12-mavzu. Yengil sanoat tarmoqlari geografiyasi



Yüklə 15,85 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü15,85 Kb.
#160361
12-M. Sanoat.


12-mavzu. Yengil sanoat tarmoqlari geografiyasi.

Reja:
1.Yengil sanoat tarmoqlarining shakllanishi va rivojlanishi.


2.To’qimachilik sanoati.
3. Ip gazlama ishlab chiqaruvchi yetakchi davlatlar.


To’qimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoati mamlakatning qadimiy boy tajribaga va ulkan xom ashyo bazasiga ega bo’lgan tarmog’i. Ushbu sanoat tarmog’ida 18635,2mlrd.so’m mahsulot yaratildi (2016 yil). Ishchi o’rinlarini yaratish bo’yicha bu sohaga teng keladigani yo’q.
O’zbekiston atlaslari qadimdan ma’lum va mashhur. Ayniqsa, bu sohada Marg’ilon atlasi katta shuhrat qozongan. 2016 yilda 367,1 ming tonna ip kalava va 284,0 mln. m2 gazlamalar ishlab chiqarildi. Trikotaj mahsulotlari esa 215,1mln.dona yoki 39373,4 mln. tonna miqdorida tayyorlandi1.
O’zbekistonda to’qilgan gilamlar chet ellarda ham mashhur bo’lgan. Gilam ishlab chiqarishning asosiy markazlari Xiva va Samarqand shaharlaridir. 2016 yilda 39373,4ming m2 hajmida gilam va gilam mahsulotlari tayyorlandi.
Paxta tozalash sanoati – Yengil sanoatning yetakchi va paxtaga dastlabki ishlov beruvchi tarmog’i. Mazkur tarmoq to’qimachilik, yog’-moy, kimyo sanoati tarmoqlariga xom ashyo yetkazib beradi. Paxtaning qayta ishlangach, undan 1/3 tola, 2/3 chigit va momiq olinadi. Chigit tarkibida esa 24-27 % gacha o’simlik moyi bo’ladi. Paxta tolasidan 50 ga yaqin, chigitidan 45 dan ortiq mahsulot olinadi. Paxta mahsulotlaridan sanoatning ko’pgina tarmoqlarida (to’qimachilik, aviatsiya, kimyo, avtomobil va boshqa sohalarda) keng qo’llaniladi. Shuning uchun tayyorlanadigan to’qimachilik sanoati tolasining qariyb yarmini paxta tolasi tashkil etadi.
O’zbekistonda paxta tozalash sanoatining shakllanishi Chor Rossiyasi bosib olgandan keyingi davrdan boshlanadi. Bug’ bilan xarakatlanuvchi dastlabki paxta paxta tozalash korxonasi Toshkentda 1874 yilda barpo etildi. Keyinchalik Andijon, Marg’ilon, Qo’qon, Namangan, Kattaqo’rg’on va Samarqand shaharlarida ham qurildi. Rossiyada paxta xom ashyosiga bo’lgan talabning ortishi bilan O’zbekistonda paxta tozalash sanoati ham rivojlana boshladi.
Paxta tozalash sanoati bosqichma-bosqich rivojlanish yo’lidan bordi. 1940 yilga kelib O’zbekistonda 500 ming tonna paxta tolasini ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo’ldi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng paxta tozalash sanoatining mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni tamomila o’zgardi. Paxta tozalash sanoati maxsulotlari respublikaning asosiy eksport tovarlaridan biriga aylandi. Tarmoq korxonalari rivojlangan mamlakatlarning eng yangi texnika va texnologiyasi bilan ta’minlandi. AQSh, Rossiya, Xitoy, Shveytsariya, Koreya Respublikasi, Germaniya va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikda paxtani qayta ishlashdan tayyor to’qimachilik maxsulotlari ishlab chiqarishga qadar bo’lgan jarayonlarni qamrab oladigan korxonalar bunyod etildi.
Mustaqillik yillarida paxta tozalash sanoatida texnika va texnologiyalarini takomillashtirish bo’yicha o’zgarishlar amalga oshirildi. Respublika 35 foizdan ortiq paxta tozalash korxonalari rekonstruktsiya va modernizatsiya qilindi.
Bugungi kunda respublika paxta tozalash sanoatida 128 paxta tozalash zavodi, 511 ta paxta qabul qilish punktlari faoliyat olib boradi. Paxta tozalash korxonalari ochiq aktsiyalik jamiyatiga aylantirildi.
O’zbekiston yiliga taxminan 1,2 mln.t. paxta tolasi yetishtiriladi, paxta yetishtiruvchi 70 dan ortiq mamlakatlar orasida 5-o’rinni egallaydi.
O’zbekiston paxta tolasi dunyoning ko’pgina mamlakatlariga, shu jumladan AQSh, Gretsiya, Rossiya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Italiya, Germaniya, Yaponiyaga eksport qilinadi.
Jahon miqyosida davom etayotgan global inqiroz jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bugungi kunda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o’zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – jahon iqtisodiyotining tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurashning kuchayishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Dunyo bozorlarida talabning keskin kamayishi, ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi ko’plab davlatlarga salbiy ta’sirini o’tkazmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ko’rsatadiki, Yengil va to’qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun paxta xom ashyosini yakuniy bosqichga, ya’ni iste’mol uchun tayyor va ekologik toza mahsulot holatiga keltirish talab etiladi. Buning uchun ishlab chiqarishni tashkil etishning butun jarayonini – xom ashyoni chuqur qayta ishlashdan to uni tayyor mahsulot darajasiga keltirishgacha bo’lgan yo’lini – siklini yo’lga qo’yish lozim.
Yaqin yillarda respublika eksport potentsialini oshirish, shu jumladan, yurtimiz korxonalarida yangi texnologiyalar asosida yuqori sifatli, raqobatbardosh tola chiqarish maqsadida paxta tozalash korxonalarida qayta ishlashni takomillashtirish muhim o’rin tutadi. Bundan tashqari, eksport salohiyatini oshirish respublika industrial majmuasidan samarali foydalanish va import tovarlarini kamaytirishga olib keladi.



1Ўзбекистон саноати. – Тошкент, 2017. –Б. 125.

Yüklə 15,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə