13-ma’ruza. O‘rama, ldpc va Turbo kodlar


To‘g‘ri o‘xshashlikdagi logorifmik yondashuv (LLR)



Yüklə 206,65 Kb.
səhifə4/8
tarix19.12.2023
ölçüsü206,65 Kb.
#152820
1   2   3   4   5   6   7   8
13-ma’ruza. O‘rama, ldpc va Turbo kodlar

To‘g‘ri o‘xshashlikdagi logorifmik yondashuv (LLR)


ma’lumotli bitga, binar o‘zgaruvchi sifatida qaraymiz. Ya’ni   vaqt momentidagi qiymatdir. Uning logorifmik yondashuvi (LLR) logorifmik yondashuv extimoli sifatida belgilanadi.



Bu o‘lchov ko‘p tizimlarda shovqinbardosh kodlar yordamida xatolarni to‘g‘irlashda foydalaniladi va to‘g‘ri o‘xshashlikdagi logorifmik yondashuv (LLR) deb ataladi. Bu usul to‘g‘ri o‘lchovligi nisbatan ancha yaxshiroqdir. Logarifm juda kichkina va juda katta qiymatlarni qayta ishlashni engillashtirib beradi. Agar qabul qilish extimolligi «0» va«1» teng bo‘lsa o‘lchov 0 ga teng bo‘ladi.


Ikkilik kaskaddagi iterasiyalangan Turbo koderning bitta iterasiyaning kodlanishi


Ikkinchi rasmda ikki kaskadli bitta iterasiyalangan turbo dekoderning kodlanish sxemasi keltirilgan. Bu sxema istalgan miqdordagi kaskadlarni kodlashda murakkab bo‘lmagan umumlashgan echim xisoblanadi. Bitta iterasiyalangan dekoder ikkita kaskad dekoderning bog‘lanishiga bog‘liq bo‘lgan xolda, yuborilgan belgi to‘g‘risida yumshoq echim chiqaruvchi yuqori aposterior extimollikka ega bo‘ladi. Birinchi iterasiyalangan dekoderga demodulyatorning chiqishidagi yumshoq echimga ega bo‘lgan  va  ketma ketlik kelib tushadi. Shu tarzda birinchi dekoderning chiqishida ma’lumotli belgini baxosi xosil bo‘ladi. Keyin ikkinchi dekoder qurilmasining kirishiga o‘zgargichdan o‘tgan ma’lumot kelib tushadi va u aprior ma’lumot deb ataladi. ketma ketlikda yumshoq echimni qo‘llagan xolda, ikkinchi dekoder o‘zining baxosini shakllantiradi.




Ikki kaskadli kodlashda uch iterasiyalangan turbo dekoder



Xar bir chiquvchi iterasiyalar echimi keyingi kiruvchi ketma- ketlikka o‘tadi. Uch iterasiyalangan turbo dekoderning ishini tashkil qilish 3 rasmda keltirilgan. Iterasiyadan iterasiyaga o‘tishda echimlarni aniqlash sodir bo‘ladi. Bunda xar bir iterasiya yumshoq baxolash bilan ishlaydi va chiqishga xam yumshoq baxoni uzatadi. Shuning uchun bunday sxemalar yumshoq kirish va chiqishga ega bo‘lgan dekoderlar deb yuritiladi. (angl. Soft Input Soft Output (SISO)).


Dekodlash jarayoni, barcha iterasiyalar a’malga oshgandan so‘ng yoki extimolli bitlar xatoligi talab etilgan ko‘rsatkichga etgandan so‘ng a’malga oshiriladi. Dekodlashdan so‘ng xosil bo‘lgan «yumshoq» echimga, yakuniy «qattiq» echim ishlab chiqariladi.



Yüklə 206,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə