13-Mavzu: Axloq va qadriyatlar falsafasi (Etika ) Reja: “Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi



Yüklə 76,68 Kb.
səhifə19/19
tarix10.11.2023
ölçüsü76,68 Kb.
#132722
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
13 MAVZU

Shuhratparastlik. Shuhratparastlik – shon–Shuhrat ketidan quvadigan va bu yo’lda har qanday axloqsizlikdan qaytmaydigan insonlar toifasining xususiyati. Shuhratparast odam o’z nomining doimo atrofdagilar va jamiyat diqkat markazida turishiga, mashhurlikka, shov–Shuvga, maqtovga ichki bir tiyiqsiz ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj oxir–oqibat uni jamiyatning axloqiy – ijtimoiy talablari bilan ham, individ sifatidagi o’z biologik va ma’naviy–intelektual imkoniyatlari bilan ham mutlaqo hisoblashmaydigan ijtimoiy nafs bandasiga aylantirib qo’yadi.
Shuhratparastlikning axloqiy illat sifatidagi xatarli tomoni Shundaki, u ravnaq topib borish xususiyatiga ega: dastavval kishi o’z «men»ining boshqa «men»lardan kam bo’lmasligini talab qiladi, keyin asta–sekin o’z «men»ining barcha «men»lardan baland turishini xohlab qoladi va nima qilib bo’lsa ham Shu xohishni amalga oshirishga intiladi. Natijada u mavjud veqelikni, atrofdagilarning o’ziga bo’lgan asl munosabatini real baholay olmaydi; qaerda uni «ko’tar–ko’tar» qilib maqtashsa, o’sha yerga o’zini uradi, hayotda asl insoniy vazifasini bajarishdan chalg’iydi, tuzatib bo’lmas xatolarga yo’l qo’yadi. Shuhratparastlikka yorqin misol, umumbashariy timsol sifatida, odatda salkam 2,5 ming yildan buyon Herostratning nomi keltiriladi: u abadiy Shuhrat qozonish uchun olamning yetti mu’jizasidan biri – Efes shahridagi Artemida ibodatxonasida o’t qo’ygan. Uning nomi hozirgacha taajjub, hayrat, ayni paytda nafrat va la’nat bilan tilga olinadi.
Shuhratparastlik ham xuddi xudbinlik kabi zamonaviy jamiyatda avj olgan illatlardan hisoblanadi. Agar xudbinlikning keng yoyilishiga ma’lum ma’noda shaxs erkinligining qonuniy muhofazasi, ba’zi, demokratik tamoyillar yo’l ochib bersa, Shuhratparastlik uchun zamonaviy ommaviy axborot vositalari ko’k chiroq vazifasini o’taydi: Nitsshe aytganidek, hozirgi paytda har qanday kichkinagina «men», yo’lini topib, sahnadan, sahifadan yoki ekrandan o’zi haqida jahonga jar solish huquqiga va imkoniga ega. Matbuot va so’z erkinligidan «o’ziga xos» foydalanadigan, «mashhurlar» haqidagi shov–Shuvlar bilan Shug’ullanadigan o’nlab gazetalar, ko’rsatuv va eshittirishlar Shuhratparastlarning yomg’irdan keyingi qo’ziqorinlardek paydo bo’lishini ta’minlamoqda. Misol tariqasida ko’pchilik ommaviy axborot vositalarida aslida horijiy mualliflar musiqalarini, qo’shiqlarini noqonuniy o’zlashtirgani – o’g’irlagani (plagiat) uchun jazolanishi kerak bo’lgan Shuhratparast «san’atkorlar»ning ko’klarga ko’tarilishini keltirish mumkin. Shuhratparstlikning bunday keng yoyilishiga qarshi faqat axloqiy tarbiya vositasida kurashish qiyin, Shu sababli ularga nisbatan axloqiy yo’l bilan birga ichki va xalqaro huquq me’yorlaridan ham unumli foydalangan holda ish ko’rish maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, uch bob mobaynida, qisqacha bo’lsa–da, axloqShunoslikning asosiy tushunchalarini, axloqiy tamoyillar va me’yorlar nima ekanini, ularning shaxs hamda jamiyat axloqiy hayotida naqadar muhim o’rin tutishini ko’rib chiqdik. Pirovard natijada quyidagicha xulosa chiqarish maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz: agar axloqShunoslikning mezoniy tushunchalari bir–biriga bog’liq bo’lsa, axloqiy tamoyillarning bog’liqligi yanada mustahkamroq – ular biridan ikkinchisiga o’tib turish xususiyatiga ega; axloqiy me’yorlar esa bir–biri bilan Shu darajada chambarchaski, ba’zan birini ikkinchisidan aniq ajratish qiyin, zero ular xulq va odob doirasidagi axloqiy amaliyotlardir.
Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov
Ixtiyor erkinligi to’g’risida fikr yuritishdan oldin erkinlikning o’zi haqida mulohaza qilib ko’rish lozim bo’ladi. CHunki «erkinlik» atamasi bir tomondan, sodda, aniq hammaga tuShunarli so’z, ikkinchi tomondan esa o’ta murakkab, tumanli, o’zgarib turuvchi tushuncha; u hammani, ayniqsa yoshlarni ohanrabodek o’ziga tortadi. «Aslida esa tarixda erkinlik nomi ostida ko’p ulug’ ishlar amalga oshirilgan, lekin aynan Shu nom bilan qanchadan–qancha gunohlar qilingan. Har bir kishining xayoliga kelganida yuragi dukillab urib ketadigan Shu nom bilan qanchadan–qancha jinoyatu nodonliklar, ehtiros aldoviyu so’qirliklar o’zini bezadi va bezamoqda»19. V.Vindelband fikrini davom ettirib, erkinlik atamasining mazmuni siyosat va falsafa olamida hozirgacha turli xil bo’lib kelayotgannini, «haqiqiy erkinlik» tushunchasi esa nimani anglatishi hali ham ayon emasligini aytib o’tadi. Bunday «tuShunmovchiliklar»ning sababi, bizningcha, Shundaki, inson erkinligi hech qachon yolg’iz, alohida olingan erkinlik bo’lolmaydi, u, Sartr aytganidek, erkinliklar ro’parasidagi erkinlik. Aynan Shuning uchun ham u hech qachon mutlaqlik kasb etolmaydi, uni doim zamon, makon, inson va narsalar erkinligi – boshqa erkinliklar cheklab turadi; inson butunlay erkinlikka erisholmaydi, faqat nimadandir, qaysidir bir narsadangina erkin, ozod bo’lishi mumkin. M., sport musobaqalarida universitet sharafini himoya qilish uchun boshqa shaharga borgan talaba darslarga qatnashish majburiyatidan ozod qilingan, lekin u darslarga nisbatan erkinlikka ega bo’lgani holda, butunlay erkin emas – sport musobaqalarida qatnashish majburiyatini olgan. Shunday qilib, bir erkinlikning qo’lga kiritilishi ikkinchi erkinlikdan – sport musobaqalarida qatnashmaslik erkinligidan voz kechishga olib keladi. Demak, bir tomondan erkinlik zaruriyatsiz, zaruriyat esa erkinliksiz mavjud emas, ikkinchi tomondan, Shuning uchun ham, har qanday erkinlik cheklangan holdagina voqe bo’ladi.



1 Юсупов Э. Инсон камолотининг маънавий асослари. Т., Университет, 1998, 38-б.



2 Локк Ж. Сочинения в 3 т. Т.3 М., «Мысль», 1988. С. 21.

3 Тибетская «Книга» мёртвых. М., «Подиум», 1992. С. 79.

4 Комилов Н. Тасаввуф. I китоб. Т., «Ёзувчи», 1996, 48-б.

5 Фузулий. Асарлар. Икки жилдлик. I жилд. Т., Ғ. Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашрёти, 1968, 27-б.

6 Золя Э. Собрание сочинений в 26 томах. Т. 24. М., ИХЛ, 1966. С. 7.

7 Қаранг: Шопенгауэр А.. Свобода воли и нравственность. М., «Республика», 1992. С. 224 - 229.

8 Толстой Л.Н. Собрание сочинений в 22 т. Т. 16. М., ИХЛ, 1983. С. 151.

9 Аль – Фараби. Социально-этические трактаты. Алма – Ата, «Наука», 1973. С. 3.

10 Ғулом Ғ. Танланган асарлар. Т., Ўздавнашр, 1953, 363-б.



11 Достоевский Ф.М. Собрание сочинений в 15 т. Т. 9, ч. I – III. А., «Наука», 1991. С. 394.

12 Byron. Selections. M., «Progress publishers», 1979. P. 242.

13 Думбадзе Н. Hellados. Низом Комил таржимаси. «Тафаккур» журнали, 1995, 3 – 4-сонлар.

14 Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик, 13–т. Т., «Фан», 1988, 201-б.

15 Баркамол авлод орзуси. Т., «Шарқ», 1999, 38-б.

16 Баркамол авлод орзуси. Т., «Шарқ», 1999, 38-б.

17 Ғаззолий Абу Ҳомид. Мукошафат ул-қулуб. Т., «Адолат», 2002, 336-б.

18 Авлоний А. Ўсон миллат. Т., «Шарқ», 1993, 98-б.

19 Виндельбанд В. О свободе воли. Минск - Москва, «Харвест» - АСТ, 2000. С. 8.

Yüklə 76,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə