13- ma’ruza Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarixiy tafakkurini shakllantirish Ma’ruza mashg‘uloti texnologik modeli



Yüklə 44,6 Kb.
səhifə10/11
tarix24.12.2023
ölçüsü44,6 Kb.
#159818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
13- ma’ruza Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarixi-fayllar.org

Abulqosim Umar az – Zamahshariy 1075 yil 19 martda Xorazmning Zamahshar qishlog‘ida tug‘ildi, boshlang‘ich bilimni o‘z qishlog‘ida oldi, so‘ngra Xorazm madrasasida o‘qidi. U madrasada arab tili va adabiyotini, diniy bilimlarni, hattotlik san’atini mukammal egalladi, Buxoro madrasasida tahlil ko‘rgach, Xorazm shoh saroyida xizmat qildi. Zamahshariy oliyjanoblik fazilatga ega bo‘lganlarni ulug‘ odamlar hisobladi va ularni el – yurt olqishiga sazovor, aziz odamlar deb bildi. «Odamlarning, - deydi Zamahshariy, - eng aziz va hurmatlilari qayg‘u – hasratu tashvishli damlarida bilinur, go‘yoki bu tashvishlar ular uchun tug‘ishgan opa – singildek yaqindir». Zamahshariyning fikricha, odamlarning o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishlarida millati, nasl – nasabi emas, balki ilm – ma’rifatli, aqlli va zakovatli bo‘lishi muhimdir. Ilm o‘qish va yozish orqali mukammallashadi, bu – olimning kamolotga erishganiga yorqin dalolatdir. Zamahshariy ilm – fanni insonlarning, ilm ahlining o‘zaro muloqotda bo‘lishlarida asosiy vosita hisoblaydi.
Zamahshariy o‘z pedagogik qarashlarida axlok – odob tarbiyasiga alohida e’tibor beradi. U odamlarni to‘g‘rilikka, haq yo‘lidan borishga da’vat etadi. Uning fikricha, to‘g‘rilik kuchli mahobatdir. «To‘g‘ri va haq yo‘ldan yurgan kishining yurishi arslon yurishidan ko‘ra ham mahobatliroqdir». Zamahshariy ahillikni ham ulug‘lab, odamlarni, qavm-qarindoshlarni o‘zaro do‘st, hamdard, xayru ehsonli bo‘lishga, bir – birlariga ezgulik ko‘rsatishga chorlaydi. Ahillik jamiyat tinchligi, xalq farovonligi uchun g‘oyat muhimligini ta’kidlaydi. Inson iffatli, go‘zal xulqli bo‘lmog‘i lozim. Az – Zamahshariy xasislik, takabburlik, manmanlikni qoralaydi, odamlarni bu illatlardan yiroq bo‘lishga undaydi, go‘zal fazilatli bo‘lishga chorlaydi. U deydi: «Go‘zal sifat va husni xulk siyratlari bezamagan kishini hech qanday chiroyli kiyimlar ko‘rkam qilolmas, gunoh va xatolardan saqlanmagan kimsaning qalbi sira aybdan forig‘ bo‘lmas» Az – Zamahshariyning insonlarni yaxshilik, insoniy yaxshi fazilatlarni egallash, axloq – odob hakidagi fikrlari, pand – nasihatlari o‘z davrida kishilar, yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etdi, pedagogik fikr rivojida munosib hissa bo‘ldi, hozir ham ta’lim – tarbiyada xos o‘rinda bo‘lishi shubhasizdir.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, fikrlash bu- narsa va hodisalarning o‘zaro munosabati va aloqadorligi mohiyatini umumlashtirish yo‘li bilan borliq jarayonlarini insonda aks ettirishning oliy shakli sifatida tushunchalar orqali bilishga qobiliyatlilik tushuniladi. Tarixiy fikrlash – bu tarixiy voqea va hodisalarni bilish, tarixiy voqea va hodisalarni o‘zaro munosabati va aloqadorligi mohiyatini umumlashtirish orqali tarixiy jarayonlarni anglash, ular orasidagi sabab-aloqadorlikni hosil qila olishga qobiliyatlilikdir.Tarixiy tafakkur insonning tarixiy voqea-hodisalarni tahlil qilish, ularga baho berish, ahamiyatini tushunib etishga qobiliyatliligini belgilab beruvchi muhim mezondir. Umumta’lim maktabi o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni shakllantirishda ijtimoiy-gumanitar fanlar orasida tarix fani alohida o‘rin tutadi. Chunki insonning butun hayotini yaxlitlikda qamrab oluvchi mazkur fan uning o‘zini ham har jihatdan rivojlana olishiga, mustaqil tafakkur yuritib, hayot mazmun-mohiyatini anglab etishiga tarixiy ong, tarixiy xotirani hosil qilish orqali keng imkoniyatlar yaratadi. Insonning turmush haqiqatini izlash jarayoni ajdodlar tajribasi, bugungi voqelik, hayot, dunyo bilan o‘zaro muloqotga kirishishi, ana shu asosda hayotning maqsad va mazmunini anglab etishiga olib keladi.

Savollar
      1. Tafakkur nima?


      2. Tarixiy tafakkur nima?


      3. Tarixiy tafakkurning inson shaxsi shakllanishidagi ahamiyati?


      4. O’zbekiston davlatchiligi shakllanishiga oid tarixiy misollar keltiring.


      5. Ilm – ma’rifat ulashgan qomusiy olimlarimiz qarashlarini tavsiflang.





Yüklə 44,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə