besh kundan oshmasligi lozim. Shunga ko'ra shaxsni jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirish to'g'risidagi xatda davlat ijrochisi o'tkazib yuborilishi sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlik keltirib chiqaradigan muddatni (15 kungacha) aniq ko'rsatishi lozim.
Qonun ayrim toifadagi nomulkiy xususiyatga ega bo'lgan sud hujjatlari bo`yicha davlat ijrochisi tomonidan bir qator (masalan, uyga kiritishda, uydan chiqarishda, imoratni buzib tashlashda, yer uchastkasini olib qo'yish va o'tkazishda va hk) ijro harakatlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Ushbu toifadagi sud hujjatini bajarishdan bo'yin Tovlaganlik uchun shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish to'g'risidagi masalani hal etishda, ma'muriy jazo qo'llanilgandan va ogohlantirish muddati o'tgandan so'ng shaxs tomonidan sud hujjati talablarini bajarilmasligi holatining o'zi kifoya hisoblanadi va davlat ijrochisi tomonidan tegishli ijro harakatlarining amalga oshirilishi ahamiyat kasb etmaydi.
Sud hujjatining ijro etilishiga to'sqinlik qilish deganda, sand hujjatlarini ijro etish organlari mansabdor shaxslarining faoliyatiga qarshilik ko'rsatishga, shu jumladan sud hujjati talabi bajarilishini qiyinlashtirishga hamda uni o'z vaqtida va so'zsiz bajarish mumkin bo'lmaydigan holatga keltirishga qaratilgan qilmish tushuniladi.
Agar sud hujjatini ijro etilishiga to'sqinlik qilgan shaxsning harakatlarida boshqa, og'irroq jinoyat belgisi bo'lsa (masalan qasddan badanga o`rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazish, hokimiyat yoki mansah vakolatini suiiste'mol qilish. hokimiyat yoki mansah vakolati doirasidan chetga chiqish, hujjatlarni qalbakilashtirish va h.k.), aybdorning harakatlari JKning 232-moddasi sud hujjatini ijro etmaslik bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Shaxs tomonidan sud hujjati hisoblanmaydigan ijro hujjatini majburiy ijro etish bo'yicha xizmat vazifasini bajarayotgan davlat ijrochisiga qarshilik ko'rsatilganda, bunday shaxsning harakatlari JKning 219-moddasi hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik kursatish bilan kvalifikatsiya qilinadi. Sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlash va uning ijro etilishiga to'sqinlik qilish (JKning 232-moddasi) uchun jinoiy javobgarlik o'n sakkiz yoshdan yuzaga keladi.
Sud hukmiga ko'ra muayyan lavozimni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug'ullanish huquqidan mahrum qilingan shaxs bilan bila turib. mehnat shartnomasi(kontrakt) tuzgan yoki bunday shartnoma(kontraktni bekor qilmagan mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi. Mansabdor shaxsni sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish uchun mansabdor shaxs ma'muriy javobgarlikka tortilgan bo'lishi va kelgusida sud hujjatini hajarishdan bo'yin tovlagan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida davlat ijrochisi tomonidan yozma tarzda ogohlantirilgan bo'lishi talab etiladi.
Sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlashning subyekti sud hujjati bilan muayyan harakatlarni sodir etish yohud ularni sodir etishdan o'zini tivish majburiyati yuklatilgan shaxslar (qarzdorlar) hisoblanadi.
Agar bunday majburiyat sud hujjati bilan yuridik shaxsga yuklatilgan. bo'lsa, sud hujjatimi bajarishdan bo'yin tovlaganlik uchun sud hujjatining tegishli talabini bajarish, tashkil qilish yoxud amalga oshirilishini nazorat qilish mansub vazifalariga kirgan shaxslar (mansabdor shaxslar va yuridik shaxsning boshqa xodimlari) jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Sud hujjatining ijro etilishiga to'sqinlik qilishning subyekti nafaqat qarzdor hisoblangan shaxs, balki boshqa har qanday jismoniy (mansabdor) shaxs bo'lishi mumkin.
Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun sud hujatini bajarishdan bo'yin tovlash yoki uning ijro etilishiga to'sqinlik qilish fakti aniqlanishining o'zi kifoya bo'lib, bunda qandaydir zararli oqibat kelib chiqqan-chiqmaganligi, jumladan moddiy zarar borligi va uning miqdori ahamiyat kasb etmaydi.
Ayni paytda tergov organlari va sudlar jinoyat ishi qo'zg'atilgandan keyin va sud maslahat xonasiga (alohida xonaga) kirgunga qadar sud farmoyishini ixtiyoriy ravishda bajargan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish bo'yicha qonunda berilgan imkoniyatlardan keng foydalanishlari lozim.
Sud hujjatining ijro etilishiga to'sqinlik qilish alohida jinoyat tarkibini tashkil etganligi sababli, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlayotgan shaxsning sud hujjatini ijro etilishiga to'sqinlik qilishi JKning 122-moddasi voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash bilan birga JKning 232-moddasi, ya'ni sud hujjatini ijro etmaslik bilan qo'shimcha kvalifikatsiya qilinadi.
Sud hujjati ijrosi samarasi uning o'z vaqtida ijroga qaratilishi bilan ham bog'liqligini inobatga olgan holda, sudlar protsessual qonunda uni ijroga qaratish muddatlari va tartibiga, sud hujjatini ijro etish bilan bog'liq masalalarni hal etishga nisbatan qo'yilgan talablarga og'ishmay rioya etishlari shart.
Yüklə 17,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə